Moliyaviy investitsiyalar — mulkka egalik qilish va mulkdan daromad olish bilan bog’liq bo’lgan aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlar orqali qo’yilmalar kiritishdir.
Investitsiya normasi — investitsiyalar hajmining yalpi ichki mahsulotga bo’lgan nisbatidir.
2-mavzu: Jahon xo’jaligida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning o’rni
2.1. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning nazariy asoslari
2.2. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ahamiyati
2.3. TTXIning tarkibi va rivojlanish dinamikasi
2.4. Milliy iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlash va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar o’rnining ortib borishi
2.1. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning nazariy asoslari
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kapitalni chetga chiqarishni asoslab beruvchi yangi ilmiy nazariyalar paydo bo’ldi. Ushbu nazariyalar quyidagi yo’nalishlarda namoyon bo’ladi (2.1-jadval).
kapitalni chetga chiqarishning zamonaviy sabablarini asoslash. Ushbu turdagi tahlillar mikroiqtisodiy qonuniyatlar asosida amalga oshirildi;
jahon kapital oqimlarining o’zaro bog’liqliklarini umumlashtirish. Ushbu yo’nalish jahon bozorining globallashuv sharoitidagi kapital oqimining rivojlanishi qonuniyatlariga asoslanadi.
XX asrning 60-yillarida kompaniyalarning bunday faoliyatini talqin qilishda ikkita nazariy yondoshuv qo’llanilgan:
1) TMKning bozorda boshqa firmalar oldida raqobat afzalliklarini ta’minlab beruvchi sanoatni tashkil etish;
2) xalqaro kapital oqimlari yo’nalishlarini asoslab berish.
XX asrning 70-yillarida sanoatni tashkil etish nazariyasi doirasida olib borilgan tadqiqotlar Amerika TMKi tomonidan amalga oshirilgan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning (TTXI) afzalliklarini aniqlash va baholashga asosiy e’tibor qaratdilar. Menejment texnikasi, innovatsiyalarga bo’lgan qobiliyat va mahsulotlar differentsiyasi kabi omillar TMKning raqobat afzalliklariga kiritildi.
Ushbu nazariya bilan bir vaqtning o’zida kompaniyalarning xorijdagi faolligining moliyaviy jihatlariga qiziqish uyg’ondi. Natijada TTXI oqimini firmalarning tashkiliy xususiyatlari orqali tushuntirishga asoslangan yangi nazariy yo’nalish paydo bo’ldi.
Dastlab, kapitalni chetga chiqarishda korporatsiyaning raqobat afzalliklarini asoslashga qaratilgan nazariyalarni ko’rib chiqamiz. Ushbu afzalliklarni retsipient mamlakatda yaqqol ko’rish mumkin. Bu turdagi tadqiqotlar mantiqan monopolistik raqobatga ega bozor qoidalariga asoslanadi. Kimning tovari raqib mahsulotiga nisbatan biron-bir afzallikka ega bo’lsa, o’sha g’olib chiqadi. Ushbu yo’nalishdagi nazariyalar ichidan quyidagilarni alohida ajratish mumkin: mahsulotning hayotiylik tsikli nazariyasini, M.Porterning raqobatbardoshlik nazariyasi va J.Danningning eklektik paradigmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |