1-Ma’vzu: Yuqori molekulali brikmalar-YuMB, xaqida tushuvchalar. O‘zbekistonda polimerlar kimyosi fanining rivojlanishi Reja: Yumb kimyosi fani haqida ma’lumоt


Polimerlarning asosiy zanjirini tuzilishi bo’yicha sinflanishi


Download 410.12 Kb.
bet8/16
Sana21.06.2023
Hajmi410.12 Kb.
#1645442
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1.2.3. Maruza YuMB

2.Polimerlarning asosiy zanjirini tuzilishi bo’yicha sinflanishi
Asosiy zanjiri bir xil atomlardan, masalan uglerod, oltingugurt, fosfor va h.k. iborat bo‘lsa gomozanjirli polimerlar hisoblanadi. Makromolekulaning asosiy zanjiri faqat uglerod atomlaridan tuzilgan bo‘lsa, karbozanjirli polimerlar deyiladi:

Asosiy zanjir har xil atomlardan iborat bo‘lsa, geterozanjirli polimerlar deyiladi:

Karbozanjirli polimerlar ikki guruhga bo‘linadi:
1.To‘yingan karbozanjirli polimerlar zanjiri monomer zvenosi uglerod-uglerod bog‘laridan iborat

2.To‘yinmagan karbozanjirli polimerlar zanjiri monomer zvenosida qo‘shbog‘ bo‘ladi



To‘yingan karbozanjirli polimerlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) monoalkilalmashgan polimerlar (polipropilen misol bo‘laoladi).



Uglerod atomiga ulangan o’rinbosarning turiga qarab, to’yingan gomozanjirli polimerlar bir necha sinflarga bo’linib ketadi:
СН2=CH- vinil radikali tutgan monoalkilalmashgan etilen hosilalaridan olingan polimerlar vinil polimerlar deb ataladi. Bu guruhga quyidagi polimerlarni kiritish mumkin:
P olivinilftorid; Polivinil spirti; Polivinilsianid ;


b) dialkilalmashgan polimerlar

Har 100 ta uglerod atomiga to‘g‘ri kelgan o‘rindoshlar miqdori o‘rinolish darajasi deyiladi. Masalan, poliizobutilen

v) galoid almashgan polimerlar – bularning tarkibida galoid atomi bo‘ladi. Masalan:

polivinilxlorid polivinilftorid

Agar polimerlar viniliden radikali СН2 = C < tutgan 1,1 – dialmashgan etilendan olingan bo‘lsa, viniliden polimerlar deb ataladi. Bularga quyidagi polimerlar misol bo‘laoladi:

polivinilidenxlorid polivinilidenftorid polivinilidensianid

g) oksibirikmalar: Polispirtlar - masalan, polivinil spirti



Bu polimerning monomeri bo‘lmagani uchun polimeranalogik reaksiya yordamida polivinilatsetatdan olinadi. Agar polivinil spirtdan to‘rsimon polimer olinsa, undan paxtaning xossalariga ega bo‘lgan tola olish va uni to‘qimachilik sanoatida ishlatish mumkin. Poliefirlar – bularga misol tariqasida polivinilbutil efirini keltirish mumkin:

Polivinilbutil efiri glitseringa o‘xshash suyuqlik bo‘lib Shostakovskiy malhami deb yuritiladi va tibbiyotda keng ishlatiladi.
Polikislotalar – polimerlaganda yuqori molekulyar moddalar hosil qiladigan ko‘plab to‘yinmagan kislotalardan eng ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgani akril – va metakril kislotalari va ularning hosilalaridir.


Download 410.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling