1-Ma’vzu: Yuqori molekulali brikmalar-YuMB, xaqida tushuvchalar. O‘zbekistonda polimerlar kimyosi fanining rivojlanishi Reja: Yumb kimyosi fani haqida ma’lumоt


Fotokimyoviy, radiatsion, termik polimerlanish


Download 410.12 Kb.
bet11/16
Sana21.06.2023
Hajmi410.12 Kb.
#1645442
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1.2.3. Maruza YuMB

4. Fotokimyoviy, radiatsion, termik polimerlanish.

1.Pоlimerlаrni sintez qilishning аsоsiy usullаri.
Zаnjirli vа bоsqichli pоlimerlаnish
Zanjirli polimerlanish uchta elementar reaksiya: faol markazning hosil bo‘lishi, zanjir rivojlanishi va zanjir uzilishidan iborat. Bu reaksiyalar turli xil usullar bilan amalga oshirilishi mumkin, ammo hammasida ham quyidagi asosiy jarayon sodir bo‘ladi:

  1. Faol markazning hosil bo‘lishi



  1. Zanjir rivojlanishi



......................................


  1. Zanjir uzilishi


bu erda M1monomer molekulasi; - faol markaz;
rivojlanayotgan radikallar;
- polimer molekulasi.

Zanjirli polimerlanish reaksiyasining faol markazlari erkin radikallar (bitta yoki ikkita juftlanmagan elektron tutgan elektrbetaraf zarrachalar) yoki ionlar (musbat yoki manfiy zaryadlangan zarrachalar)dir.


Faol markaz tabiatiga ko‘ra polimer hosil qilish reaksiyalari radikal va ion polimerlanishga bo‘linadi.
Radikal polimerlanishda faol markaz vazifasini erkin radikal bajaradi. Juftlanmagan elektron hisobiga erkin radikal turli xil monomerlar, jumladan to‘yinmagan birikmalar bilan oson reaksiyaga kirishadi:
=
Zanjir rivojlanish reaksiyasi erkin radikalning monomer molekulasi bilan ketma-ket qator elementar aktlardan iborat, shu bilan birga rivojlanayotgan zanjirning o‘zi ham erkin radikal hisoblanib molekulyar massaning ortib borishini ta’minlaydi.

Juftlanmagan elektron yo‘qolishi bilan reaksion zanjir uziladi (o‘sishdan to‘xtaydi). Shu sababli ikki radikalning o‘zaro ta’siri zanjir uzilishiga olib keladi. Bunday jarayonning eng oddiy misoli bo‘lib erkin radikallarning o‘zaro birlashish (rekombinatsiyalanish) yoki disproporsilanish reaksiyasi hisoblanadi

Download 410.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling