1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari


Download 0.53 Mb.
bet8/118
Sana31.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1310931
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118
Bog'liq
Yosh davrlari Majmua

Sotsiometrik metod. Bu metod kichik guruh a`zolari o’rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini o’lchashda qo’llanadi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod YOrdamida muayyan guruhdagi xar bir a`zoning o’zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so’raladi. Olingan ma`lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlar to’g’risida tasavvur xosil qiladi. Bu ma`lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko’rinishini aks ettiradi xolos. SHuning uchun xozir YA. L. Kolominskiy va I. P. Volkov tomonidan sotsiometriyaning Yosh davri psixologiyasiga moslab o’zgartirilgan turlari ishlab chiqilgan. Bular shaxslarning bir-birini tanlashi motivlarini keng ifodalash imkonini beradi. Ayniqsa sotsiometriyaning YA. L. Kolominskiy ishlab chiqqan o’zgartirilgan turli bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar hakda to’larok, axborot beradi.
Odatda o’quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen saYOhatga kim bilan birga borishni xohlaysan?» «Imtihonga kim bilan birga tayYOrlanishni istaysan?», «Kim bilan qo’shni bo’lib yashashni YOqtirasan?» Har bir savol sotsiometrik mezon (o’lchov) vazifasini bajaradi va turmush voqeligidan olingan. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng ma`qul» deb tanlashi lozim. Unga, «avval, hammadan ko’ra ko’proq kim bilan birga bo’lishni xohlasang, o’shaning familiyasini YOz», «agar sen istagan shaxs to’g’ri kelmasa, yana kim bilan birga bo’lishni istasang, shuning familiyasini YOz, «aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini YOz» deb uqtirish lozim.
Guruhiy tabaqalanishni ko’rsatish uchun sotsiogramma to’rtta «maydon»ga ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o’g’il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to’g’ri keladi. Guruh a`zolarining o’zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan bog’langanida o’z ifodasini topadi. Eng ko’p munosabatga ega bo’lgan sinaluvchi doiraning markazidan o’rin oladi. U guruh a`zolarining eng YOqimtoyi hisoblanadi. SHaxslar bi­lan a`loqa o’rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi «maydon»larga o’rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. Tekshirishda, birinchidan, shaxslararo munosabatning darajasi va ko’lami aniqlanadi, ikkinchidan, qizlar bilan o’g’il bolalar o’rtasidagi ko’rsatkichlar taqqoslanadi. Ko’rsatkichlarga qarab guruhdagi munosabatlar YOki qizlar bilan o’g’il bolalar o’rtasidagi munosabatlar va ularning o’ziga xosligi, psixologik mexanizmlari haqida xulosa chiqariladi. SHu bilan birga nazariy ahamiyatga molik g’oyalar olg’a suriladi, amaliy ko’rsatmalar beriladi, tavsiyalar bildiriladi.
Yosh davri psixologiyasida tadqiqotning sotsiometrik metodi sharoitga muvofiqlashtirilgan kichik guruhlardagi shaxslararo munosabatni o’lchash usuli hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga bevosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob qaytarish orqali guruh a`zolarining o’zaro tanlash jaraYOni vujudga keltiriladi. Maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab sinflari, o’quvchilar , mehnat lagerlari, oliy maktablar, mehnat jamoalari va turli muassasalarning xodimlari o’rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari, dinamikasi, shaxslararo ziddiyatlarning sababi shu metod YOrdamida o’rganiladi. Turli ehtiYOj, motiv, qiziqish, intilish, harakat va hokazolar muayyan tartib va qoidaga binoan sistemalashtiriladi, ularning ijtimoiy-psixologik hamda sof psixo­logik ildizlari to’g’risida ma`lumotlar olinadi. SHu bilan birga guruhlardagi shaxslarning yaqqol, aniq nuqtai nazari, guruhbozlik, og’machilik, qarama-g’arshilik, his-tuyg’uning zo’riqishi, guruhiy jipslik, moslik, munosabatning motivlari, qurilishi, jinslar o’rtasidagi muloqotlarning zamini hamda sehri mana shu kalit bilan ochiladi.
Umuman aytganda, sotsiometriya metodidan turli Yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi psixologik qonuniyatlarni tadqiq etishda unumli foydalanish mumkin.


Mavzu yuzasidan test savollari:



1. Inson ruhiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash,shu sohadagi ma`lumotlarni to’plash va ilmiy tadqiq etishni psixologiyaning qaysi sohasi o’rganadi?
a) ijtimoiy psixologiya; b) umumiy psixologiya; v) Yosh psixologiyasi; g) meditsina psixologiyasi; d) pedagogik psixologiya.
2. Yosh davrlari psixologiyasi fanining to’liq ta`rifi qaysi bandda to’g’ri berilgan?
a) inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlari to’g’risidagi fandir.
b) o’smirlar va o’spirinlarning ruhiy rivojlanishini o’rganadigan fan.
v) maktabgacha Yoshdagi bolalarni psixo-fiziologik xususiyatlarini va rivojlanishini o’rganadigan fan.
g) kichik maktab Yoshi va keksalarning rivojlanish xususiyatlarini
o’rganadigan fan;
d) b va v to’g’ri.
3. Yosh davrlari psixologiyasini asosiy vazifasi qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) bolalar psixologiyasining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish;
b) inson psixikasini rivojlanish jaraYOnini o’rganish;
v) insonlarning aqliy va jismoniy imkoniyatlarini qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
g) shaxsning kamol topish qonuniyatlari va turli Yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolat va shart-sharoitlarning o’zaro ta`siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir;
d) oilaviy munosabatlarni yaxshilash, Yoshlarni turmushga tayYOrlash va bolalar tarbiyasini yaxshilash.
4. Yosh davrlari psixologiyasi fani nechta printsipga rioya qiladi?
a) 5 ta, b) 15 ta, v) 3 ta, g) 4 ta, d) 8 ta.
5. Yosh davrlari psixologiyasi fanida psixikani o’rganish metodlarini 4 guruxga ajratib o’rgangan rus psixologi kim?
a) A.Lazurskiy; b) B.G.Anan`ev; v) A.Bine; g) A.Simon; d) D.Raven.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling