1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
-jadval TTXIning asosiy nazariy kontseptsiyalari
Download 3.09 Mb.
|
xorijiy investitsiya maruza (2)
2.1-jadval
TTXIning asosiy nazariy kontseptsiyalari (Makroiqtisodiy yondashuv)
Mahsulotning hayotiylik tsikli nazariyasi frantsuz olimi R.Vernon tomonidan 1966 yilda ishlab chiqilgan. U kapitalni chetga chiqarishni mahsulotning hayotiylik tsikli qonuniyatlari bilan bog’laydi. Mahsulotning bozordagi hayoti bir nechta bosqichlardan o’tadi: 1) mahsulot bozorga olib kiriladi; 2) mahsulotni sotish hajmining ortishi va sifat ko’rsatkichlarining yaxshilanishi; 3) mahsulot ommaviy tarzda ishlab chiqariladi; 4) bozor mahsulotga to’yinadi va sotish hajmi pasayadi. Shunda mahsulot ishlab chiqarish to’xtatiladi. Mahsulotni eksport qilish va ishlab chiqarishni xorijga ko’chirish ehtiyoji uchinchi va to’rtinchi bosqichlar oralig’ida vujudga keladi. Agar tovar va kapital muvaffaqiyatli eksport qilinsa, firma mahsulotning hayotiylik tsiklini qulay tarzda uzaytirish imkonini qo’lga kiritadi. Bu davrda yuqori, barqaror mahsuldorlik ta’minlanadi va daromadlilik oshadi. Mahsulotning raqobatbardoshligi hayotiylik tsiklining etuklik bosqichida ortadi va ushbu bosqichda jahon bozorida mustahkam o’rin egallaydi. Shu bilan bir vaqtda tashqi iqtisodiy ekspansiyaga ehtiyoj zaruriyatga aylanadi. Ushbu holat maqsulotning monopolistik raqobat afzalliklarining boshqa mamlakatda “gullab-yashnashi” uchun imkoniyat yaratib beradi. Raqobatbardoshlik nazariyasi 1990 yilda M.Porter tomonidan ishlab chiqilgan (2.1-rasm). M.Porter raqobatbardoshlik nazariyasini jahonning sakkiz mamlakatidan yuzdan ortiq tarmoqlarni tahlil qilish asosida yaratgan. M.Porter ushbu tahlillar asosida TMKning jahon bozorlaridagi muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillarni quyidagi guruxlarga ajratadi: korporativ boshqaruv; ishlab chiqarish omillaridan foydalanish; turdosh tarmoqlarni qo’llab quvvatlash; talab holati. M.Porter ushbu omillar sintezini “raqobat afzalliklari olmosi” deb ataydi va ular kapitalni chetga chiqarishning muvaffaqiyatini kafolatlashini nazarda tutadi. Qo’shimcha omillar sifatida esa davlatning oqilona investitsiya siyosati va “omadli vaziyatlari”ni keltiradi. M.Porterning fikricha, bozorni o’zlashtirishda raqobat faqat foydalanilayotgan texnologiyalar bilan bog’liq bo’lmasdan, balki TMK tomonidan qo’llanilayotgan strategiyalarda ham namoyon bo’ladi. Korporativ boshqaruv Ishlab chiqarish omillaridan foydalanish Turdosh tarmoqlarni qo’llab quvvatlash Talab holati Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling