1. Mehnat va ish haqi haqida tushuncha hamda uni hisobga olishning vazifalari
Mehnat ta’tili va kasallik bo’yicha qo’shimcha haq hisoblashni hujjatlashtirish
Download 172.5 Kb.
|
ISHLANMAGAN VAQT UCHUN HAQ TO’LASH
3. Mehnat ta’tili va kasallik bo’yicha qo’shimcha haq hisoblashni hujjatlashtirish
O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishlamagan vaqti uchun ham ishchi va xizmatchilarga haq to’lanadi. Bunday to’lovlarni hisoblash o’rtacha ish haqiga asoslanadi. O’rtacha ish haqini hisoblash va qo’llash tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan o’rtacha oylik ish haqini hisoblashning quyidagi tartibi belgilangan: ta’til haqi, ishdan bo’shaganda beriladigan yordam puli, ishsizlik bo’yicha nafaqa tarifikatsiya bo’yicha o’rtacha ish haqi belgilangan ish haqini yoki lavozimlik okladini hisoblash kuniga birinchi yili ishlayotganlar uchun o’n ikkidan birga (1/12) (to’liq olti oy ishlaganlar bo’yicha oltidan birga, to’liq yetti oy ishlaganlar bo’yicha – yettidan birga va h. k.) ko’paytirib topiladi. o’rta maxsus va hunar – texnika bilim yurtlari o’qituvchilariga esa hisoblash davrida tarifikatsiya bo’yicha belgilangan ish haqi yoki lavozimlik okladidan oshgan qismini o’ndan birga ko’paytirib topiladi. Bularga ishbay haqlar, mukofotlar, qo’shimcha haqlar va boshqa ijtimoiy sug’urtaga badal hisoblanuvchi to’lanmalar kiradi. o’rta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlaridagi o’qituvchilarga ortiqcha bajarilgan soatlari bo’yicha qo’shimcha haq yil oxirida ushbu soatlar bajarilgan vaqtda harakatda bo’lgan stavkalar bo’yicha hisoblanadi. xodimlar salomatligiga yetkazilgan zarar, kasbiy kasallik yoki ularning mehnat vazifalarini bajarish jarayonida salomatligiga yetkazilgan zararlarni ish beruvchilar tomonidan qoplash uchun haq hisoblash Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga binoan olib boriladi. ishga qobiliyatsizligi to’g’risidagi varaqalar, homiladorlik va tug’ish bo’yicha haq hisoblash davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa hisoblash tartibi to’g’risidagi nizomga binoan olib boriladi. boshqa (1-4 bandlarida ko’rsatilgandan tashqari) barcha hollarda o’rtacha oylik ish haqi oxirgi ikki kalendar oyining o’rtacha ish haqisi bilan aniqlanadi. xodimlar mehnat ta’tilida, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarishda, ikki oy ichida ish qidirish vaqtida, shuningdek kasalligi davrida tarif stavkalar, lavozimlik okladlar oshgan bo’lsa, korxona, tashkilot, muassasalarning mehnatga haq to’lashning yangi sharoitiga to’g’ri keladigan haqiqiy ish kuni bo’yicha hisoblab chiqiladi. Qonunchilik bilan o’rtacha ish haqini hisoblab chiqishning maxsus tartibi o’rnatilgan hollarda, ko’rsatilgan qoidalar qo’llanilmaydi. Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish ma’lumotlariga va xodim tomonidan qonunchilik bilan kafolatlangan o’rtacha ish haqini olish huquqini tasdiqlovchi tegishli hujjatlariga asosan o’rtacha ish haqi hisoblab chiqiladi. Barcha xodimlarga, shu jumladan o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o’rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. O’rtacha ish haqi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan hisoblanadi. Тa’til haqi aniqlash yoki foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya hisoblashda olti kunlik ish haftasi bo’yicha o’rtacha oylik ish kunining davomiyligini 25,4 kun deb hisoblaydi. Хodimlarning vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi uchun hisoblab to’lanadigan haqning qoplash manbai bo’lib tannarx yoki davr xarajatlari emas, balki ijtimoiy sug’urta organlarining mablag’lari hisoblanadi. Тo’lanadigan haqni hisoblab topish uchun asos bo’lib ish vaqtidan foydalanishni hisobga oladigan tabel va tibbiyot muassasalarining bergan vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi to’g’risidagi varaqasi hisoblanadi. Nafaqa miqdori mehnat daftarchasi yoki uning o’rniga berilgan hujjatga binoan ish qobiliyatini yo’qotgan kuniga hisoblab topilgan umumiy ish stajiga asosan aniqlanadi. Amaldagi qarorga binoan2[22][24] ishlab chiqilgan nizomga asosan ish stajidan qat’iy nazar quyidagi xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi bo’yicha nafaqa 100 % to’lanadi: ishlayotgan ikkinchi jahon urush qatnashchilariga; baynalminal harbiylar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga; qaramog’ida uch yoki undan ortiq 16 yoshga yetmagan (o’quvchilar 18 yosh) farzandlari bo’lgan xodimlarga; Chernobil AES avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan xodimlarga; Chernobil halokati natijasida evakuatsiya qilinib radioaktiv bilan ifloslangan zonalardan ko’chirilgan xodimlarga adenoma, rak va shunga o’xshagan kasalliklarga duchor bo’lganda; Ish joyida shikastlanishlar yoki kasbiy kasal bo’lganlarga; homiladorlik va tug’ish bo’yicha. Hisobda turuvchi ijtimoi ahamiyatli kasallikka uchragan xodimlarga umumiy ish stajiga qarab vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgan vaqtiga quyidagi miqdorda nafaqa to’lanadi: a) umumiy mehnat staji 8 va undan ko’p yil bo’lgan, xodimlarga ish haqining 100 % miqdorida; b) umumiy mehnat staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga – ish haqining 80 % miqdorida; v) umumiy mehnat staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga – ish haqining 60 % miqdorida. Qolgan kategoriya xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgan vaqtiga quyidagi miqdorda nafaqa to’lanadi: - umumiy mehnat staji 8 va undan ko’p yil bo’lgan xodimlarga, shuningdek 21 yoshga chiqmagan yetim xodimlarga ish haqining 80 % miqdorida; - umumiy mehnat staji 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 % miqdorida. Barcha hollarda vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi bo’yicha to’lanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqidan kam va nafaqa hisoblab topilgan ish haqidan ko’p bo’lmasligi kerak. Ish haqi summasiga ish joyida ijtimoiy sug’urta hisoblanadigan, mehnat haqiga kiritilmaydigan bir yo’la to’lovlardan tashqari, barcha turdagi to’lanmalar kiradi. Ishbay ish haqi oladigan shaxslarga nafaqa ishga qobiliyatsizligi boshlangan oydan oldingi kalendar oyida ishlagan ish haqidan hisoblab topiladi. Oxirgi oy oyligiga amaldagi Nizomga3[23][25] binoan hisoblab chiqilgan o’rtacha oylik mukofotlar summasi qo’shiladi. Vaqtbay haq oladigan shaxslarga nafaqa hisoblash uchun oylik oklad, ishga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha olingan doimiy qo’shimcha haqlar inobatga olingan holda, kunlik yoki soatlik tarif stavka olinadi. Bunga «Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom» ga binoan hisoblab chiqilgan o’rtacha oylik mukofotlar summasi qo’shiladi. Download 172.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling