1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar: Akkomodatsiya
- Gistologiya
- Gerontologiya
Mavzu yuzasidan test savollari:
1. Yosh davrlari psixologiyasi fanida «Yoshlik davri» necha Yoshni o’z ichiga oladi? a) 1-6 Yosh; b) 7-11 Yosh; v) 12-15 Yosh; g) 15-18 Yosh; d) 23-28 Yosh. 2. Etuklik davrining birinchi bosqichi necha Yoshni o’z ichiga oladi? a) 15-18; b) 18-23; v) 23-28; g) 28-35; d) 36-60. 3. SHaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini qaysi fan o’rganadi? a) etika; b) psixologiya; v) falsafa; g) pedagogika; d) sotsiologiya. 4. Eshitish, ko’rish, periferik va kinestetik sezgirlikning o’zgarishi 20 Yoshdan boshlanadi –bu fikr kaysi psixofiziolog olimga tegishli? a)P.P.Lazarev; b)Z.Esareva; v)L.Kuleshova; g)YU.Kulyutkin; d)M.Aleksandrova. 5. Yoshlarning ijtimoiy faoliyatga kirishishini eng yuqori cho’qqisi 25 Yosh ekanini aniqlab, bu hol odamlarning 45,4 foizida bo’lishini ma`lum qilgan olim qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan? a) D.Raven; b) L.Kuleshova; v) V.SHevchuk; g) Pako; d) I.Kon. 9-Mavzu: PSIXOGERONTOLOGIYA — KEKSALIK PSIXOLOGIYASI Reja: 1.Psixogerontologiya xakida umumiy tushuncha. 2.Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi. 3.Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari. 4.Uzoq umr ko’ruvchilarning psixologik xususiyatlari. Tayanch tushunchalar: Akkomodatsiya - ko’z gavxari shaklining o’zgarishi natijasida ko’zning turli masofadagi predmetlarni me`YOriy idrok qilishga moslashuvi. Degenativ - zoti,nasli buzilgan,aynigan chala. Deterioratsiya — YOmonlashuv, buzilish, demakdir Dioptriya - (grekcha), optik o’lchov. Presbioniya - (grekcha), qarilikda ko’rishning zaiflashuvi. Gistologiya - organizm to’qimalari va tuzulishi xakidagi fan. 1. Psixogerontologiya haqida umumiy tushuncha. Psixogerontologiya psixologiya fanining tarkibiy qismi ekanini ilmiy jihatdan S. Xoll asoslagan bo’lsada, lekin bu YO’nalishning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida Mark Tulliy TSitseron («Qatta Katon YOki keksayish haqida» asarida), I. I. Mechnikov («Optimizm etyudlari» kitobida), O’rta OsiYO allomalari donolik, donishmandlik haqidagi durdonalarida falsafiy fikr va mulohazalarni bildirganlar. Amerikalik psixolog S. Xoll (1846—1924) «Keksayish» monografiyasida amaliy va metodologik ahamiyatga molik qator g’oyalarni ilgari surgan. O’sha asar keng ilm ahli ichiga tez YOyilishiga qaramay, uning izdoshlari birdaniga ko’paymadi. Yigirmanchi asrning 30-yillaridan boshlab keksalik davriga oid tibbiy — biologik tadqiqotlarning ko’payishi, shuningdek, inson kamolotiga shaxs sifatida YOndashishning paydo bo’lishi psixogerontologiyaning rivojlanishiga birmuncha ta`sir ko’rsatdi. Ana shu tariqa keksayishga tibbiy, ijtimoiy jihatdan YOndashish bilan bir qatorda psixologik jabhasi jihatdan YOndashish ham vujudga keldi va psixogerontologiyaning tadqiqot sohasi kengayib bordi, shu soha bo’yicha ingliz tilida maxsus jurnallar chiqa boshladi. Ilmiy izlanishlarning aksariyati keksayish davridagi odamlar shaxsining xususiyatlari, diqqati, xotirasi, tafakkuri, aql-zakovatiga bag’ishlangan bo’lib, boshqa psixik holatlar, jaraYOnlar juda kam tadqiq qilingan. Hozir keksayish psixologiyasi ham gerontologiyaga, ham Yosh psixologiyasi sohasiga taalluqli degan ikki xil ilmiy nazariya mavjud, vaholanki, ular o’zaro bog’liq bo’lib, bir-birini doimo ilmiy axborot va ma`lumotlar bilan boyitib turadi. Psixogerontologiya fanida gerontologiya, involyutsiya, geriatriya, gerogigiena, geteroxronlik kabi ilmiy tushunchalar mavjud: Gerontologiya — grekcha so’z bo’lib — keksayishning, keksalikning kelib chiqishi demakdir. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling