1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari
Yosh davrlari psixologiyasi fanining
Download 0.53 Mb.
|
Yosh davrlari Majmua
2. Yosh davrlari psixologiyasi fanining printsiplari va ilmiy tadqiqot metodlari
Yosh davrlari psixologiyasi qanday tamoyillarga asoslanadi? Mazkur fan sohasi o’zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy printsiplari va qoidalariga tayangan holda belgilaydi. Yosh davri psixologiyasi quyidagi printsip(tamoyillaga)larga rioya qiladi. 1. Dialektik materializm ta`limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va YOki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunYOning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta`sir etishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, xaYOl kabi bilish jaraYOnlarida, shuningdek, shaxsning xususiyatlari va holatlarida, diqqatida, his-tuyg’usi va xarakter xislatlarida, qiziqishi va ehtiYOjlarida o’z ifodasini topadi. 2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati YOtadi. Tashqi dunYOdan kirib keladigan qo’zg’atuvchilarga ichki YOki tashqi biologik organlar javob reaktsiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog’lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta`sirning natijasida hosil bo’ladi. Bosh miya po’stlog’ida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog’lanishlari I. P. Pavlovning nerv jaraYOnlarining irradiatsiyasi, kontsentratsiyasi hamda o’zaro induktsiyasi qonunlari zamirida ro’y beradi. Bu qonunlar turli YO’sindagi muvaqqat bog’lanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz beraYOtganini, qanday shart-sharoitda tormozlanishini (ko’zg’alishini), muvaqqat bog’lanishlarning YO’qolaYOtgani YOki paydo bo’laYOtganini tushuntirish imkonini beradi. Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funktsiyasi muvaqqat nerv bog’lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta`sirida hosil bo’ladi. YUqoridagi ta`limotga ko’ra har ikkala mexanizm hayvonlarning tashqi olamga munosabatini aks ettiradi. SHuning uchun psixik faoliyat voqelikni aks ettirishdan, oliy nerv faoliyatining tashqi olamini timsollar sifatida ifodalashidan iboratdir. 3. Psixikani tadqiq etish insonning butun (ontogenezidagi) ongli faoliyatini — uning ham nazariy, ham amaliy haYOt faoliyatini o’rganishdir. Odam zotining ongliligi uning turli-tuman faoliyatida (o’yin, mexnat, o’qishda), xatti-harakatlarida namoYOn bo’ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo’lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilar, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi. Inson o’zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siYOsiy muhit ta`siri ostida bilimlarini o’zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan o’zgaradi. Ontogenezda uning his-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiYOjlari, e`tiqodlari, uni faollikka da`vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilaklari, xohishlari, pozitsiyasi ham asta-sekin o’zgarib boradi. Insonning bilish faoliyati (jaraYOnlari) rivojlanishi unga o’zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurrok, to’g’rirog’i, to’laroq va aniqroq aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli YO’sindagi o’zaro bog’lanishlari, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq YOritadi. SHu bilan birga mazkur jaraYOnlarda shakllanib kelaYOtgan insonning borliqda, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o’ziga munosabati vujudga keladi. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoYOn bo’ladi. Tarixiy materializm ta`limoticha, insonning moddiy turmushi, u haYOt kechiraYOtgan tuzumning moddiy asosigina emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiYOfalari, e`tikodlari, dunYOqarashlari, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir. Insonning borliqni (voqelikni) aks ettirishi faol jaraYOndir. Ma`lumki, insoi zotining rivojlanishi ob`ektiv borliqqa (voqelikka) va o’ziga faol ta`sir ko’rsatishida sodir bo’ladi. Bolaning katta Yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan, o’yini, kuzatishi, mehnati, o’qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi hamda qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidornning takomillashishi va boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi. 7. Bolaning nutqni egallashi uning bilish jaraYOnlarini (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur va xaYOlini) hamda amaliy faoliyatini (o’qish, o’yin va mehnatini) keskin o’zgartiradi. Bu o’zgarishlar ayniqsa ilk bolalik davrida yaqqol namoYOn bo’ladi. Nutqning vujudga kelishi bola shaxsining rivojini tezlashtiradi, shaxslararo muloqotni yuqori darajaga ko’taradi. 8. Rivojlanish inson shaxsining tarkib topishi jaraYOnidir. Rivojlanish o’zaro uzviy borliq qator bosqichlarda amalga oshadi. Bola aql-zakovatining ko’rsatkichi, sifati, xarakteri uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy faoliyatida vujudga keladi, o’zaro ta`sir (savol-javob) natijasida unda aqlning ijodiy mahsuldorligi, teranligi, tezligi orta boradi. Hozirgi davrda insonning rivojini yanada jadallashtiruvchi vositalar mavjud va uning aqliy o’sish darajasini test (sinov)lar bilan aniqlash mumkin, Yosh davri psixologiyasi predmeti ta`lim rivojlanishni uz ketidan ergashtirib boradi, degan qoidaga amal qiladi. YUqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan va insonning ontogenezida psixik rivojlanishini mukammal, to’la bo’lmasada, ochib berish imkoniyatiga ega bo’lgan umumiy nazariy qoidalar, ya`ni printsiplar mavjud. Ana shu printsiplar asosida turli Yosh va jinsdagi odamlarda olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarida metodologik va metodik xatolarga kamroq YO’l qo’yiladi. SHunday ishlarda inson tug’ilganidan umrining oxirigacha qanday o’zgarib borishi to’g’risida ma`lumot to’plash mumkin. Umuman psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli tasnifi mavjud. SHular to’g’risida umumiy psixologiya kursida keng ma`lumotlar berilgan. Yosh davri va differentsial psixologiya fani ham psixologiyaning boshqa sohalari singari o’ziga xos ilmiy-tadqikot metodlariga ega. Quyida atoqli psixolog B. G. Ananev tavsiya qilgan klassifikatsiyaga asoslanib, mazkur metodlarning xususiyatlarini YOritishga harakat qilingan. B. G. Ananev psixikani o’rganish metodlarini to’rt guruhga ajratib, ularni tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash YOki statistik, natijalarni sharhlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o’zining maqsad va vazifasi bo’yicha yana bir nechta toifa hamda turlarga bo’linadi. Quyida mazkur metodlarning umumiy va o’ziga xos xususiyatlari hamda qiYOsiy tavsifi berildi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling