1-mavzu: yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti vazifalari va tadqiqot usullari


Download 403.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana09.11.2023
Hajmi403.43 Kb.
#1759669
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 mavzu

J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funksiyalari (vazifalari) hamda uning davrlari 
haqidagi ta’limotni o‘z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy funksiyalari (vazifalari) uyushqoqlik va 
moslashish, ko‘nikishdan iborat bo‘lib, aql-idrokning funksional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif intellektni (aqlni) quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi:
1) sensomotor (hissiy­harakat) intellekti (tug‘ilishdai 2 yoshgacha);
2) operatsiyalardan (fikriy harakatlardan) ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan 7 
yoshgacha); 
3) yaqqol xatti­harakat davri (7−8 yoshdan 11−12 yoshgacha); 
4) rasmiy sa’y­harakatlar davri. 
J.Piajening g‘oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik 
nazariyachilarga qo‘shish mumkin. Bu yo‘nalishning namoyandalari L.Kolberg, D.Bromley, 
Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalardan iboratdir 
Xozirgi zamon psnxologiyasida psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari 
muammosi.(S.L.Rubeynshteyn, Leontev, L.S.Vigotskiy D. Elkonin va boshqalar). 
Rus 
psixologiyasidagi 
ontogenezni 
davrlarga 
tabaqalash 
muammosi 
dastlab 
L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananev singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini topa 
boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug‘ullanuvchilar safi kengayib bordi, shu boisdan 


tabaqalanish kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan 
o‘zaro keskin farqlanadi. Hozir ontogenezni davrlarga tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda 
olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning moxiyatini ochish 
maqsadga muvofiqdir. 
L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil 
qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib quyidagi 
bosqichlarga ajratadi:
1. Chaqaloqlik davri inqirozi. 
2. Go‘daklik davri − 2 oylikdan 1 yoshgacha. 
Bir yoshdagi inkiroz. 
3. Ilk bolalik davri − 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3 yoshdagi inqiroz. 
4. Maktabgacha davr − 3 yoshdan 7 yoshgacha.
7 yoshdagi inqiroz. 
5. Maktab yoshi davri − 8 yoshdan 12 yoshgacha. 
13 yoshdagi inqiroz. 
6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri − 14 yoshdan 18 yoshgacha.
17 yoshdagi inqiroz. 
Olim o‘z asarlarida har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur ilmiy ta’riflay olgan. 
Eng muhim shaxs ruhiyatidagi yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik 
mulohazalar bildirgan. Biroq bu mulohazalarida ancha munozarali, bahsli o‘rinlar ham uchraydi. 
Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, 
uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar roli to‘g‘risidagi mulohazalari va olg‘a surgan 
g‘oyalari hozirgi kunning talabiga mosdir. 
L.S.Vigotskiyning shogirdi L.I.Bojovich insonning kamol topishini yosh davrlariga 
bo‘lishda motivlarni asos qilib oldi, shuning uchun bu bo‘lishni motivasion yondashish, deb atash 
mumkin. L.I.Bojovichning mulohazasiga ko‘ra yosh davrlari quyidagi bosqichlardan iborat: 
birinchi bosqich − chaqaloqlik; tug‘ilgandan 1 yoshgacha; ikkinchi bosqich − motivasion 
tasavvur: 1 yoshdan 3 yoshgacha; uchinchi bosqich − “Men”ni anglash davri: 3 yoshdan 7 
yoshgacha; to‘rtinchi bosqich − ijtimoiy jonzotlikni anglash davri; 7 yoshdan 11 yoshgacha; 
beshinchi bosqich − a) o‘zini o‘zi anglash davri: 12 yoshdan 14 yoshgacha; b) o‘z o‘rnini belgilash 
(topish) davri: 15 yoshdan 17 yoshgacha. 
L.I.Bojovich har bir bosqichni psixologik tavsiflashda unda namoyon bo‘ladigan 
o‘zgarishlarni, bu o‘zgarishlarning sabablari, omillari, manbalari, turtkilari, mexanizmlarini ham 
bayon qiladi. 

Download 403.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling