1-Ma’vzu: Yuqori molekulali brikmalar-YuMB, xaqida tushuvchalar. O‘zbekistonda polimerlar kimyosi fanining rivojlanishi Reja: Yumb kimyosi fani haqida ma’lumоt
Poliakril kislotasi Polimetakril kislotasi
Download 410.12 Kb.
|
1.2.3. Maruza YuMB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polibutadien Poliizopren
Poliakril kislotasi Polimetakril kislotasi
Bulardan ion almashuvchi qatronlar olishda keng foydalaniladi. Polialdegidlar – birinchi polialdegid akroleinni polimerlab olingan. Poliatsetallar – bu sinf polimerlarning eng sodda vakili polimetilenoksid [– O –CH2 –]n– dir. Poliatsetallarga sellyuloza misolida eng to‘liq o‘rganilgan polisaxaridlar ham kiradi. To‘yinmagan uglevodorodlar – bularning asosiy vakillari polibutadien va poliizopren bo‘lib rezina ishlab chiqarish sanoatining asosiy xomashyosi kauchuklardir Polibutadien Poliizopren Geterozanjirli polimerlar ko‘proq polikondensatlash, bosqichli va ionli polimerlash reaksiyalari bilan sintez qilinadi. Eng ko‘p o‘rganilgan amaliyotda foydalaniladigan geterozanjirli polimerlar quyidagilardan iborat: 1. Makromolekulalarining asosiy zanjiri uglerod va azot atomlaridan iborat geterozanjirli polimerlar. Bu polimer birikmalar sinfi quyidagi guruhlarga ega: makromolekulasining asosiy zanjirida ikkilamchi aminlar - NH – yoki uchlamchi aminlar -N< tutgan polimer aminlar. Bunday polimerlarga amaliyotda o‘z o‘rnini topgan anilin va formaldegiddan sintez qilinadigan anilin - formaldegid polimerlarni kiritish mumkin. Bu guruh polimerlarga anilin va formaldegidni kuchli kislota muhitida reaksiyaga kiritib va hosil bo‘lgan n – aminobenzil spirtini qizdirish orqali olinadigan fenilen guruhlar tutgan chiziqli polimer poliaminofenilenmetilenni ham kiritish mumkin: Makromolekulasida -NН–СO– amid guruhlari tutgan alifatik yoki aromatik uglevodorod zvenolari takrorlanadigan polimer amidlar; dastlabki moddalarga ko‘ra poliamid birikmalarni karbamid polimerlar, polimochevinalar va chiziqli poliamidlarga bo‘linadi. Bu polimerlar polikondensatlash reaksiyasi orqali olinadi. Masalan, karbamid polimerlar ko‘p asosli kislotalar amidlarini aldegidlar bilan polikondensatlab olinadi. Mochevinaning metilol hosilalari oq kristal moddalar bo‘lib suvda eriydi va faqat juda kuchli ishqoriy muhitda kimyoviy barqaror. Metilolmochevina 100oS gacha qizdirganda polikondensatlanib amorf, rangsiz, tiniq, chiziqli tuzilishga ega polimer hosil qiladi: Aniq chiziqli tuzilishga ega bo‘lgan polimochevinalarni diizotsianatlar va diaminlarni bosqichli polimerlash usuli bilan olish mumkin: Poliamidlar polikondensatlash va bosqichli polimerlash usullari bilan olinadi. Poliamidlarni olishning polikondensatsion jarayonlariga quyidagilarni kiritish mumkin: aminokislotalarni polikondensatlash: diaminlar va dikarbon kislotalarni polikondensatlash: dikarbon kislotalarning diaminlari va efirlarini polikondensatlash: 4) diamin va dikarbon kislotalar tuzlarini polikondensatlash: 5) diaminlarni dikarbon kislotalarning dixlorangidridlari bilan polikondensatlash: izotsianatlar va dikarbon kislotalarni polikondensatlash: laktamlarni ionli yoki bosqichli polimerlash: So‘nggi usul boshqalaridan qo‘shimcha moddalarsiz polimer hosil bo‘lishi bilan farq qiladi. Bulardan tashqari geterozanjirli polimerlarga oksidlar sinfiga kiruvchi polietilenoksid va poliformaldegidni misol qilib keltirish mumkin: Polietilenoksid kosmetik mahsulotlar ishlab chiqarishda juda ko‘p ishlatiladi. Poliformaldegid plastmassa olish sanoatida ishlatiladi. Oltingugurt tutgan polimerlarga – СН2 – S – СН 2 – tioformaldegid va – СН2 – СН 2 – S polietilensulfidni kiritish mumkin. Tarkibida ham oltingugurt, ham kislorod tutgan polimerlar tiokislotalar deb ataladi va ular quyidagi strukturaga ega: СН 2 – СН 2 – O – СН 2 – СН 2 – S – Har 100 atomdan nechtasi geteroatom ekanligini ko‘rsatuvchi kattalik geteroatom ko‘rsatgich deb ataladi. Download 410.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling