1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Deavtomat
- Birinchidan
Tayanch tushunchalar:
Variatsiya - juz`iy o’zgarish;shunday o’zgarish natijasida yuzaga kelgan yangi ko’rinish. Ratsional - oqilona. Ustanovka - shaxsni muayyan faoliyatga undovchi tayYOrgarlik shakli. Kombinatsiya – bir turdagi bir necha narsaning o’zaro uygun birikmasi. Komponent - tarkibiy qism. Regressiv - malum bir faoliyat soxasida xosil qilingan malakalarning biror sababga ko’ra,ko’p vaqt amalda ishlatilmaganligi natijasida asta-sekin so’nishidan iborat qonun. Deavtomat – muayyan faoliyat soxasida xosil qilingan malakalarning,biror sababga ko’ra uzoq vaqt qo’llanil masligi natijasida avvalgiga nisbatan qiyinchilik bilan bajarilishi. Optimal - qizgin, qulay,samarador,maxsuldor. 1. O’qishning mohiyati va uning qonuniyatlari Maktabning ta`lim berishdan iborat asosiy vazifasi nima? Maktabning ta`lim berishdan iborat asosiy vazifasi — o’quvchilarning fan asoslarini aktiv, ongli, mustahkam va sistemali ravishda egallashini ta`minlashdir. Bunday o’zlashtirish natijasida bilimlar ma`lum bir sistemani hosil qilishi, amalda tatbiq etilishi mumkin. Haqiqiy o’zlashtirish — hamisha aktiv jaraYOn bo’lib, bilishga oid xilma-xil vazifalarni hal qilish bilan bog’langandir. O’zlashtirish, keng ma`noda olganda, o’quvchining uyushgan bilish faoliyatidir, bu faoliyat idrok, xotira, tafakkur, xaYOl kabi qator bilish jaraYOnlarini o’z ichiga oladi. Ijodiy o’zlashtirish sifatida o’qish, bilim egallash uch faktorga — nimani o’qitishga, kim va qanday o’qitishga, kimni o’qitishga bog’liqdir. Birinchidan, o’qishning xarakteri o’zlashtirilaYOtgan materialga, uning mazmuniga va qanday sistemada etkazib berilaYOtganligiga bog’liqdir. Ikkinchidan, u o’qituvchining metodik mahoratiga va tajribasiga, uning shaxsiy xususiyatlariga, har bir ayrim holda qo’llaniladigan konkret o’qitish metodikasiga bog’liqdir. Nihoyat, o’qish jaraYOni o’quvchining o’ziga xos xususiyatlariga ham — uning psixik rivojlanishining (aqliy, emotsional, irodaviy jixatdan) individual xarakteristikasiga, unda o’qishga nisbatan qaror topgan munosabatlariga, uning qiziqish havaslariga bog’liqdir. Psixolog N. D. Levitov o’zlashtirshning psixologik komponentlari degan tushunchani kiritadi, u ana shu komponentlar deganda o’quvchi psixikasining bir-biri bilan o’zaro bog’langan ko’p qirrali tomonlarini tushunadi. Uning fikricha, ana shu komponentlarni aktivlashtirmasdan va tegishli tarzda YO’naltirmasdan turib ta`limda maqsadga erishib bo’lmaydi. Bunday komponentlarga quyidagilar kiradi: 1) o’quvchilarning o’qishga ijobiy munosabatda bo’lishi; 2) material bilan bevosita hissiy tanishish jaraYOnlari; 3) olingan materialni aktiv ravishda qayta ishlash jaraYOni bo’lgan fikrlash jaraYOni; 4) qabul qilingan hamda ishlab chiqilgan axborotni esda olib qolish va esda saqlash protsessi. Bu komponentlarning mazmunini qisqacha qarab chiqamiz va ta`lim protsessida ularning rivojlanishini xarakterlab beramiz. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling