1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
II. Olti Yoshli bolalarni psixologik-pedagogik ko’rik komissiyalarining asosiy maqsad va vazifalari
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Olti Yoshli bolalarni psixologik-pedagogik ko’rik komissiyasining ish tartibi va mazmuni
II. Olti Yoshli bolalarni psixologik-pedagogik ko’rik komissiyalarining asosiy maqsad va vazifalari
1. Tibbiy ko’rik xulosalariga muvofiq aqliy va jismoniy jihatdan sog’lom bo’lgan olti Yoshli bolalarning tayYOrlik darajasi, ularning maktabda o’qishga psixologik tayYOrligi, aqliy imkoniyatlarining ta`lim talablariga mosligi, ilk o’quv ko’nikmalarining shakllanganligi, bilish jaraYOnlarining rivojlanganligi, yangi ijtimoiy muhitga moslashuvi, jamoaviy hamkorlik ko’nikmalarining shakllanganligi hamda ma`naviy-axloqiy jihatlarini o’rganish. 2. O’tgan yilning 1 sentyabridan joriy yilning 1 oktyabrigacha bo’lgan davrda olti Yoshga to’ladigan, jismoniy va ruhiy jihatdan sog’lom deb topilgan bolalarga psixologik-pedagogik ko’rik natijalari asosida umumta`lim maktablarining 1-sinfida o’qishga tavsiya berish. 3. Tashxis natijalari asosida maktabda o’qishga tayYOr emas deb topilgan olti Yoshli bolalarning ota-onalariga ularni maktabga tayYOrlash masalasida maslahat va tavsiyalar berish. III. Olti Yoshli bolalarni psixologik-pedagogik ko’rik komissiyasining ish tartibi va mazmuni 1. Olti Yoshli bolalarni psixologik-pedagogik ko’rik komissiyasi maktab mikrouchastkasidagi jismoniy va ruhiy jihatdan sog’lom olti Yoshli bolalar orasidan umumta`lim maktablarining birinchi sinfida o’qishga tayYOrlarini saralab olish maqsadida, ularni psixologik-pedagogik ko’rikdan o’tkazadi. Ko’rik natijalari asosida ota-onalarga farzandini 1-sinfga o’qishga berish YOki ularni maktabga tayYOrlash bo’yicha tavsiyalar beradi. 2. Psixologik-pedagogik ko’rik komissiyasi har yil tuman, shahar tashxis Markazi bilan kelishilgan holda tuzilgan qat`iy jadval asosida quyidagi tartibda faoliyat ko’rsatadi: -1 maydan 1 iyungacha - har kuni; -1 iyundan 1 iyulgacha - xaftada 1 kun; -1 avgustdan 25 avgustgacha - har kuni. Psixologik-pedagogik ko’rik kunning birinchi yarmida o’tkaziladi hamda har bir bolani ko’rikdan o’tkazishga belgilangan standart asosida 30-35 daqiqa vaqt ajratiladi. 3. Ota-onalar psixologik-pedagogik ko’rik komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: - ariza; - yashash joyidan ma`lumotnoma; - tug’ilganligi haqida guvohnomaning asl nusxasi; - bolaning tibbiy varaqasi; -maktabgacha ta`lim muassasasi psixologiningtavsiyanomasi (bola bog’chadan kelgan bo’lsa). 4. Ko’rik komissiyasi olti Yoshli bolalarning maktabga tayYOrlik darajasini faqat Respublika tashxis Markazi ilmiy Kengashi tomonidan amaliYOtga tavsiya etilgan maxsus psixologik metodikalar asosida o’rganadi. 5. Psixologik-pedagogik ko’rik komissiyasi a`zolari o’z faoliyatida psixologik-pedagogik tashxis metodikalarini qo’llash, ota-onalar va bolalar bilan ishlash jaraYOnida kuzatilgan ijobiy YOki salbiy holatlar, kamchiliklar, taklif va mulohazalar haqida komissiya raisiga Yozma axborot beradilar. 6. Psixologik-pedagogik ko’rik xulosasi va tavsiyalar har bir ota-onaga individual tartibda bolasi bilan o’tkazilgan ko’rik so’ngida ma`lum qilinadi. Ko’rik xulosasidan norozi bo’lgan ota-onalar komissiya faoliyatiga taalluqli shikoyat va takliflari bilan komissiya raisi YOki tuman, shahar tashxis Markaziga Yozma tarzda murojaat qiladilar. 7. Olti Yoshli bolalarni psixologik-pedagogik ko’rik komissiyasining yakuniy hisoboti maktab pedagogik kengashida ko’rib chiqiladi va tuman, shahar tashxis Markaziga taqdim etiladi. 8. Maktab rahbariyati ko’rik komissiyasiga o’z faoliyati doirasidagi ishlarni bajarish uchun zaruriy sharoitlar yaratib beradi, qog’oz, YOzuv qurollari bilan ta`minlaydi. 9. Tuman, shahar tashxis Markazi olti Yoshli bolalarni psixologik-pedagogik ko’rik komissiyalari faoliyatiga doir barcha shikoyat va takliflarni maxsus jurnalda qayd etadi, ularni ko’rib chiqadi, joiz bo’lganda bolani qayta psixologik-pedagogik ko’rikdan o’tkazadi hamda o’z xulosalarini beradi. 10. Psixologik-pedagogik ko’rik komissiyasi har 10 kunda tuman, shahar tashxis Markaziga ishning borishi to’g’risida hisobot taqdim etadi. Tashxis Markazi barcha umumiy o’rta ta`lim maktablari olti Yoshli bolalarni psixologik-pedagogik ko’rik komissiyalarining faoliyati bo’yicha hisobotlarni umumlashtiradi, tuman, shahar bo’yicha tahliliy ma`lumotlarni tayYOrlaydi va xalq ta`limi bo’limi kengashiga muhokama uchun kiritadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling