1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Xorijiy investorlarning huquq va majburiyatlari hamda ularga berilgan kafolatlar


Download 3.09 Mb.
bet30/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

3.2. Xorijiy investorlarning huquq va majburiyatlari hamda ularga berilgan kafolatlar
Chet ellik investor xalqaro huquq printsiplari va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
- investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo’nalishlarini mustaqil belgilash;
- investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
- o’zining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflarning o’zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi;
- O’zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan o’ziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va O’zbekiston Respublikasida patentlashtirish to’g’risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;
- investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriatsiya qilish);
- O’zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag’lari jalb etish;
- o’z hisobvarag’idagi milliy valyuta mablag’laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda er uchastkalariga doir huquqlarni sotib olish;
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o’ziga mulk huquqi asosida qarashli bo’lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablag’larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari bo’yicha ta’min sifatida foydalanish;
- o’z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;
- davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida etkazilgan zararlarni undirish.
Chet ellik investor O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
Chet ellik investorlar O’zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshirganda:
- O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga rioya etishlari;
- O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa to’lovlar to’lashlari;
- investitsiyalash munosabati bilan o’z zimmalariga olgan shartnoma majburiyatlari bo’yicha javob berishlari;
- investitsiya loyihalarida O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan sanitariya-gigiena, ekologiyaga oid va boshqa talablarga rioya etilganligi xususida ekspertiza xulosasini olishlari;
- o’z raqobatchilariga nisbatan qo’shimcha imtiyozlar va afzalliklar olish maqsadida investitsiya faoliyati bo’yicha sheriklariga yoki davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga bevosita va (yoki) bilvosita noqonuniy ta’sir o’tkazishning har qanday shakllaridan o’zlarini tiyishlari shart.
Chet ellik investor O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga rioya etmaganlik uchun umumiy asoslarda javobgar bo’ladi hamda o’ziga mulk huquqi asosida qarashli bo’lgan, O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq undirish qaratilishi mumkin bo’lgan o’zining mol-mulki bilan javob beradi.
Chet ellik investorlarning xo’jalik faoliyati, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, ularning sho’’ba korxonalari, filiallari va boshqa tuzilmalarini, shuningdek xo’jalik uyushmalari va birlashmalarini tashkil etish, sotish, qayta tashkil etish yoki tugatish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning fondlarini shakllantirish, ijara shartnomalari va boshqa shartnomalarini tuzish bo’yicha faoliyati O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, soliqlar va boshqa to’lovlarni, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanuvchi o’z xodimlari uchun ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot bo’yicha to’lovlarni amalga oshiradi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el valyutasidagi barcha xarajatlari ularning o’z valyuta tushumlari hisobiga, shuningdek chet el valyutasini olishning O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ruxsat etilgan boshqa manbalari hisobiga ta’minlanishi lozim. Ularning valyutada o’zini o’zi qoplashi tuziladigan konsortsiumlar, birlashmalar va boshqa tashkiliy tuzilmalar doirasida ham ta’minlanishi mumkin.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda eksport-import operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar. O’zlari ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilganlarida bunday mahsulot litsenziyalanmaydi va kvotalanmaydi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotni litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksportga chiqariladigan o’zining ishlab chiqargan mahsulotini va korxonalar tomonidan o’z ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Chet ellik investorlar O’zbekiston Respublikasiga o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shuningdek chet ellik investorlarning va chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan boj to’lovi olinmaydi.
Chet ellik investorlarga hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga tegishli, ularning investitsiyalari sifatida qo’shiladigan ixtirolarni patentlash va sanoat namunalarini joriy etish O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar korxona fondlari ro’yxatini, ularni vujudga keltirish va ulardan foydalanish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar xodimlarining mehnat munosabatlari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona xodimlarini ijtimoiy sug’urta qilish va ijtimoiy ta’minlash (chet ellik xodimlarni ijtimoiy sug’urta qilish va ta’minlash bundan mustasno) O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda er uchastkalari sotib olishlari mumkin.
Imoratlar va inshootlarga bo’lgan mulk huquqi boshqaga o’tayotganda O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda shu ob’ektlar bilan birgalikda er uchastkasidan foydalanish huquqi ham o’tadi.
Chet ellik investorlarga mol-mulkni ijaraga berib qo’yish ijaraga beruvchi tomonidan shartnomalar asosida va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob-kitobni va hisobotni amalga oshiradilar. Ular buxgalteriya daftarlari va yozuvlarini O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida, shuningdek, o’z xohishlariga ko’ra, erkin ayrboshlanadigan valyutada yuritadilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda keng qo’llanilayotgan yana bir rag’batlantiruvchi chora shundan iboratki, agar mamlakatdagi keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda xorijiy investorlarga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlarini investitsiyalash vaqtdan boshlab ma’lum bir muddatga qo’llash kafolatlanadi. Ushbu chora O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham o’z aksini topgan bo’lib, xorijiy investorlarga investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlarini investitsiyalash vaqtidan boshlab o’n yil mobaynida qo’llash kafolati beriladi. Xorijiy investor o’z hohishiga ko’ra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo’llash huquqiga egadir.
Xorijiy investorning O’zbekiston Respublikasida olgan daromadlari uning hohishiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi hududida reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin. Jumladan, O’zbekiston Respublikasiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni repatriatsiya qilish, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish munosabati bilan olingan huquqlardan foydalanish cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Ushbu qulaylik milliy valyutamizning erkin konvertatsiyalanish imkoniyati joriy operatsiyalar bilan cheklangan sharoitda xorijiy investorlar faoliyatini rag’batlantiruvchi muhim omil hisoblanadi.
Umuman, xorijiy investorlarga beriladigan asosiy kafolatlarning to’liq bo’lmagan ro’yxati quyidagilardan iborat:
O’zbekiston Respublikasidagi xorijiy investitsiyalar natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilinmaydi.
Xorijiy investorlarga faoliyati natijasida olingan foyda va boshqa mablag’larni hech bir cheklovlarsiz chet el valyutasida xorijga o’tkazish kafolatlanadi. Shuningdek, import bo’yicha olib kirilayotgan xom ashyo, butlovchi buyumlar va zamonaviy texnologiyalardan olingan tushumni chet el valyutasiga ayirboshlash ta’minlanadi.
Chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida, shu jumladan, ko’chmas mulk oldi sotdisida erkin qatnashishi kafolatlanadi.
Xorijiy investitsiyali korxonalar o’zlari ishlab chiqargan mahsulotni litsenziyasiz eksport qilish, o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotni import qilish va qo’shma korxonalarning ustav fondiga hissa qo’shish uchun boj to’lamasdan mulk olib kirishga haqlidir.



Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling