4.3. Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishning holati va tarkibi.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlarini yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
4.3-jadval
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb qilingan va to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmining yillar bo’yicha dinamikasi
Yillar
|
Xorijiy investitsiyalar
(mln. AQSh dollari)
|
To’g’ridan-to’g’ri kiritilgan xorijiy investitsiyalar
(mln. AQSh dollari)
|
2001
|
823,9
|
96,5
|
2002
|
516,5
|
80,1
|
2003
|
602,1
|
166,7
|
2004
|
754,6
|
333,8
|
2005
|
746,6
|
545,5
|
2006
|
895,7
|
683,8
|
2007
|
1009,3
|
768,4
|
2008
|
1700
|
1258
|
2009
|
2869,6
|
2522
|
2010
|
2793,6
|
2400
|
2011
|
2900
|
2285,2
|
2012
|
2500
|
1975
|
2013
|
3055
|
2200
|
2014
|
3095
|
2320
|
2015
|
3156
|
2421
|
2016
|
3578,1
|
2479,6
|
2017
|
3184,6
|
2420,4
|
4.3-jadval ma’lumotlarini tahlil qilib, shuni aytish mumkinki, tahlil qilinayotgan 2017 yilda xorijiy investitsiyalar 3034,5 mln.doll.ga, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 2428 mln.doll.ga yetgan. Buning sababi, 2000 yillarning boshida hukumat kafolati ostida kiritiladigan investitsiyalar salmog’i yuqori bo’lgan. 2003 yildan boshlab, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar keskin o’sishiga erishilgan. 2017 yilga kelib 2012 yilga qaraganda 22,9 foizga ortgan.
Ma’lumki, xorijiy investitsiyalar har bir hududning rivojlanishini ta’minlashga imkon beradi. Shu sababdan ham xorijiy investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashish maqsadga muvofiqdir.
2017 yilning yanvar-dekabrida O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 60 719,2 mlrd. so’m (dollar ekvivalentida 11,9 mlrd. AQSh doll.) asosiy kapitalga investitsiyalar o’zlashtirildi va 2016 yilga nisbatan 107,1 % ni tashkil qildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1995 yilga nisbatan 8,7 marta, 2000 yilga 5,8 marta, 2005 yilga 4,6 marta, 2010 yilga 182,2 % va 2015 yilga nisbatan 115,3 % ga ko’paydi. YaIM ga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalar 24,4 % ni tashkil etib, 2016 yildagi ko’rsatkichga nisbatan 0,2 % punktga ko’paydi (1995 yilda 29,4 %, 2000 yilda 22,9 %, 2005 yilda 19,9 %, 2010 yilda 24,6 % va 2015 yilda 24,3 % ni tashkil etgan edi).
Do'stlaringiz bilan baham: |