1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etish shakllari


Download 3.09 Mb.
bet37/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

4.2. Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etish shakllari.

O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini ko’tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga, rag’batlantirish yo’li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.


Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Ular quyidagi 4.2-rasmda aks ettirilgan. Bu chizmada aks ettirilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllarini quyida alohida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo’shma korxonalarni tashkil etishdir. O’zbekiston Respublikasida qo’shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30 %i xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo’lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSh dollariga teng bo’lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom jamg’armasining 150 ming AQSh dollaridan kam bo’lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug’ullanishga ixtisoslashgan kichik qo’shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.





4.2-rasm. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari

To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalar tash­kil qilish mamlakatimizga:


- yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish esa necha yillar davomida sifatsiz, xaridor talabiga javob bera olmaydigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi eski texnikalardan tezroq qutilish imkonini beradi;
- yangi ish joylari tashkil kilish va aholining ishsiz kismini ish bilan ta’minlash, shu bilan birga, xorijning ilg’or boshqaruv tajribasini joriy qilish imkonini beradi va shu orqali mehnat unumdorligi oshiriladi;
- jahon bozorida rakobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni ishlab chikarish va ularni eksport kilish evaziga mamlakatga qadri baland valyutalarning ko’proq kirib kelishini ta’minlaydi.
Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish bugungi kunda kengayib bormoqda. O’zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning turli sohalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy kompaniya va korxonalar o’z mol-mulklari bir qismini ajratib, shu’ba korxonalar ochishi mumkin. Bunday shu’ba korxonalarga ham qo’shma korxonalarga qo’yilgan talablar belgilangan.
Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korxonalar o’z kapitallarini jamlagan holda halqaro tashkilotlar tashkil etishi mumkin.
Kontsessiya shartnomalari - bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni qazib olish va o’zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir.
Lizing shartnomasi esa chet el investitsiyalari ishtirokida asbob - uskunalarni, texnika - texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olish.
Tenderlar esa tanlov asosida investorlarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etilishidir.
Erkin iqtisodiy hudud - bu ma’lum hududda chet el investitsiyalari erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hududdir. O’zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiyot hududlar to’g’risida”gi Qonunida erkin iqtisodiy hududga quyidagicha ta’rif berilgan: “Erkin iqtisodiy hududlar - mintaqani jadal ijtimoiy — iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus ajratilgan hududdir”. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish jarayonida davlat qo’llab-quvvatlovchi, rag’batlantiruvchi hamda nazorat qiluvchi sifatida bosh islohotchi bo’lishi lozim. Davlatning bosh islohotchi sifatida qatnashishi xorijiy tajribasida aniq namoyon bo’ladi, masalan, Xitoy hukumati 1 dollar chet el investitsiyalarini jalb etish uchun 4 dollar o’z mablag’larini safarbar etgan. Natijada, milliy va asosan, xorijiy investorlar hududlarga investitsiyalar kirita boshlagan, bu esa o’z navbatida, mamlakat iqtisodiyotini rivoji uchun poydevor bo’lib xizmat qildi. Rossiyada yaratilgan erkin iqtisodiy hududlarga Naxodka, Kaliningrad viloyati, Sankt-Peterburg shahri va boshqalar kiradi. Qozog’istondagi birinchi erkin iqtisodiy hududlar 1991 yilda paydo bo’lgan. Bular: Jezqozg’on viloyatidagi Jayren-Atasu, Kostanay viloyatidagi Lisakov va Olmaota shahridagi “Otakent” erkin iqtisodiy hududlaridir.
Rivojlangan mamlakatlar xalqaro kapital harakatini, asosan, kapital eksporti-importini milliy va xalqaro darajada rag’batlantirish orqali amalga oshiradilar. Kapitalning qarzlar, portfel investitsiyalar va boshqalar shaklida harakat qilishi borasidagi davlat siyosati uning harakatidagi barcha cheklashlarni olib tashlash maqsadida olib boriladi. Barcha xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat har qanday cheklashlarni amalga oshirish huquqini o’z zimmasida qoldiradi, chunki bu milliy iqtisodiy havfsizlik bilan bog’liq. Shunisi xarakterliki, kapitalni chetga chiqarish uni jalb qilishga nisbatan kam darajada tartibga solinib turiladi.
Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasini jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. Eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investitsiya muhiti yaratilgan. 2014 yil davomida iqtisodiyotimizga kiritilgan investitsiyalarning 70 foizdan ortig’i ishlab chiqarish ob’ektlari qurilishiga, jumladan, salkam 50 foizi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilishga yo’naltirildi. O’zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 58 foizga ortdi. Ularning 76 foizi to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan xorijiy investitsiyalardir.
Investitsiya dasturi doirasida 2007 yili 300 dan ziyod yirik investitsiya loyihasi nihoyasiga etkazildi, xorijiy investitsiyalar ishtirokida 700 dan ziyod yangi korxona barpo etildi. Qo’shma korxonalar birinchi galda yuksak texnologiyaga asoslangan tarmoqlarda - engil, oziq-ovqat, elektrotexnika, kimyo va neftkimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari sanoatida, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida tashkil etilayotgani e’tiborga loyiqdir.



Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling