1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
birinchidan, kino zallari va televidenieda o’smirlarga to’g’ri kelmaydigan filmlarga ruxsat qilinishi; ikkinchidan
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
birinchidan, kino zallari va televidenieda o’smirlarga to’g’ri kelmaydigan filmlarga ruxsat qilinishi;
ikkinchidan, jamoat joylarida va ko’cha-ko’yda kattalarning nojoiz qiliqlar ko’rsatishlari; uchinchidan, ta`limda biologik o’sish to’g’risida etarli bilimlar berilmasligi, to’rtinchidan, vrachlarning bu sohada keng ko’lamda ish olib bormasligi; beshinchidan, ota-onalarda fiziologik va psixologik bilimlar etishmasligi; oltinchidan, o’smir bolalar va qizlarga mo’ljallangan materiallarning kamligi va hokazolar. 4. Akseleratsiya nazariyalari O’smirlik inson shaxsining kamol topishida alohida o’rin egallaydi. U inson kamolotining muhim bosqichi hisoblanadi. O’smirlik davrida g’oyat katta ahamiyatga ega bo’lgan psixologik o’zgarishlar ro’y beradi, bolaning muayyan, ijtimoiy turmush sharoitida keyingi kamol topishi uchun zarur ta`lim-tarbiya ta`sirida barqaror, mustahkam iz qoldiruvchi ijobiy xislatlar namoYOn bo’ladi. O’smir kamolotga erishgan sayin uning psixik dunYOsida yangi fazilatlar va sifatlar paydo bo’la boshlaydi, psixikasida keskin qayta qurish sodir bo’ladi. O’zgarishlar uning oldiga yangi talablar qo’yadi, bu esa o’z navbatida ko’proq huquq va erk berilishini, eng avvalo mustaqil qarorga kelish va o’z xulq-atvorini maqbul deb hisoblab amalga oshirishni taqozo qiladi. Psixik takomillashish, kamolotga intilish, nisbiy barqarorlik o’smirlik davrining eng muhim xususiyatlari hisoblanadi. Hozirgacha balog’atga erishish va jinsiy etilishning jadallashishi to’g’risida bir butun ilmiy nazariya mavjud emas. SHuning uchun o’sishdagi jadallashuv, ya`ni akseleratsiya bo’yicha ham muayyan nazariya yaratilmagan. Ana shu boisdan har xil ilmiy asosdagi, bir-biridan farqli e`tirozli qator nazariyalar paydo bo’lgan. Quyida akseleratsiya muammosiga oid qarashlar bilan tanishib chiqamiz. Geliogen nazariyasi. Ushbu nazariya 1936 yilda chet el olimlari tomonidan yaratilgan bo’lib, uning asosiy mohiyati akseleratsiya hodisasi quYosh nurining bevosita ta`siri bilan vujudga keladi, degan g’oyadan iboratdir. Bu g’oya tarafdorlarining fikricha, bolalar ko’p vaqt oftobda bo’lishi natijasida ularning o’sishida tezlashish, ya`ni akseleratsiya ro’y beradi, chunki quYosh nuri organizmni zarur elementlar, moddalar, oziqalar bilan ta`minlaydi. Ammo hozirgi davrda akseleratsiya hodisasi janubiy (quYosh nurlari serob) mamlakatlarda ham, shimoliy jo’g’rofiy kenglikka joylashgan mamlakatlarda ham bir tekis ro’y bermoqda. Ikkinchi tomondan, shahar muhitidagi qizlar va o’g’il bolalar qishloq bolalariga qaraganda tezroq voyaga etishi ko’rilmoqda, vaholanki, qishloq odamlari quYosh nurida ko’proq toblanadilar. Demak, hozirgi davrd geliogen nazariyasi ziddiyatlarga sabab bo’lmoqda. Umuman oftobda toblanishni akseleratsiya jaraYOnining muhim jihatlaridan biri deyish noto’g’ridir. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling