1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
-rasm. M.Porterning raqobatbardoshlik omillari
Download 3.09 Mb.
|
xorijiy investitsiya maruza (2)
2.1-rasm. M.Porterning raqobatbardoshlik omillari
M.Porter, kapitalni chetga chiqarayotgan mamlakat, agar shu kapital retsipient-mamlakatdaga turdosh ishlab chiqarishi bilan kooperatsiyalashsa, barqaror rivojlanishi mumkin, deb ta’kidlaydi. Mahalliy tovar etkazib beruvchilar mahsulot tannarxini arzonlashtiradi, bojxona to’lovlarini kamaytiradi va ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartiradi. M.Porter nazariyasi donor mamlakatlarni qabul qiluvchi tomonning imkoniyatlarini o’rganishga va xo’jalik aloqalarining kooperatsion zanjiriga qo’shilishga da’vat etadi. M.Porter nazariyasiga ko’ra retsipient-mamlakat kapital importini rag’batlantirishda mamlakatga kirib kelgan investitsiyalar uchun qo’llab-quvvatlovchi (yo’llar, savdo shoxobchalari, axborot xizmatlari va h.k.) va yo’ldosh tarmoqlarni (aralash tarmoqlar, kafolatli xizmatlar) shakllantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratishi lozim. Xorijiy kapitalni jalb qilishdagi milliy afzalliklar hukumatning qulay investitsiya muhitini shakllantirishga qaratilgan oqilona siyosati bilan kuchaytirilishi mumkin. Eklektik paradigma ingliz olimi J.Danningga (1981) tegishli bo’lib, u TMKning jahon kapital bozorlariga kirib borish sabablarini umumlashtiradi. Shuning uchun ushbu nazariya eklektik paradigma nomini olgan. J.Danning iqtisodiy nazariyasida to’plangan fikrlarni oddiy mexanik tarzda umumlashtirmasdan xo’jalik amaliyotida sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan omillarni tanlab oldi. Eklektik paradigma nazariyasida quyidagi uchta holatga izoh berilgan: Qanday hollarda tovardan ko’ra kapitalni chetga chiqarish foydaliroq? Qachon milliy resurslardan ko’ra boshqa mamlakatlar resurslaridan foydalanish foydaliroq? Qachon kompaniya xorijda o’z vatanida mumkin bo’lmagan monopolistik foydani qo’lga kiritishi mumkin? J.Danning so’nggi muammoni hal qilish uchun kompaniyaning jahon kapital bozorida namoyish qilishi mumkin bo’lgan afzalliklarini tasniflab berdi. Ushbu afzalliklar quyidagi uchta yirik guruhga ajratiladi: O — investor kompaniyalarning ichki salohiyatiga bog’liq bo’lgan afzalliklar. Ularga kompaniyalar tomonidan foydalaniladigan ishlab chiqarish omillarining afzalliklari, kompaniyaning tashkiliy tuzilish xususiyatlari va qo’llayotgan strategiyasi kabi afzalliklar kiradi; I — baynalminallashuv jarayonida o’z tovarlari va ishlab chiqarish imkoniyatlarini begona bozorlarga yo’naltirishda qo’llaniladigan filiallar tarmog’idan foydalanish afzalliklari; L — retsipient-mamlakat taqdim etadigan afzalliklar (imtiyozli soliqqa tortish tizimi, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda davlatning ishtiroki, infratuzilma xizmatlarining ko’rsatilishi va boshqalar). Eklektik paradigma nazariyasiga ko’ra, retsipient-mamlakatlar xorijiy investitsiyalarni jalb etishda faqat resurslarning arzonligiga tayanmasliklari lozim. Milliy iqtisodiyot uchun zarur xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ushbu omilning o’zi etarli emas. Shuning uchun asosiy e’tibor qulay investitsiya muhitini yaratishga qaratilishi kerak. J.Danning kontseptsiyasi nemis olimi I.Shten (1989) tomonidan to’ldirildi. U J.Danning tomonidan ilgari surilgan afzalliklar (0, I, L) asosida kompaniya qanday qilib ekspansiya strategiyasini tanlashini ko’rsatib berishga harakat qildi. Ekspantsiya strategiyasini tanlash bilan bog’liq muqobil variantlar uchta: litsenziyalarni sotish, tovar eksporti va TTXI. I.Shtenning ta’kidlashicha, tashqi iqtisodiy ekspansiya yo’liga o’tgan TMK risk darajasi past bo’lgan yo’lni izlaydi. Agar retsipient-mamlakat — afzalliklarni taqdim etsa, TMK ushbu hududga TTXIni kiritishni afzal, deb biladi (2.2-jadval). 2.2-jadval ma’lumotlari ko’rsatishicha, eng yaxshi ishlab chiqarish omillari, yuqori texnologiyalar va strategiyaga ega bo’lgan kompaniya tashqi iqtisodiy ekspansiyani xoxlagan usulda amalga oshirish imkoniga ega. Agar kompaniyada yangi bozorlarga chiqish filiallari mavjud bo’lib, texnologiyalar bo’yicha afzalliklarga ega bo’lmasa, u holda kompaniya o’zining litsenzion faoliyatini rivojlantirmaydi. Chunki kompaniyada bunday strategiya uchun resurslar mavjud emas. Shuningdek, agar retsipient-mamlakat xorijiy investitsiyalar uchun qulayliklar takdim etsa, kompaniya iqtisodiy integratsiyaning aynan shu yo’nalishini tanlaydi. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling