1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
3. Ilk o’spirin va kasb tanlash
Endigina o’sib kelaYOtgan o’spirin o’quvchilar kasbga qanday YOndashadilar? Bu muammo ko’pchilikni qiziqtiradi. Kuzatishlardan va turmush tajribasidan ma`lumki, odatda ilk o’spirinlik Yoshidagi o’g’il-qizlar haYOtda mustaqil qadam tashlash to’g’risida aniq, asosli fikr bildirishga qiynaladilar. SHu sababli kasb tanlash davrida oqilona va to’g’ri YO’l tutishni bilmay dovdirab qoladilar YOki tavakkaliga ish ko’radilar. O’zlarining imkoniyatlarini hisobga olib harakat (qilishga ojiz bo’ladilar. Natijada noxush kechinmalar, umidsizliklar, ijtimoiy sustlik holatlari vujudga keladi. YUqori sinf o’quvchilarining ba`zilari kasb tanlashda yaqqol ko’zga tashlanib turgan namunalarga taqlid qiladilar. Bunda o’z atroflaridagi yaqin kishilarni nazarda tutadilar, ularning YO’lidan borishni mo’ljallaydilar. Kuzatishlarimizning birida G’. ismli o’spirin (9-sinf o’quvchisi) o’z kelajagi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: «Ehtimol qishloq xo’jalik texnikumiga o’qishga kirarman. U menga tanish. Unda akamlar o’qiganlar. Balki kolxozda qolib ishlarman. O’qituvchi bo’lish orzum ham bor. CHunki pedagogika institutida tog’amlar ta`lim olmoqdalar...» O’quvchining bu mulohazasini tahlil qilishning hojati YO’q, chunki unda biror maqsadga YO’nalgan g’oya mavjud emas. O’quvchilar maktabda fanlarning asoslaridan bilim oladilar, har qaysi o’spirin fizika YOki matematika bilan tanishadilar. Biroq ularning hammasi kelajakda fizik YOki matematik kasbini egallashni xohlayvermaydi. Maktabda er kurrasi o’rganiladi, barcha shganetalarning xususiyati bilan tanishiladi, uzoq qit`alar dunYO xalqlari tarixi va san`ati bo’yicha bilimlar beriladi. Ammo barcha o’quvchilar sayYOh bo’lishni istamaydi. Fan asoslari o’quvchilarga keng ko’lamda ma`lumot va axborotlar berishga moslashtirilgan bo’lib, o’spirinlar olingan bilimlarning kelajak, shaxsiy turmush, bilimdon shaxs bo’lish uchun amaliy ahamiyatini anglab olishi kerak. Katta Yoshdagi maktab o’quvchilarida biror o’quv faniga ishtiYOq natijasida ularda har xil kasblarga qiziqish vujudga keladi. Tanlangan kasbni o’zlashtirish bilan bog’liq fanga qiziqish ham orttiradi. Natijada to’garak, mashg’ulotlariga va fakultativ kurslarga ko’chish imkoniyati vujudga keladi. Bunday imkoniyatdan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. YUqori sinf o’quvchilarini qiziqishlari, mayllari, intilishlari, qobiliyatlari, iste`dodlari asosida tanlagan kasblariga to’g’ri YO’naltirish o’spirinlar uchun katta haYOtiy masaladir. Kasb tanlash jaraYOnida o’spirinlarga o’qituvchilar, ota-onalar, jamoatchilik o’z kasbining ustalari, murabbiylar alohida e`tibor berishlari kerak. Ko’p hollarda o’spirinlar kattalarning maslahat va tavsiyalarini hisobga olgan holda qat`iy bir qarorga kelishlari mumkin, chunki ular o’z xohishlarini har tomonlama asoslab bera oladilar. V. A. Krutetskiyning ma`lumotlariga qaraganda, pedagogika instituti talabalarining yarmi o’qituvchilik kasbini YOqtirib o’qishga kirgan. Ularning qolgan qismi esa institutga tasodifan kirib qolgan. Biroq bu oliy o’quv yurtiga o’z xohishi bilan kirgan talabalar orasida ham har xil mulohazalar mavjud. Pedagog kasbini YOqtirib o’qishga kirgan talabalarning chorak hismi faqat olgan bilimlarini boshqalarga o’rgatish maqsadini bildirgan bo’lsalar, yana shuncha o’spirinlar institutda o’qitilaYOtgan biror fanni sevganlari uchun o’qishga kirganini aytgan. Talabalarning beshdan bir qismi bolalarni chin ko’ngildan yaxshi ko’rgani uchun o’qituvchilik kasbini tanlagan. O’rta maktabni bitirgunicha hamma o’quvchilar kasbini qat`iy tanlaydi, deyish mumkin emas. Ularning aksariyati o’zi kelajakda kim bo’lishini tasavvur ham qila olmaydi va kelajak rejasini ham tuzmaydi. Ilk o’spirinlarning ko’pchiligi o’rta maktabni tugatgandan so’ng, oliy o’quv yurtida ham o’qish to’g’risida gapiradilar, bu haqda orzu qiladilar. Lekin unga kira olmagan, ya`ni o’zining asosiy maqsadiga erisha olmagan Yoshlar tushkunlikka tushadilar. Butun orzu-umidlarim barbod bo’ldi, deb o’ylaydilar, ba`zilari kelgusi yilda o’qishga kirishga umid bog’laydilar. Kasb-hunarga har xil munosabatlar hosil bo’lishining asosiy sababi maktabda o’qish davrida kasb tanlash bo’yicha turli xil niyatlar paydo bo’lishidir. V. A. Qrutetskiy o’spirinlarda uchraydigan motivlardan quyidagilarni alohida ifodalaydi: a) biror o’quv faniga qiziqish; b) vatanga foyda keltirish istagi (o’ziga xos psixologik xususiyat va qobiliyatni hisobga olmagan holda); v)shaxsiy qobiliyatini ro’kach qilish; g) oilaviy an`analarga rioya etish (vorislik); d) do’stlari va o’rtoqlariga ergashish; e) ish joyi YOki o’quv yurtining uyiga yaqinligi; YO) moddiy ta`minlanish; j) o’quv yurti ko’rinishining chiroyliligi YOki unga joylashish osonligi. SHuningdek, boshqa turdagi motivlar, masalan, shaxsning biror kasbga, fanga moyilligi, maqsadi, unga intilishi, kasb to’g’risidagi ma`lumoti, o’zining sihat-salomatligi, asab sistemasining va temperamentining xususiyati va hokazolar ham bo’lishi mumkin. O’spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasavvur bo’lmasligi sababli, ular ko’proq xatoga YO’l qo’yadilar. Tanlangan YOki tanlanishi zarur bo’lgan kasb qanday shaxsiy fazilatlarni talab qilishini tushunib etmaydilar. O’z qobilyatlarini oqilona baholay olmasliklari tufayli u YOki bu kasbni egallash uchun qanchalik tez va aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari mumkinligini bilmaydilar. Biroq hozir mazkur ko’ngilsiz holatlarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi pedagogik-psixologik omillarga alohida e`tibor berish maqsadga muvofiqdir: 1) kasblarni o’rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tavsirlash va lo’nda qilib ifodalash; 2) o’qituvchining kasblar bo’yicha tashviqot ishlari olib borishi, o’quvchilarga kasblar yuzasidan maslahatlar berishi o’spirin va uning ota-onasi bilan birga kasbga YO’naltirish tadbirlarini ko’rib chiqishi 3) o’spirinlarni kasbning asosiy turlari bilan tanishtirish; 4) mehnat ta`limi darslarida yuqori sinf o’quvchilarini kasbga tayYOrlash va qiziqish uyg’otish; 5) psixodiagnostik va kasb tanlash usullarining amaliYOtga tatbiq qilishga moslashtirilgan turlarni ishlab chiqish; 6) joylarda zamon talabiga mos kasb tanlash xonalarini tashkil etish; 7) kasb tanlash targ’iboti yuzasidan o’spirinlarni ommaviy axborot vositalariga jalb qilish va psixologik jihatdan tayYOrlash. Tadqiqotchilar va amaliYOtchilar tomonidan kasbga YO’naltirishning usul va usuliyatlari ishlab chiqilgan. Kasblarni xususiyatlariga qarab tasniflash va ularni ma`lum tartibga solib ifodalab berishga erishilgan. Bu borada E. A. Klimovning sxemasi alohida ahamiyatga ega. U quyidagi kasb turlarini tavsiya qiladi: 1. Polizchi, chorvador, asalarichi, zootexnik, agronom, o’rmonchi — bionika mutaxassisligi «inson — tabiat». 2. CHilangar, tokar, montYOr, konstruktor, radio-texnik, muhandis — texnika mutaxassisligi «inson — texnika». 3. Ofitsiant, sotuvchi, hamshira, o’qituvchi, tarbiyachi, tashkilotchi—sotsionomika mutaxassisligi «inson — inson». 4. Bo’YOqchi, nusxa ko’chiruvchi, musiqachi, badiiy be-zovchi YOki pardozlovchi, bastakor, YOzuvchi, rassom — artonomika mutaxassisligi — «inson — badiiy obraz». Oddiyroq ifodalansa, kasblarni tabiatga xizmat qilishga, texnikaga xizmat qilishga, insonga xizmat qilishga va badiiy obrazlar ustida ishlashga doir kasblarga ajratish mumkin. Lekin mazkur kasblar tasnifida ularning ko’pchiligi ifodalanmagan. Ana shu guruhlarga o’nlab YOndosh kasb — hunarlarni kiritish mumkin. Kasb tanlashga YO’llash va kasblarni targ’ib qilish usullaridan biri — ko’rsatmali vositalar, ya`ni fotostendlardan, kitoblar ko’rgazmasidan, Yosh rassom va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining mahsulidan, naqqoshlik va texnika to’garagi ishlaridan foydalanishdir. Bundan tashqari muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish orqali ham ayrim kasblarga qiziqish uyg’otish mumkin. YUritilgan mulohazalardan ko’rinib turibdiki,; kasb-hunar to’g’risida axborotlar, maslahatlar berishning o’zi ongli ravishda kasb tanlash uchun etarli emas. SHunga ko’ra o’spirin o’quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirish, ularni mustaqil bilim olishga o’rgatish ularga o’zlarini muayyan faoliyatda sinab ko’rish imkoniyatini yaratadi. Lekin kasbga YO’naltirishning boshqa YO’l va vositalarini ham qidirish va qo’llash kerak. Mehnat psixologiyasining mutaxassislari kasbga YO’naltirishning boshqacha usullarini: barcha fanlarni o’qitishning politexnik jihatini chuqurlashtirishni; tabiiy-matematik fanlarda atrofdagi ishlab chiqarishdan ob`ekt sifatida foydalanishni; ijtimoiy turkumdagi fanlarni o’qitishda o’lkashunoslik materiallarini qo’llab o’quvchilarning kasbga qiziqishni oshirish, mehnatga ishtiYOq uyg’otishni: darslarda kasblar haqida axborotlar berib borishni; mehnat sohalari bilan o’quvchilarning mustaqil tanishishi uchun sharoit yaratishni tavsiya etmoqdalar. Qishloq maktablarida kasb tanlash bo’yicha qo’shimcha imkoniyatlar ham mavjud. CHunonchi YOzda yuqori sinf o’quvchilarini ishlab chiqarishga bemalol jalb etish mumkin. Bunda jismoniy mehnatga o’spirinlarni qiziqtirish, mehnat nashidasidan bahramand etish, ularda mamnuniyat hissini tarkib toptirish, ularda rejali mehnat qilish ko’nikmasini vujudga keltirish, javobgarlik va mas`uliyat hissini tarkib toptirish lozim. O’spirinlarni mehnatga tayYOrlanishga rag’batlantirishni malaka darajasini berish bilan yakunlash ma`qul. Ishlab chiqarish mavsumida o’quvchilar brigadalarini tuzishda ularning Yosh xususiyatlari, qiziqishlari va aqliy kamolotini hisobga olish zarur. Brigadalarda ishlash mehnat va kasbga psixologik tayYOrgarlik bosqichi bo’ladi. Uquvchilar o’zining qaysi kasb-hunarga yaroqliligi YOki yaroqsizligini amaliy ishlarda sinab ko’radilar va o’zlariga ishonch hosil qiladilar. Kasb tanlashda o’spirin yigit-qizlarda qator maqsadlar vujudga kelishi mumkin. Dastlabki maqsad bosh maqsad deb ataladi va u umumxalq mehnatiga o’z ulushini qo’sha olamanmi, qanday inson bo’lib etishaman, haYOt va faoliyat ideallarim nimalar bo’lishi dozim, degan fikrlardan iborat bo’ladn. YAqin va yaqqol maqsad — dastlabki faoliyat sohasi, mutaxassislikni qanday va qaerda egallash, o’qishny tugatgach, dastlabki mehnat faoliyat qaysi lavozimdan bosh* lanishi, mehnat mahoratini oshirish istiqbollari haqidagi mulohazalardan tashkil topadi. Psixologik nuqtai nazardan maqsadga erishishning tashqi va ichki shart-sharoitlari mavjud. Tashqi sharoitlarga maqsad YO’lidagi har xil qiyinchiliklar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar mazkur muassasa YOki tashkilotning imkoniyatlari, muayyan sub`ektga — Yosh kasb egasiga ko’rsatishi mumkin bo’lgan qarshiligi va hokazolar kiradi. Maqsadga erishishning ichki shart-sharoitlariga shaxsning imkoniyatlari, sihat-salomatligi, aqliy qobiliyati, tirishqoqligi, irodaviy sifatlari (chidamliligi, sabr-toqati, tanlagan kasbi bo’yicha ishlashi uchun zarur fazilatlari va hokazolar kiradi. Psixologiya fanida maqsadga erishish faoliyatining qo’shimcha, YOrdamchi turlari ham amalda uchrab turadi. Ular asosiy maqsad vositalari ish bermay qolganda qo’llanadi. O’spirinlar tajribasida shunday hollar ro’y beradiki, asosiy maqsadni amalga oshirishda, engish qiyin to’siqlarga duch kelinadi, ana shundagina YOrdamchi vositalardan foydalaniladi. Bunday holatni tasavvur etish uchun o’spirinlar tajribasidan quyidagi ko’chirmani keltiramiz: «Konkurs bo’yicha yaqin oradagi hunar-texnika bilim yurtiga kira olmayman, shuning uchun xuddi shu mutaxassislik bo’yicha boshqa bilim yurtiga kirish uchun harakat qilaman...» Kasb tanlovchi o’spirinning mulohazasidan ko’rinib turibdiki, u bir emas, balki bir nechta qo’shimcha maqsaddan foydalanishga intilyapti. SHunga o’xshash maqsadga erishishning qo’shimcha, YOrdamchi YO’l va vositalari uchrashi mumkin. Qo’yilgan maqsadni ro’YObga chiqarish uchun intilish kasb tanlash jaraYOnida o’spirinlar shaxsiyatida jur`atlilikni vujudga keltiradi. Bu fazilat o’spirin shaxsining ajoyib yutug’idir YUqori sinf o’quvchilarining prOfessiogramma bilan tanishishida asosiy maqsad quyidagi tarkibiy qismlarni, jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi: ya) asosan mehnat qurollari — kasb tanlovchining diqqati, shijoati, fikr-xaYOli xuddi shu qurollariga qaratilgan va YO’naltirilgan bo’lishi kerak; b) asosiy mehnat operatsiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini aniqlash va qaysi sohalarda ishlatish mumkinligini bilish; ishlab chiqarish jaraYOnidagi operatsiyalarning rolini to’g’ri tasavvur qila olish; operatsiyalarning yangi variantlarini qidirib topish uchun harakat qilish; v) asosiy qurollar va vositalar; qo’l asboblaridan — chilangar xirurg, g’ijjakchi, kamon chaluvchi kabi kasb egalari foydalanadi; g) mehnat sharoitlari: kasb tanlovchini qurshagan tabiiy muhit va sharoitlar, kishilar va hokazolar. YUqoridagi mulohazalarga asoslanib, o’spirinlarni o’z qiziqishlari, mayl, ehtiYOj, iqtidor, qobiliyat, ko’nikma va malakalarini hisobga olgan holda kasb tanlashga YO’naltirish jamiyatning rivoji uchun puxta zamin hozirlaydi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling