1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-jadval XVF kreditlash shartlari


Download 3.09 Mb.
bet61/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

6.2-jadval
XVF kreditlash shartlari



Kreditlash mexanizmi yoki siyosati

To’lov shartlari

Muddati (yil hisobida)

Eng uzoq muddat

Kutilayotgan muddat

Davriy-lik

“Stend-bay” krediti

Asosiy stavka + marja

3,25-5

2,25-4

Har kvartalda

Kengaytirilgan kreditlash

Asosiy stavka + marja

4,5-0

4,5-7

Har yarim yilda

Qoplovchi moliyalash

Asosiy stavka

3,25-5

2,25-4

Har kvartalda

Favqulodda yordam

Asosiy stavka

3,25-5





Qo’shimcha zaxiralarni qoplash

Asosiy stavka + marja

2,5-3

2-2,5

Har yarim yilda

Kambag’allikka qarshi va iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlash

Yillik 0,5%

5,5-10

-

-

“Stend-bay” kreditlar. XVF kreditlash siyosatining asosini tashkil etadi (6.3-jadval). “Stend-bay” krediti to’g’risidagi shartnomaga asosan a’zo mamlakatlar to’lov balansida qisqa muddatli muammolarni bartaraf etish uchun odatda 12-18 oyga belgilangan miqdorda kredit olish huquqiga ega.


Kengaytirilgan kreditlash mexanizmi. XVF kengaytirilgan kreditlash mexanizmi bo’yicha a’zo mamlakatlar belgilangan miqdorda kredit olish huquqiga ega bo’lib, odatda, uch-to’rt yilga taqdim etiladi. Ushbu mexanizm asosida ajratilgan mablag’lar a’zo mamlakatlarda to’lov balansi holatiga sezilarli salbiy ta’sir ko’rsatuvchi tuzilmaviy xususiyatga ega muammolarni bartaraf etishga yo’naltiriladi.


6.3-jadval
Stend-bay” krediti to’g’risidagi shartnomaga muvofiq berilgan kreditlar, mln.SDR (2010 yil 7 yanvar holatiga)



A’zo mamlakatlar

Taqdim etilgan sana

Qaytarish
sanasi

Kredit miqdori

To’langan qismi

Angola

23.11.09

22.02.12

859

630

Armaniston

03.06.09

07.05.11

534

232

Belarus

01.12.09

04.11.10

2 270

438

Bosniya

07.08.09

30.06.12

1 015

832

Kosta Rika

04.11.09

07.10.10

492

492

Dominika Respublikasi

11.09.09

03.08.12

1 095

895

El-Salvador

16.01.09

31.03.10

514

514

Gabon

05.07.07

05.06.10

77

77

Gruziya

15.09.08

14.06.11

747

365

Gvatemala

22.04.09

21.10.10

631

631

Vengriya

11.06.08

10.05.10

10 538

2 901

Islandiya

19.11.08

31.05.11

1 400

735

Latviya

23.12.08

22.03.11

1 522

808

Maldiv orollari

12.04.09

12.03.12

49

45

Mongoliya

04.01.09

10.01.10

153

46

Pokiston

24.11.08

30.12.10

7 236

3 067

Ruminiya

05.04.09

05.03.11

11 443

5 355

Serbiya Respublikasi

16.01.09

15.04.11

2 619

1 598

Shri-Lanka

24.07.09

23.03.11

1 654

1 240

Ukraina

11.05.08

11.04.10

11

4

Jami

55 845

24 899

Kambag’allikka qarshi va iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlash mexanizmi.
Qo’shimcha zahiralarni moliyalash mexanizmi.
Qoplovchi moliyalash 1963 yilda joriy etilgan bo’lib, jahon bozorlarida tovar xom ashyo narxining o’zgarishi natijasida eksport tushumi kamomadi hosil bo’lgan yoki oziq-ovqat importi qiymatining o’sishiga duch kelgan mamlakatlarga taqdim etiladi.
Favqulodda yordam. Ushbu tartib favquloddagi holatlar tufayli to’lov balansida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda a’zo mamlakatlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida 1962 yilda joriy etilgan. 1995 yilda a’zo mamlakatlarda harbiy mojarolar tufayli ularning institutsional va ma’muriy salohiyatiga putur etkazilgani sababli mazkur tartibni qo’llash miqyosi yanada kengaytirilmoqda.


6.4-jadval
Kambag’allikka qarshi va iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlash dasturi bo’yicha ajratilgan kreditlar, mln. SDR (2010 yil 7 yanvar holatiga)



A’zo mamlakatlar

Taqdim etilgan sana

Qaytarish sanasi

Kredit miqdori

To’langan qismi

Afg’oniston

26.06.06

31.03.10

81

11

Burkina Faso

23.04.07

22.04.10

48

1

Burundi

07.07.08

07.06.11

46

26

Markaziy Afrika Respublikasi

22.12.06

30.06.10

70

9

Komoros

21.09.09

20.09.12

14

9

Kongo Demokratik Respublikasi

12.11.09

12.10.12

346

297

Kongo Respublikasi

12.08. 08

12.07.11

8

5

Kot de Ivuar

27.03.09

26.03.12

374

179

Djibuti

17.09.08

16.09.11

13

7

Gambiya Respublikasi

21.02.07

20.02.10

20

2

Gana

15.07.09

14.07.12

387

320

Gromada

17.04.06

16.04.10

16

2

Gvineya

21.12.07

20.12.10

70

45

Gaiti

20.11.06

31.01.10

115

8

Liberiya

14.03.08

31.03.11

239

13

Mali

28.05.08

27.05.11

28

8

Nikaragua

10.05.07

10.04.10

78

24

Isheriya

06.02.08

06.01.11

23

13

San Tome

03.02.09

03.01.12

3

2

S’erra-Leone

05.10.06

05.09.10

52

7

Tojikiston

21.04.09

20.04.12

78

52

Togo

21.04.08

20.04.11

84

26

Zambiya

06.04.08

06.03.11

220

55

Jami







2 414

1 122



XVF kreditlash tazimi quyidagi shartlarni o’z ichiga oladi:
XVF yordam berish agentligi yoki rivojlanish banki hisoblanmaydi;
XVF kreditlari belgilangan siyosatga asoslanadi:
qarz oluvchi mamlakat to’lov balansi muammosini bartaraf etishga qaratilgan siyosatni qabul qilishi lozim;
XVF kreditlari bo’yicha to’lovlar moliyalash mexanizmi shakllaridan kelib chiqib, har olti yoki to’rt oyda amalga oshiriladi;
XVF mamlakatdan olingan qarzni birinchi navbatda to’lashni talab etadi.
Qarz olgan mamlakat XVFning to’lov balansini moliyalash ehtiyojiga ega boshqa mamlakatlarni kreditlay olishi uchun belgilangan tartib bo’yicha qaytarib borishi lozim;
XVFdan kredit olgan mamlakat standart, imtiyozsiz moliyalash mexanizmlar doirasida bozor shartlari asosida foizlarni, komissiya haqlari va majburiyat bo’yicha yig’imlarni to’lab boradi;
moliyaviy mablag’lardan foydalanish bo’yicha kafolatni kuchaytirish maqsadida XVF 2000 yil mart oyida markaziy banklar tomonidan rioya etiladigan oltin valyuta zaxiralarini baholash talabini joriy etgan;
aksariyat hollarda XVF mamlakatni tashqi moliyalash
bo’yicha ehtiyojlarining bir qismini qondiradi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tartibga soluvchi bosh davlatlararo tashkilot bo’lgan XVFning tashkiliy tizimi va faoliyatini takomillashtirishni taqozo etmoqda. XVFning kredit berish mexanizmi “Vashington kontsensusi”ga asoslangan bo’lib, kredit olmoqchi bo’lgan mamlakatlardan korxonalarni xususiylashtirish, bozor talablari asosida narx belgilashni ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etardi. Yuqoridagi tartibga solish asosida an’anaviy monetar nazariyasi yotar edi. Ushbu uslublar xalqaro moliya bozorini tartibga solish o’rniga fond a’zolari o’rtasidagi bog’liqlikni kuchaytirdi.
XX asrning 90-yillaridan boshlab XVF tavsiyalarining asosini “neortodoksal, institutsional” kontseptsiyasi tashkil eta boshladi. Ushbu monetarizm kontseptsiyasiga asosan xalqaro moliya bozorini tartibga solish sxemalarida ustuvor o’rinni kredit va banklar tashkil etadi. XVF tomonidan qo’llanilayotgan yangi monetar siyosatga muvofiq xalqaro moliya bozorini tartibga solishda asosiy urg’u kredit fondlari taklifiga berila boshlandi. XVF tavsiyalari universal xarakterga ega bo’lib, 2002 yildan boshlab institutsional monetarizm tavsiyalari berila boshlandi va valyuta kurslarini tartibga solishning kapital oqimlari harakatidagi turli cheklovlarni bekor qilgan holda valyutalarning suzib yuruvchi kursiga ustuvorlik berish siyosati ishlab chiqildi.
2004 yildan boshlab XVFning globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish strategiyasi va o’rni qayta ko’rib chiqila boshlandi. Natijada XVF faoliyatining an’anaviy yo’nalishlariga jahon moliya arxitekturasining asosini tashkil etadigan turli standart va kodekslarni ishlab chiqish, jahon mamlakatlaridagi moliya sektorlarini baholash va monitoring o’tkazish, terrorizmni moliyalashtirish va jinoyat yo’li bilan topilgan pullarni yuvishga qarshi kurashlar qo’shildi. 2007 milda XVFning boshqaruv direktori Dominik Stross-Kan kreditining o’rta muddatga bag’ishlangan strategiyasini e’lon qildi. Yaqin 5 yilga mo’ljallangan fond strategiyasining yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
jahon moliya bozorini nazorat qilish (monitoring) samaradorligini oshirishni global va ayrim mamlakatlar darajasida amalga oshirish;
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi krizislarning oldini olish va sodir bo’lgan taqdirda undan chiqishga ishlangan aniq takliflar tizimini ishlab chiqish;
XVFning kam daromadli mamlakatlarda kambag’allik darajasini ikki marta qisqartirishga qaratilgan faoliyatining samaradorligini oshirish;
XVFning ichki tashkiliy faoliyatini isloh etish.
XVF faoliyatining samaradorligini oshirish va likvidligini ta’minlash maqsadida ustun darajada o’rta hajmdagi Evropa mamlakatlaridan iborat bo’lgan rivojlangan mamlakatlar kvotalarini katta oltin-valyuta zaxiralariga ega bo’lgan, yirik barqaror sur’atlarda rivojlanayotgan, shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari foydasiga qayta taqsimlash lozim.
25ta rivojlangan mamlakatlarning XVFdagi kvotalarining ulushi 60% dan ortiq bo’lib, shu jumladan, AQSh 17,1%, Yaponiya - 6,1%, Germaniya - 6,0%, Buyuk Britaniya -4,9%, Frantsiya - 4,9%, Xitoy - 3,7%, Italiya - 3,3%, Kanada -1,9%, Rossiya — 2,7% ulushga ega. XVFda eng muhim masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish uchun 85% ovoz olish zarur bo’lgani uchun AQSh, Evropa Itgifoqi mamlakatlari fond ustidan nazorat o’rnatgan.
2009 yil oktyabr oyida Istanbul shahrida XVF va Umumjahon bankining yillik Sammiti majlisida 2011 yilning yanvariga qadar XVF kvotalarining 5%ini barqaror sur’atlarda rivojlanayotgan mamlakatlar foydasiga jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniga muvofiqlashda qayta taqsimlash to’g’risida qaror qabul qilindi:
jahon moliyasi arxitekturasining mustahkamlanishiga qaratilgan makroiqtisodiy institutlarni yaratish;
XVFning o’rta muddatli byudjetini qayta ko’rib chiqish.
2009 yil 2 aprelda London shahrida S20 mamlakat rahbarlari Sammitida qabul qilingan “Xalqaro moliya institutlari orqali resurslarni berish deklaratsiyasi” qaroriga muvofiq XVF va boshqa xalqaro moliya institutlariga krizisga qarshi chora-tadbirlar dasturlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida zudlik bilan 850 mlrd. dollardan iborat mablag’ jamlandi.
XVF aktsionerlari o’rtasida 250 mlrd. SDR joylashtirilib, uning 100 mlrd. dollar ekvivalentiga teng qismi bevosita bozor munosabatlari rivojlanayotgan mamlakatlarga yo’naltirildi. Ko’p tomonlama rivojlanish banklariga kam daromadli mamlakatlarga kredit berish maqsadida 100 mlrd. dollar ajratildi. Osiyo taraqqiyot bankining moliya resurslari 200% ga, Amerikalararo taraqqiyot, Afrika taraqqiyot va Evropa tiklanish va taraqqiyot banklari moliya resurslari oshirildi.
XVF faoliyatini isloh qilish va uning ustav kapitalini 250 mlrd. dollardan 750 mlrd. dollarga etkazish vazifasi qo’yildi. XVFni turli shaklda moliyalashtirishda S20 davlatlarning faol qatnashuvi ko’zda tutilgan. Moliyaviy barqarorlik forumini (MBF) “Moliyaviy barqarorlik kengashiga” (MBK) aylantirish to’g’risida qaror qabul qilindi. MBK tarkibi va vakolati kengaytirildi. MBK jahon moliya tizimining kuchsiz tomonlarini aniqlash, moliyaviy barqarorlik boshqaruv organlari o’rtasidagi koordinatsiyalashuvni ta’minlash va axborotlarni ayirboshlash, standartlarni ishlab chiquvchi institutlar faoliyatini monitoring qilishdan iborat.
Shunday qilib, XVFni isloh etish yaqin besh yil ichida umumlashgan holda quyidagi to’rt yo’nalishda olib boriladi:
birinchidan, XVF mandatini qayta ko’rib chiqib, unga qator makroiqtisodiy siyosat va global barqarorlashuvga ta’sir etuvchi moliyaviy sektorga oid choralar kiritildi;
ikkinchidan, XVFning resurs bazasi etarli bo’lmaganligini ko’p sonli mamlakatlarga kredit berish talabidan kelib chiqgan holda, uning moliyalashtirish dastaklarini takomillashtirish;
uchinchidan, XVF tomonidan 20 talik mamlakatlar amalga oshirilayotgan siyosatni o’zaro baholashda yordam berish orqali ko’p tamonlama nazoratning yangi turini amalga oshirish;
to’rtinchidan, 20 talik mamlakatlar guruhi bilan kelishib, XVF kvotalarini barqaror sur’atlarda rivojlanayotgan mamlakatlar foydasiga qayta taqsimlash orqali fondning boshqarish tizimini takomillashtirish.
O’zbekiston 1992 yil 21 sentyabrda XVFga a’zo bo’lgan. Hozirda O’zbekiston 2003 yil oktyabrdan XVFning VIII Moddasiga muvofiq milliy valyutani joriy operatsiyalar bo’yicha erkin konvertatsiyalash majburiyatlariga ega. O’zbekistonning a’zoligi 2010 yil 1 yanvar holatiga ko’ra 78,6 mln. SDR miqdoridagi kvotasi bilan belgilanadi.
O’zbekistonning XVF bilan oxirgi moliyaviy shartnomasi 1995 yil 18 dekabrda 124,7 mln. SDR mikdorida “stend-bay” profitsitini olish to’g’risida tuzilgan. Hozirgi kunda O’zbekiston XVF oldida hech qanday moliyaviy majburiyatlarga ega emas.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling