1-mаvzu: xulq-аtvоr iqtisоdiyoti nаzаriyasining shаkllаnishi


Mustahkamlash uchun savollar


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/94
Sana01.04.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1317910
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94
Bog'liq
XAI - Ma\'ruzalar matni

Mustahkamlash uchun savollar 
1. Pulning iqtisodiy va psixologik tabiati o'rtasidagi farq nima?
2. Guruhingizda tadqiqot olib boring va qaysi turdagi pul xulq-atvori hukmronligini 
bilib oling.
3. Iste’molning kredit modelining tarqalishining psixologik omillarini ajratib 
ko’rsating.
4. Iqtisodiy agentlarning irratsional xulq-atvori bilan moliyaviy inqiroz o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni qanday izohlash mumkin?
5. Pensiya jamg'armalarini rag'batlantirishning qanday yo'llarini taklif qilish 
mumkin?
6. Moliyaviy bozorlarda ishonch multiplikatori nimani anglatadi? 
7. Xarakteristika fanidagi kredit bumining sabablari nimada? 
8. Iqtisodiyotda jamg‘armalar qanday o‘rin tutadi?
9. Moliyaviy savodxonlikni oshirish yo'llari qanday.
10. Bitiruv moliyasining amaliy ahamiyati nimada? 


8-Mavzu: Iqtisodiy manfaatlarning qarama-qarshiliklarida xulq-atvor ziddiyati 
Reja: 
1. Jamiyatdagi iqtisodiy manfaatlar va qarama-qarshiliklar (ziddiyatlar)ning 
iqtisodiy nazariyasi 
2. Ijtimoiy zarurat 
3. Xulq-atvor ziddiyati 
4. Xulq-atvor (ijtimoiy) ziddiyati shakllari 


1. Jamiyatdagi iqtisodiy manfaatlar va qarama-qarshiliklarning (ziddiyatlar) 
iqtisodiy nazariyasi 
Iqtisodiy xulq-atvor normalarini qo’llanishi (aylanishi) jarayonining individual va 
ijtimoiy tarkibiy qismlarining mavjudligi, ijtimoiy moddiy takror ishlab chiqarish 
jarayonida, amalga oshiriladigan shaxs jamiyatning ijtimoiy guruhlari va qatlamlarining 
iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishning barqaror mexanizmini yaratishni nazarda 
tutadi. Individual me'yoriy (normativ) rivojlanish jarayonini ijtimoiy baholash va 
tuzatishning ushbu mexanizmi, uning ijtimoiy munosabatlarini qayta tashkil etish va xulq-
atvor normalarini ishlab chiqishda ifodalangan insonning iqtisodiy faoliyatini maqsadga 
muvofiq shakli sifatida ijtimoiy ziddiyatni qayta ko’rib chiqishni
(воспроизводство)
nazarda tutadi.
Har qanday iqtisodiy tizimda iqtisodiy faoliyatning rivojlanish yo`nalishi, xo`jalik 
yurituvchi sub’yektlarning xatti-harakatlari motivlari, iqtisodiy manfaatlarni belgilaydi. 
Iqtisodiy manfaat - iqtisodiy ehtiyojlarning namoyon bo'lish shaklidir. 
Manfaatlar - xo’jalik (iqtisodiy) manfaatini, foydani ifodalaydi va ularni amalga 
oshirish orqali iqtisodiy sub'yekt o’z mustaqilligini, o'zini-o'zi rivojlantirishni ta'minlaydi. 
Shaxsning iqtisodiy hayotdagi faol roli, ko'p jihatdan uning iqtisodiy xulq-atvor 
motivlari bilan belgilanadi. 
Motiv - ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan faoliyatning ichki turtkisidir (undovchi). 
Xatti-harakat (xulq-atvor) motivining tuzilishiga, (strukturasiga) quyidagilar kiradi: inson 
qanoatlantirmoqchi bo'lgan ehtiyoj; ehtiyojni qondira oladigan tovar; foyda olish uchun 
zarur bo'lgan harakat; foyda olish bilan bog'liq xarajatlar.
Agar, motiv faoliyatning ichki turtkisi (qo'zg'atuvchisi) bo'lsa, unda rag'bat (stimul) 
tashqi turtkisidir (undovchisidir).
Rag'batlantirish - bu har qanday harakatni amalga oshirishdan olingan ehtiyojlarni 
qondira oladigan ne’matlardir (narsalar, moddiy qiymatlar (
ценности
), mukofotlar). 
Rag'batlantirish odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydi. Rag'batlantirishlarni 
iqtisodiy va noiqtisodiy turlarga bo'lish mumkin. Ikkinchi turiga tashkiliy, huquqiy, 
axloqiy-psixologik, ijtimoiy usullar kiradi. 


Turli davr olimlari, iqtisodiy manfaatlar muammolariga katta e'tibor berib, ularni 
turli tomonlardan ko'rib chiqganlar: iqtisodiy manfaat nima, uning kelib chiqishi qanday, 
namoyon bo'lish shakllari qanday, jamiyat taraqqiyotida qanday rol o'ynaydi, va hokazo. 
Albatta, ular bu masalalar bo'yicha turli qarash va fikrlarni kashf etganlar.1950-
yillargacha iqtisodiy manfaatlar muammolari asosan psixologlar tomonidan o’rganilgan. 
Ularning ko’pchiligi tomonidan iqtisodiy manfaatlarning mohiyati, mazmuni va o’rnini 
anglash mashhur psixolog G.T. Kovalevskiy tomonidan ochib berilgan. G.T. Kovalevskiy 
shunday yozadi: "Qiziqish - bu ong holati", "fikrlarning yo'nalishi". "Insonni faoliyatiga 
undaydigan har qanday narsa uning o’y hayolidan o'tadi, va u buni anglaydi. Biror kishi 
harakat qilishdan oldin uning ongida ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo'lgan muayyan 
faoliyatga qiziqish paydo bo'ladi. 
Iqtisodchilarning fikrlarini uchta asosiy pozitsiyaga birlashtirish mumkin: 
1. Iqtisodiy manfaat sub'yektiv kategoriya sifatida, ong holati, sub'yektning fikr va 
e'tiborini yo'nalishi bo'lib, pirovard natijada iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. 
2. Iqtisodiy manfaat - ob'yektiv va sub'yektivning birligi (birlashmasi) yoki ob'yektiv 
mazmun va sub’yektiv shaklning birligi hisoblanadi. 
3. Iqtisodiy manfaat, bevosita ishlab chiqarish munosabatlarining ko`rinishi sifatida 
harakat qiluvchi obyektiv kategoriyadir. 
Bu, albatta, iqtisodiy manfaatdorlik masalasida, turli mualliflarning pozitsiyalarining 
juda umumiy tasnifidir. Ehtiyoj va iqtisodiy manfaatning umumiy jihatlari ko'p, ba'zida 
ular deyarli bir xil ko'rinishi mumkin. Biroq, qiziqish ehtiyoj bilan bir xil emas. Ehtiyojlar 
birinchi navbatda uning asosi bo'lib, ular iqtisodiy manfaat bilan ifodalangan 
munosabatlar ob’yekti hisoblanadi. Shunday qilib, iqtisodiy manfaatlar iqtisodiy 
nazariyaning kategoriyasi sifatida o'z tashuvchilarning (insonlarning) iqtisodiy 
ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq munosabatlarni ifodalaydi, buning natijasida ular 
ushbu munosabatlarning aniq belgilangan sub'yektlari sifatida qayta ishlab chiqadilar. 
Mutaxassislar F.Engelsning «har bir muayyan jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng 
avvalo, manfaatlar sifatida namoyon bo‘ladi» degan jo‘shqin iborasini yaxshi bilishadi.
Ehtiyoj va manfaat o'rtasidagi farqlar, birinchi navbatda, jamiyat va uning moddiy 
hayoti sharoitlari o'rtasidagi bog'liqlikdir. Ehtiyoj bu munosabatni ikki shaklda ifodalaydi: 


yani ishlab chiqarish mahsuli va ayni paytda uning rag'batlantiruvchisi, ishlab chiqarish 
rivojlanishining dvigatelidir. Manfaat jamiyat va uning yashash sharoitlari o'rtasidagi bu 
bog'liqlikni faqat bir tomonlama ifodalaydi. Bu taraqqiyotning harakatlantiruvchi 
kuchidir. Bu harakatning kelib chiqishiga va maqsadiga kelsak, ularni hodisa yuzasidan 
topib bo'lmaydi, ular yashiringan va ehtiyojni ichida saqlanadi (
yotadi
). 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling