1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB)


Download 3.09 Mb.
bet62/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) — Umumjahon banki guruhining asosiy tashkiloti bo’lib, o’rta va kam daromadli, to’lov qobiliyatiga ega mamlakatlar hukumatlariga qarz beradi. XTTB 1944 yilda tashkil etilgan va hozirda a’zo mamlakatlar soni 186tani tashkil etadi.
XTTBning maqsadi — a’zo-mamlakatlar iqtisodiyotini qayta tiklashga va rivojlanishiga kapital qo’yilmalar berish, investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish orqali qo’llab-quvvatlash, to’lov balansi muvozanatini ta’minlashga qaratilgan qarz berishdan iborat.
2009 yilning oxirida bank tomonidan berilgan jami kreditlar hajmi 479 mlrd. dollarga etdi. Bank 2009 yilda 42ta mamlakatga 1226ta yangi loyihalar bo’yicha jami 32,9 mlrd. dollar miqdorida kredit ajratdi.
XTTB, odatda, 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yilgacha muddatda uzoq muddatli kreditlarni beradi. Bankning resursi ikki manbadan shakllanadi. Shu jumladan, asosiy qismi moliya bozorlarida turli xil qarz majburiyatlarini joylashtirishdan shakllanadi. XTTB a’zo mamlakatlarga hukumat kafolati asosida qarz beradi. Qarzni odatda 10-15 yil muddatga 5 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi. XTTBning foiz stavkasi har 6 oyda o’zgaradi va o’rtacha 7% atrofida belgilanadi. XTTB ustaviga muvofiq aholi jon boshiga 5055 dollargacha YaIM to’g’ri keladigan mamlakatlargina bankdan qarz olish huquqiga ega. Yirik taraqqiy etgan mamlakatlar, xususan, bankning 5 ta eng yirik aktsionerlari qarz olishi mumkin emas.
Jahon banki qariyb 70 yillik faoliyati mobaynida 140 ta mamlakatda qiymati 300 mlrd. dollarga teng 6 mingdan ortiq loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etgan. 1992-2009 yillar mobaynida Umumjahon banki guruhi tomonidan O’zbekistonda qiymati 800 mln. dollarga teng 15 ta loyiha amalga oshirildi (6.4-jadval). Ushbu bank tomonidan ajratilayotgan kreditlar iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, jumladan, xususiylashtirish, moliya sektorini rivojlantirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga yo’naltirildi.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling