1. O’qishga munosabat. O’qishga ijobiy munosabatda bo’lish o’quv materialini to’la-to’kis o’zlashtirishning mutlaqo zarur shartidir. Psixologlarning o’tkazgan tadqiqotlari bunday munosabatni tarkib toptirishga quyidagi omillar YOrdam berishini ko’rsatdi:
1)o’quv materialining g’oyaviy-ilmiy jihatdan mazmunli bo’lishi;
2)baYOn qilishning muammoli va emotsional xarakterda bo’lishi; 3)o’quvchilarning bilishiga oid izlanish faoliyatini uyushtirish (bu omil ularga mustaqil kashfiYOtlar quvonchini his etish imkonini beradi);
4)o’quvchilarning o’quv ishlarini ratsional usullari bilan qurollantirish. O’quvchining o’qishga munosabati uning o’qishga diqqat qilishida, qiziqishida, qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun iroda kuchini sarflashga tayYOr ekanligida ifodalanadi.
O’quvchilarning diqqati — o’quv ishlari muvaffaqiyatli borishining zarur shartidir. Ta`lim protsessida diqqat takomillashadi, ancha ixtiYOriy, ya`ni uyushgan, tartibga tushgan, boshqariladigan bo’lib qoladi.
Diqqatsizlikning oddiy sabablari — fanga nisbatan qiziqishning YO’qligi, materialni baYOn qilishning quruq va noaniqligi, o’quvchilarning charchaganligidir. O’quvchilar diqqatini qo’zg’otishning asosiy vositalari — xilma-xil usullarni qo’llagan holda mashg’ulotlarni dinamik tarzda olib borish, o’quvchilar aktivligini oshirish, baYOn qilishning jonliligi, o’quvchilarning bir faoliyat turidan ikkinchisiga o’tishi,diqqatni chalg’ituvchi qo’zg’ovchilarga barham berishdan iboratdir. Albatta, diqqatni faqat uni chalg’ituvchi qo’zg’ovchilarga barham berish YO’li bilangina emas, balki ularga qarshi tura bilish qobiliyatini tarkib toptirish, ularning chalg’ituvchi ta`siriga qarshi kurashish (sinfdagi ishga doir engil shovshuv, koridor YOki ko’chadagi shovqin, yangi predmetlar, eksponatlar va hokazolar dars mashg’ulotlariga xalaqit ber masligi lozim) YO’li bilan ham tarbiyalamoq kerak, aks holda noziklashgan, injik diqqat — mutlaqo qulay sharoitlardagina ishlash odati vujudga keladi.
Diqqatning xarakteriga o’quv ishlarining sur`ati juda ta`sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |