1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari


Download 0.53 Mb.
bet37/118
Sana31.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1310931
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118
Bog'liq
Yosh davrlari Majmua

3. O’smirlarning jinsiy taraqqiYOti.

O’smirlik Yoshidagi jismoniy taraqqiYOtning eng muhim fakti jinsiy etilish, ya`ni jinsiy bezlarning ishlay boshlashidir. Jinsiy etilishning boshlanishi ko’p jihatdan iqlimga va milliy-etnografik omillarga (masalan, SHimolda yashovchi odamlarga nisbatan jinsiy etilish Janubiy raYOnlarda yashovchi odamlarda ilgariroq boshlanadi) va shuning bilan birga individual haYOt xususiyatlariga (sog’lig’iga, boshidan kechirgan kasalliklarga, ovqatlanishiga, mehnat va dam olish rejimiga, tevarak-atrofdagi sharoitga va boshqalarga) bog’liqdir. Ko’pchilik o’g’il bolalar hozirgi vaqtda jinsiy jihatdan 15—16 Yoshda, qiz bolalar esa 13—14 Yoshda etilyapdilar. Mutlaqo tushunarliki, agar 15—16 Yoshga kelib jinsiy etilish davri tugallansa, organizm bu paytda o’ziga o’xshash mavjudodni yuzaga keltirishga qobil bo’ladi. Lekin bu Yoshda, ravshanki, jismoniy va xususan ruhiy, g’oyaviy, ijtimoiy hamda grajdanlik jihatdan etilganligi haqida gap bo’lishi mumkin emas. SHunday qilib, olimlarning aytishlariga ko’ra, o’smirlik Yoshida jinsiy etilish bilan, tegishli instinktlar, seksual (shahvoniy) bo’YOqlarga bo’yalgan hissiYOtlar va intilishlarning namoYOn bo’lishi hamda psixik va ijtimoiy etilish o’rtasida nomoslik yuzaga keladi. Bu Yoshning qiyinligi va xavfliligi ana shundadir: o’smir ko’pincha o’zi uchun yangi bo’lgan instinktlarga va intilishlarga baho bera olmaydi, ularni ushlab, to’g’ri YO’lga sola olmaydi. Ko’pincha u o’z hissiYOtlarini va xatti-harakatlarini nazorat qila olmaydi va o’zining qarama-qarshi jinslar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarini to’g’ri» YO’lga qo’ya olmaydi. Agar biz o’smirlarning yangi, hukmron, noma`lum hissiYOtlar va sezgilar oldida ojiz bo’lib qolishlarini istamasak, agar ularning nihoyatda gumonli (shubhali) va biz xohlamaydigan manbalardan informatsiyalar hamda tegishli ko’rsatmalar olishlarini va ana shu asosda ular shaxsining normal bo’lmagan holda bema`ni buzilishini istamasak, o’qituvchilar va tarbiyachilar o’smirlarga ularni hayajonlantiraYOtgan hamma masalalarni tushunib olishlariga oqilona hamda ustalik bilan YOrdam berishlari kerak.


O’qituvchilar, tarbiyachilar, sinf rahbarlari dastavval shuni chuqur anglashlari lozimki, jinsiy etilish organizmning jismoniy taraqqiYOtga ta`sir qilishdan tashqari o’smirning psixik taraqqiYOtiga ham albatta ta`sir qiladi. O’smirlarda jinsiy etilish munosabati bilan shu paytgacha ularga noma`lum bo’lgan va qandaydir ma`noda ular uchun kutulmagan jinsiy mayillik va tegishli fikrlar, hislar, kechinmalar, qarama-qarshi jinsga spetsifik qiziqish, ma`lum mazmundagi kitoblarga, kinofilmlarga, kattalarning gaplariga bo’lgan qiziqishlarning paydo bo’lishi mutlaqo zarur tabiiy va normal holdir. Bu o’smirlar bilan olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda bu Yosh uchun hisobga olinishi lozim bo’lgan muhim psixologik xususiyatlardan biridir. Vaholanki, bularning hammasi tabiiy va qonuniy ekan, qo’rqish, tashvishlanish va xavotirlanishning hojati YO’q. Biroq bunga loqaydlik bilan befarq munosabatda bo’lish ham mumkin emas. SHunday faktlar keng miqYOsda ma`lumki, ayrim sharoitlarda jinsiy mayl (yaramas ishlarga taqlid qilish, Yoshga to’g’ri kelmaydigan kitoblar va kinokartinalar bilan tanishish va shuning kabilar) ko’pincha buzuqlik va pastkashlik bilan bog’liq bo’lgan yaramas qiliqlar va kechinmalar shakliga o’tib ketadi.
O’smirlarni imkoniyat boricha yaramas namunalardan saqlash zarur. Ularga to’g’ri kelmaydigan adabiYOtlarni o’qishga, ular uchun zararli bo’lgan kinofilmlarni va televizion ko’rsatuvlarni ko’rishlariga YO’l qo’yish kerak emas. Kezi kelganda shuni aytish lozimki, bu ish shunchaki oson ish emas. Masalan, televizor orqali o’smir uchun ko’rish mumkin bo’lmagan qandaydir ko’rsatuv berilyapti, o’smirni televizordan chalg’itish (ko’rishga YO’l qo’ymaslik) naqadar qiyin ekanligini ota-onalar biladilar. Umuman televizorni ko’rishni to’g’ridan-to’g’ri man qilish teskari natijaga olib kelishi mumkin. O’smir qanday bo’lmasin (ularning birining oqilona aytishicha) «temir parda» orqasida qarashga urinib ko’radi. Har holda, o’smirlarda ana shunday qiziqishlarni umuman yuzaga keltirmaslikka erishish qiyin bo’lsa kerak. Bu qandaydir ma`noda tabiiy va zaruriy hodisadir. Biroq shunga erishish lozimki, bu qiziqish zararli xarakterga ega bo’lmasin, qandaydir keraksiz psixologik xususiyatlar bilan bog’liq bo’lmasligi kerak. Bu erda o’smir haYOtining to’g’ri tartibi, ya`ni qat`iy mehnat, uyqu, dam olish va ovqatlanish rejimi, jismoniy tarbiya va sport bilan doim shug’ullanish YOrdam beradi.O’smirlarning diqqatlarini ko’chirish, ya`ni boshqa tomonga — ular uchun qiziqarli va jozibali bo’lgan faoliyatlar, foydali va qiziqarli filmlarga, kitoblarga tomon YO’naltirish muhimdir.
Bu o’smirlar diqqatining jinsiy kechinmalar ustida to’planishini ozaytiradi. Lekin har holda bolaning butun haYOtini tashkil qilish, ya`ni qat`iy rejim va kun tartibini tashkil qilish asosiy ahamiyatga egadir.
O’smirlarning turli ijodiy mashg’ulotlariga qiziqishlari texnika ishlariga, muzikaga, rasm solishga, sportga berilish, o’smirning ijtimoiy aktivligi, ijtimoiy ishlarda qatnashishi uning ijodiy aktivligiga YOrdam beradi, foydali YO’nalish va intilishni yuzaga keltiradi. Aksincha, bekorchilik,bema`ni tarzda vaqt o’tkazish, foydali mashg’ulotlarning bo’lmasligi diqqatni jinsiy kechinmalar ustida to’planishga olib keladi, zararli odatlar va intim munosabatlar doirasiga taalluqli keraksiz qiziqishlarning paydo bo’lishiga YOrdam beradi. Jinsiy tarbiya sistemasida o’smirlarga ma`lumot berish, ularga ikki jins o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga doir murakkab masalalarni tushuntirish kerak YOki kerak emasmi. Ehtimol, o’smirning imkoniyat boricha uzoq vaqt davomida xabarsiz bo’lganligi ma`quldir? Bir kun, vaqti kelib, o’smirlarning bizlarga bildirmasdan hammasini bilib olishar. Juda ko’p o’qituvchilar va tarbiyachilar shunday deb o’ylaydilar. Ularning ba`zi birlari bunga ishonadilar, boshqalari esa o’zlarining bu ishga shunchaki beparvoliklarini oqlashga harakat qiladilar. Axir, o’smirlar, bilan bu «qaltis» tema bo’yicha gaplashish xavfli xatarli hamda bu ish katta san`at talab qiladi.
Biroq o’smirlarni voqelikdan ajratib qo’yib bo’lmaydi. Ular atrofida haYOt qaynab turibdi, o’smirlar unga ko’zlarini katta ochib va zo’r qiziqish bilan qaramoqdalar. Ular o’zlari uchun kam tushunarli bo’lgan odamlarning sirli munosabatlarini ham tushunishni istaydilar. Agar tarbiyachilar o’z vaqtida YOrdam bermasalar, unday paytda o’smirlar o’zlari uchun tushunarsiz bo’lgan va ularni hayajonli tarzda o’ziga jalb etgan hodisalarga o’zlari javob qidirishga majbur bo’ladilar. Mana shunday paytda o’smirlarning «ma`rifati» bilan boshqalar, ya`ni tajribali, o’ylab ish ko’radigan tarbiyachilar emas, balki uyatsiz va iflos, YOmon tarbiyalangan surbek o’rtoqlari va dugonalari shug’ullanadilar.
Maktab direktori va o’qituvchi (xususan sinf rahbari va maktab psixologi bilan birga adabiYOt, tarix, biologiya o’qituvchilari) shu narsa haqida maxsus ravishda o’ylashlari lozim bo’ladiki, qanday qilib o’smirlarda boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishni, o’zaro insoniy munosabatlar go’zalligini ularni majbur qilmay tarbiyalash mumkin, qanday qilib o’g’il bolalarda olijanoblik, fidokorlikni (bu so’zlarni ishlatishdan qo’rqmaymiz!), qiz bolalarda soflikni, aYOllik qadr-qimmatini tarbiyalash mumkin. Faqat tegishli masalalarga nisbatan sun`i» qiziqishni uyg’otish yaramaydi. Agar o’qituvchi tegishli xatti-harakatning namoYOn bo’lishini ko’rib tursa, tegishli gaplarni eshitsa, bunday holda begonalardek kuzatuvchanlik pozitsiyasida turishi yaramaydi. Boshqa bir hollarda o’smirlarning o’zlari ham so’raydilar. «Mana siz do’stlik, o’rtoqlik haqida lektsiya o’qiysiz, aytingchi: sevish mumkinmi, sevgining o’zi nima, o’g’il bolalar bilan qiz bolalar o’rtasida qanday munosabat bo’lishi kerak?» O’qituvchining puxta o’ylangan, o’smirlar bilan yaxshi vaziyatda samimiy o’tadigan individual suhbatlari katta ahamiyatga egadir.
Nihoyat, jinsiy tarbiyaning zaruriy tomoni bo’lmish estetik tarbiya haqida ham gapirib o’tamiz. O’smirlar haqiqiy muhabbatning go’zalligini, muhabbat hissi bilan birlashgan erkaklar va xotinlar o’rtasidagi munosabatning go’zalligini ko’rishga hamda tushunishga o’rganishlari lozim. Tarbiyachi buning uchun adabiYOt va san`at asarlaridan foydalanishi mumkin. O’smirlarni ajoyib muzikaga qatnashtirish, muhabbat hissini kuylovchi ajoyib she`rlar, tasviriy san`at asarlari va haykallarni tanishtirish bilan cheklanib qolmay, balki ularga kompozitor, YOzuvchi YOki rassom aynan nimalarni ifodalamoqchi bo’lganligini va qanday tasvirlovchi vositalardan foydalanganliklarini tushuntirish lozim. Mana shunda o’smirlarda sekin-astalik bilan inson haYOtini bezovchi ajoyib va yuksak hissiYOt bo’lmish muhabbat hissi haqida tasavvur paydo bo’ladi. O’smirlar bilan faqat insoniy munosabatlarning qanday bo’lishi to’g’risida, haYOtning faqat charog’on tomonlari haqida gaplashish bilangina cheklanish, ularni faqat ijobiy ibratli misollar orqaligina tarbiyalash kerak emas. O’ylaymizki, salbiy hodisalarga nisbatan o’ziga xos immunitet, ya`ni salbiy reaktsiya hosil qilish kerak. SHuning uchun baxtga qarshi hali bor bo’lgan, ammo bo’lmasligi kerak bo’lgan juda ko’p narsalar haqida ham gapirishga to’g’ri keladi. Turmushning ayrim xunuk tomonlari va kishilar o’rtasidagi yaramas o’zaro munosabatlar haqida gapirib, bunday hodisalarni keskin va ishonch bilan qoralashga to’g’ri keladi. Buning bilan biz o’smirlarning e`tiborlarini turmushning bu xunuk hodisalariga jalb qilamiz deb o’ylamaslik lozim. O’smirlar bari bir bu hodisalarni ko’rib turadilar. Muhim tomoni shundaki, o’smirlar turmushdagi bunday xunuk hodisalarni to’g’ri tushunsinlar va to’g’ri baholay olsinlar.
O’smirlar Yoshi davridagi sevishganlik hodisasiga qanday qarash kerak? Ayrimlar bunday bolalarga sevishganlik hodisasining o’zi bormi, deb so’raydilar. Ehtimol, bu kattalarga taqlid qilish formalaridan biridir xolos? O’ylaymizki, garchi, o’smirlik Yoshida uchraydigan bunday faktlarni bo’rttirib ko’rsatishning hojati bo’lmasa ham, ammo o’smirlarning (xususan kattaroq Yoshdagi o’smirlarning) ko’pincha shaxsiy YOqtirish, mayl qo’yish hislarini kechirishlari va hatto o’ziga xos bo’lgan birinchi muhabbat jismlarini kechirishlariga ko’z yumib bo’lmaydi. Bunday hodisalarga ham hushYOrlik bilan munosabatda bo’lib, normal va tabiiy hodisa sifatida qarash lozim. YUzaga kelaYOtgan tuyg’uni man qilish, qo’pollik va odobsizlik bilan kulib mazax qilish yaramaydi. Ikkita o’smir bir-biriga ijobiy ta`sir qilishi orqali yuzaga kelgan sof, do’stona, qalbdan chiqqan mana shunday munosabatlarga beodoblik bilan aralashish hodisalari pedagogik adabiYOtlarda bir qancha marta tasvirlangan. Pedagogik nuqtai nazardan bu erda hamma narsa joyida. Bunday tuyg’uning yuzaga kelishiga YO’l qo’ymaslikning nima keragi bor edi? Qo’pol va odobsizlik bilan aralashish o’smirlar qalbini jarohatlaydi, ularning birinchi sevgilarini haqoratlaydi. SHunday qilib, 15 Yoshli o’quvchi qizning yurak sirlari YOzilgan xotira daftari maktab direktorining qo’liga tushib qoladi. Daftarda qizning o’z sinfdoshini sevib qolganligi va bu tuyg’uni boshqalardan yashirib yurganligi YOzilgan edi. Qizcha o’zining sevgisi to’g’risida hatto she`r ham YOzgan edi. Sodir bo’lgan ana shu hodisani favqulodda holat deb o’ylashga hech qanday asos YO’q edi. Ammo shunga qaramay, direktor bunday hodisaga qarshi jiddiy chora ko’rish orqaln kurashishga qaror qildi. Maktab direktori qizchaning xotira daftaridan ayrim parchalarni va qizchaning she`rini maktab radiouzeli orkali o’qib eshittirishdan ko’ra durustroq chora topa olmadi. Bu hodisadan ruhan ezilgan qizcha o’qishni tashlab ketdi. Ammo buning oqibati bundan ham og’irroq bo’lishi mumkin edi.
Bunday masalalarga to’la beparvo bo’lish ham o’rinli emas. Axir yuzaga kelaYOtgan tuyg’u har xil shaklga kirishi, o’smirga har xil ta`sir qilishi mumkin. Odob bilan shunga erishish lozimki, o’smirlarning bir-birlariga ta`sirlari faqat ijobiy tusga ega bo’lsin, o’smirlar yuzaga kelaYOtgan tuyg’ularning ta`siri ostida pokiza, yaxshi, kamtarin va aqlli bo’lsinlar.
O’smirlar jinsiy etilish sirlarining 17 foizini ota-onadan, 9 foizini o’qituvchilardan, 4 foizini maktab vrachidan va qolgan yashirin jihatlari, holatlari to’g’risidagi ma`lumotlarni ko’cha-ko’ydan, o’rtoqlari va dugonalaridan eshitib bilib oladilar. Kutilmagan holatlar va ma`lumotlar ularning xatti-harakatini chigallashtiradi, yakkalik olamiga berilish boshlanadi, fe`l-atvorda ayrim illatlar paydo bo’la-di. Goho o’smirlar orasida axloqan tubanlashuv hollari ro’y berishi mumkin. Ularni bunday qiliqlardan, nopok guruh va to’dalardan xalos etish maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy haYOtda yaramas odatlarni keltirib chiqaruvchi anchagina manbalar bor,bularga:

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling