1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
Yirik fiziolog olim, ijtimoiy akseleratsiya nazariyasining asoschilaridan biri qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-Mavzu: ILK O’SPIRINLIK YOSHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Reja
- Tayan tushunchalar: Professiogramma
5. Yirik fiziolog olim, ijtimoiy akseleratsiya nazariyasining asoschilaridan biri qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) N.Lukin; b) Z.Freyd; v) R.Kulen; g) J.Piaje; d) A.Markosyan. Foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiYOtlar: 1. Karimov I. A. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiYOtining poydevori. T. 1997 y. 2. «Ta`lim to’g’risida»gi qonun T. 1992 y. 3. E. G’oziev. Psixologiya. T. 1992 y. 4. E. G’oziev. Oliy maktab psixologiyasi. T. 1996 y. 5. V. Karimova. Psixologiya. Ma`ruzalar matni. T. 2000 y. 6. E.A.Rogov.Nastolnaya kniga prakticheskogo psixologa.M.1999g 7. E. G’oziev. Psixologiya. T. 2002 y. 8. I.Kon. Psixologiya ranney yunosti. M. 1994 y. 9. Q. Turg’unov. Psixologiya terminlarining ruscha-o’zbekcha lug’ati.T. 10. V. Karimova. Psixologiya. T. 2002 y. 7-Mavzu: ILK O’SPIRINLIK YOSHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Reja: 1.Ilk o’spirinlik Yoshida shaxsning shakllanishi. 2.Ilk o’spirinlar aql – idrokining xususiyatlari. 3.Ilk o’spirin va kasb tanlash. 4.Ilk o’spirinlarning turmush xaqidagi tasavvurlari. Tayan tushunchalar: Professiogramma - muayyan kasbdagi faoliyat uchun zarur bo’lgan psixologik funktsiyalar ro’yxati. Adaptatsiya - sezgi organlarining tasirot kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning o’zgarishi. Egoizm - o’z shaxsiy manfaatlarini yuqori qo’yishga kuchli intilishda ifodalanadigan salbiy xarakter xislati. Ilk o’spirinlik Yoshi davriga 15-18 Yoshlardagi (IX—XI sinf o’quvchilari) kiradilar. Bu davrda o’quvchi jismonan baquvvat, o’qishni tugatgach, mustaqil mehnat qila oladigan, oliy maktabda o’zini sinab ko’radigan imkoniyatga ega bo’ladi, ma`naviy jihatdan etuklikka erishadi. O’spirin 16 Yoshida mamlakat fuqarosi va 18 Yoshida esa saylash hamda saylanish huquqiga ega bo’ladi. Bularning barchasi o’spiringa fuqaro sifatida ijtimoiy jihatdan voyaga etishi, haYOtda o’z o’rnini topishi, o’z taqdirini o’zi hal qilishi va etuk shaxs sifatida ma`naviy o’sishi uchun jamiki shart-sharoitlarni yaratadi. Ilk o’spirinniig shaxsi ijtimoiy haYOtda, maktab jamoasida, tengqurlari bilan munosabatlarda egallagan mutlaqo yangicha mavqei ta`sirida, o’qish va turmush sharoitidagi o’zgarishlar ta`sirida tarkib topa boshlaydi. Mazkur davrning yana bir xususiyati — mehnat bilan ta`lim faoliyatining bir xil ahamiyat kasb etishidan iboratdir. Mavjud shart-sharoitlar ta`siri ostida o’spirinning aqliy va axloqiy jihatdan o’sishida o’ziga xos o’zgarishlar, yangi xislat va fazilatlar namoYOn bo’ladi. YUqori sinf o’quvchilari ijtimoiy haYOtdagi dolzarb vazifalarni hal qilishda faol ishtirok eta boshlaydilar. Ijtimoiy haYOtda faol qatnashish, ta`lim xarakterining o’zgarishi yigit va qizlarda ilmiy dunYOqarash, barqaror e`tiqodning shakllanishiga, yuksak insoniy his-tuyg’uning vujudga kelishiga, bilimni o’zlashtirishga ijodiy YOndashishni kuchayishiga olib keladi. HaYOtda o’z o’rnini topishga intilish kasb-hunar egallash, ixtisoslikni tanlash, istiqbol rejasini tuzish, kelajakka jiddiy munosabatda bo’lishni keltirib chiqaradi. Biroq bu davr kuch-g’ayrat, shijoat, qahramonlik ko’rsatishga urinish, jamoat, jamiyat va tabiat hodisalariga romantik munosabatda bo’lish bilan boshqa Yosh davrlaridan keskin farqlanadi. Ayniqsa, turmush va o’qish faoliyatlarining yangicha shart-sharoitlari sinf jamoasidagi o’zgacha vaziyat, o’spirinlarning maktabda egallagan yuqori mavqei, jamoatchilik ishlarida tajriba orttirishlari ular oldiga yuksak talab hamda mas`uliyatli vazifalar qo’yadi. Bu davrda yuqori sinf o’quvchilari maktab muhitida tashkilotchilik, rahbarlik, tarbiyachilik, tashviqotchilik vazifalarini o’tay boshlaydilar. Ilk o’spirinning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, maktab jamoasi, ta`lim jaraYOni qo’yadigan talabalar darajasining oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o’rtasidagi ziddiyatdan iboratdir. Turli qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar o’spirinning ahloqiy, aqliy, nafosat jihatdan tez o’sishi orqali bartaraf qilinadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling