1. Mehnat resurslari va kadrlar potensialini tasniflash. Mehnat resurslarining shakllanish bosqichlari. Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi


Kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga quyish


Download 44.45 Kb.
bet5/6
Sana07.03.2023
Hajmi44.45 Kb.
#1244413
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu

4. Kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga quyish.

Kadrlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun tanish-bilishlar ishga solinadi, e’lonlar beriladi, suhbatlar o‘tkaziladi, nomzodlar bilan test so‘rovlar o‘tkaziladi, yaxshi nomzodlar tanlanadi.


Ishga olinayotganlar bilan shartnomalar tuziladi, bo‘lg‘usi nizolar haqida kelishib olinadi. Shu yo‘l bilan eng tajribali va munosib mutaxassislar tanlanadi.
Ishlovchilarni va ishga olinayotganlarni o‘qitish muhim rol o‘ynaydi. Har bir xodim fan-texnika yangiliklarini puxta egallashi lozim. Kadrlarni o‘qitish va o‘rgatish ish joylarida va maxsus joylarda amalga oshiriladi. Masalan, muxandislar, agronomlar va iqtisodchilar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida, sotuvchilar, hisobchilar, statistlar Qarshi iqtisodiyot kollejida amalga oshiriladi.
Har xodimni bajaradigan ishi bo‘yicha sifati aniqlanadi, xodim bilan instruktaj o‘tkaziladi va unga ish haqi belgilanadi. So‘ngra unga ish topshiriladi.
Har bir xodimning ijrochiligi uning bajaradigan ishi bilan belgilanadi. Shuning uchun menejerlar har xodimning ishi haqida axborotlar to‘playdi va ularni o‘rganadi, xodimlarning faoliyatini baholaydi, ish haqini belgilaydi. Ishchilar tayyorlaydigan tovarlarning sifati, yangiligi standartlarga muvofiqligi va boshqa shart-sharoitlar aniqlanadi.
Xodimlar faoliyatini baholashning quyidagi usullari mavjud:
1) ishlovchilarning xizmatiga qarab baholash;
2) xodimlar faoliyatini besh ballik tizimda baholash;
3) xodimlarni uch ballik tizimda baholash;
4) xodimlarni yaxshi va yomon tomonlarini ko‘rsatib berish va hokazo.
Kadrlarni qo‘nimsizligi har korxonada mavjud bo‘ladi. Bir qism ishlovchilar ishga keladilar, boshqalari ishdan bo‘shab ketadilar. Buning sababi ko‘p.
Ishchi kuchi qo‘nimsizligi (Ts) quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Ts = Ib 100 : Is bunda, Ib – ishdan bo‘shaganlar soni, kishi Is – o‘rta ishlovchi soni kishi.
Masalan, = 50.100:500 = 10 % .
Kadrlarni qo‘nimsizligi ayrim hollarda zaruriyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, armiyaga va o‘qishga ketishi. Shu sababdan qo‘nimsizlikni aniqlashda bunday holatlarni e’tiborga olinadi. Bu holda yuqoridagi formula quyidagi ko‘rinishga bo‘ladi:




bunda, km - majburiy qo‘nimsizlik.


Masalan,
Kadrlar qo‘nimsizligi sabablari ko‘p bo‘lib, ularni ikki guruhga ajratiladi: A) ixtiyoriy ravishda ishdan bo‘shash; B) ma’muriyat tashabbusi bilan ishdan bo‘shash.



Download 44.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling