1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-rasm. 2017 yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha asosiy kapitalga investitsiyalar


Download 3.09 Mb.
bet41/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

4.7-rasm. 2017 yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha asosiy kapitalga investitsiyalar

2017 yil yanvar-dekabrida 16309,0 mlrd. so’m yoki 2016 yilga nisbatan 128,3 % asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.


2017 yil yanvar-dekabrida xorijiy investitsiya va kreditlarning o’sish sur’ati yuqori bo’lib, shu yil yanvar-sentyabriga nisbatan 18,2 % punktga ko’paydi, bu albatta, Kandim konlar guruxini ishlab chtiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash zavodini qurish loyihasining bajarilishi bilan bog’liq.
Xorijiy investitsiya va kreditlarning jami asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 22,1 % dan 26,9 % ga ko’payib, o’tgan yilgi ko’rsatkichga nisbatan 4,8 % punktga oshdi, mos ravishda: Buxoro viloyatida 75,0 % (20,7 % punkt), Namangan viloyatida 35,7 % (10,7 % punkt), Surxondaryo viloyatida 17,4 % (6,5 % punkt), Xorazm viloyatida 11,8 % (5,2 % punkt) hamda Toshkent shahrida 18,8 % ini (2,4 % punktga) xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil etdi.
Shu bilan birga, quyida keltirilgan hududlarda xorijiy investitsiya va kreditlarning kamayishi kuzatildi: Qoraqalpog’iston Respublikasida 12,0 % (33,7 % punktga kamayish), Qashqadaryo viloyatida 19,2 % (9,5 % punkt), Sirdaryo viloyatida 5,7 % (2,6 % punkt), Farg’ona viloyatida 8,1 %ni (2,7 % punkt) tashkil etdi.



4.8-rasm. 2017 yilda asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar

2017 yil yanvar-dekabrida o’zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning YaIM ga nisbati 6,5 % ni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 1,2 % punktga ko’paydi.


2017 yil yanvar-dekabrida o’zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning YaIM ga nisbati 6,5 % ni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 1,2 % punktga ko’paydi.
O’zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlarning dollar ekvivalentidagi qiymati 3184,6 mln. AQSh dollarini tashkil etib, undan 2420,4 mln. AQSh dollari to’g’ridan-to’g’ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarni tashkil etdi (2016 yilga nisbatan 40,7 % ga o’sish).


Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling