1-mаvzu: xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi


  Xulq-atvor iste'moli nazariyasining amaliy jihatlar


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/94
Sana01.04.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1317910
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94
Bog'liq
XAI - Ma\'ruzalar matni

6.5. 
Xulq-atvor iste'moli nazariyasining amaliy jihatlar 
 
Iste'molchining iqtisodiy xatti-harakati modelini tanlashga turli xil omillar 
ta'sir qiladi, ular faqat ixtiyoriy daromad, boylik yoki foiz stavkalarining iqtisodiy 
parametrlarining ta'siri bilan cheklanmaydi. 
Ko'pgina amerikaliklar, agar siz qattiq mehnat qilsangiz, ajoyib natijalarga 
erishishingiz mumkin deb hisoblashadi. Mehnatkashlikning teskari tomoni - bu 
o'z mehnati evaziga topilgan puldan bahramand bo'lish qobiliyatidir. Bo'sh vaqt 
iste'mol ne`matlariga aylanadi va mehnat bilan bir qatorda iqtisodiy tizimning bir 
qismiga aylanadigan tovarlar va xizmatlarni iste'mol qilish uchun zarur bo'lgan 
vaqt sifatida qaraladi. 
Mashhur olim R. Istrelin: daromadlar va farovonlik oshgani sayin, baxtli 
odamlarning ulushi kamayishi "paradoks"ini keltirib chiqardi. Ushbu 
tendentsiyalarni tushuntirish uchun ikkita sabab topildi: birinchidan, jamiyat 
rivojlanishi bilan hashamatli tovarlar zaruriy narsalarga aylanadi (xususan, 
iste'mol jamiyati uchun). Ne`matlargatga egalik qilishdan norozilik kayfiyati 
paydo bo'ladi, biror narsaga egalik qila olmaslik tufayli azoblanish odatiy holga 
aylanadi; ikkinchidan, tobora ko'proq tovarlar pozitsion maqomga ega bo'ladi 
(qo'shnilar, do'stlar, qarindoshlardan yaxshiroq bo`lishda). Boshqacha qilib 
aytganda, individual nafliliklar shaxsga tegishli bo'lgan tovarlar miqdori va 
jamiyatning boshqa a'zolariga tegishli bo'lgan ne`matlar o'rtasidagi nisbatga 
bog'liq. Biroq, T. Kouenning fikriga ko'ra, har bir kishi (barcha) yuqorida bo'lishi 
kerak bo'lgan ierarxik tuzilmani yaratish mumkin emas. 
Iqtisodiy xatti-harakatlardagi o'zgarishlarni o'rganish shuni ko'rsatadiki, 
iste'mol modelini tanlashda eng muhim omillar quyidagilardir: 
shaxsiy o'zini o`zi identifikatsiya qilish; 
ijtimoiy mavqega ega bo'lish; 


turmush tarzi va kundalik hayotni o'zgartirish; 
brendlarni sotib olish orqali xayolotni haqiqatga aylantirish. 
Boshqacha aytganda, yangi ijtimoiy voqelik iste'mol orqali quriladi. 
Konsyurmizm (ortiqcha iste'mol qilish), brendizm, shopagolizm, konformizm 
yangi jamiyat belgilariga aylanib bormoqda. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling