1-mavzu: yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti vazifalari va tadqiqot usullari


Download 403.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana09.11.2023
Hajmi403.43 Kb.
#1759669
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 mavzu

D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, har qaysi 
rivojlanish pallasida faoliyatning biror ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi 
faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning negizini tashkil qiladi.
D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi: 
1) go‘daklik davri − tug‘ilgandan 1 yoshgacha: asosiy faoliyat − bevosita emotsional 
muloqot; 


2) ilk bolalik davri − 1 yoshdan 3 yoshgacha: asosiy faoliyat − jism bilan nozik harakatlar 
qilish; 
3) maktabgacha davr − 3 yoshdan 7 yoshgacha: asosiy faoliyat − rolli o‘yinlar; 
4) kichik maktab yoshi davri − 7 yoshdan 10 yoshgacha: asosiy faoliyat − o‘qish; 
5) kichik o‘smirlik davri − 10 yoshdan 15 yoshgacha: asosiy faoliyat − shaxsning intim 
muloqoti; 
6) katta o‘smirlik yoki ilk o‘spirinlik davri − 16 yoshdan 17 yoshgacha: asosiy faoliyat − 
o‘qish, kasb tanlash. 
D.B.Elkonin tasnifini, ko‘pchilik psixologlar ma’qullashiga qaramay, unda ayrim 
munozarali jihatlar ham bor. Umuman esa D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, 
ayniqsa ontogenez psixologiyasida muhim o‘rin tutadi. 
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A.A.Lyublinskaya inson kamolotini 
yosh davrlariga ajratishda pedagogik psixologiya, faoliyat nuqtai nazaridan unga yondashib
quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi: 
1. Chaqaloqlik davri − tug‘ilganidan bir oylikkacha. 
2. Kichik maktabgacha davr − 1 oylikdan 1 yoshgacha. 
3. Maktabgacha tarbiyadan oldingi davr − 1 yoshdan 3 yoshgacha. 
4. Maktabgacha tarbiya davri − 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
5. Kichik maktab yoshi davri −7 yoshdan 11 (12) yoshgacha. 
6. O‘rta maktab yoshi davri (o‘smirlik) − 13 yoshdan 15 yoshgacha. 
7. Katta maktab yoshi davri − 15 yoshdan 18 yoshgacha.

Download 403.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling