1. Menejment fani nimani o’rganadi va o’rgatadi? Mazkur fanni o’rgatish vazifasi quydagilar


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/45
Sana24.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1050248
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
TO\'LIQ MENEJMENT JAVOBLARI

Tashqi kommunikatsiya - bu tashkilot bilan tashqi muhit o„rtasidagi axborot almashuvidir. Tashqaridan keladigan 


axborotlar, jumladan yuqori boshqaruv organlari, hokimiyat, vazirlik, qo„mitalar, Vazirlar Mahkamasi, Prezident devoni 
axborotlari bunga misol bo„ladi. 
Ichki kommunikatsiya - deganda korxona ichidagi bo„limlar o„rtasidagi, korxona ichki faoliyatini yurgizish uchun zarur 
bo„lgan axborot almashuvi tushuniladi. Bu erda boshqaruv bo„g„inlari (vertikal kommunikatsiya) va bo„limlararo 
(gorizontal kommunikatsiya) axborot almashuvi amalga oshiriladi. 
Rahbar va bo„ysinuvchi o„rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotda eng ko„p uchraydigan axborot almashuvidir. 
Masalan, tsex boshlig„i ¸ki masterning jamoa va ayrim xodimlar bilan jonli aloqasi juda yuksak baholanadi. Jonli aloqada 
rahbar faqat o„z qarorini bildiribgina qolmay, bo„ysunuvchilarga ta‟sir ko„rsatish, ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun 
tashabbus va hohish uyg„otish mumkin. qo„pollik bilan baqirishga, “so„kishga” va hokazolarga aslo yo„l qo„yilmaslik 
kerak. Rahbarning shaxsiy obro„si ko„p jihatdan u o„z fikrini qay tarzda bildirishga, qanday so„zlashishga bog„liq. 
Noformal kommunikatsiya - bu rahbar atrofidagi shov-shuvlar, rahbarning xizmatga doir bo„lmagan shaxsiy aloqalari, 
norasmiy kanallar bilan axborot almashuvlari kiradi. Bunday axborot almashuvi ham bo„lishi kerak, ammo chegara 
doirasida. 
3. Menejment xizmatini samaradorligi. 
Boshqaruv jarayoni ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining ajralmas qismidir, uning samaradorligini korxonaning oxirgi 
natijalari bo’yicha xulosada aniqlash mumkin.Samaradorlik keng mazmunga ega bo’lib, bunda qo’yilgan maqsadlarga 
erishish natajalari bilan ishlab chiqarish xarajatlarini solishtirishdan iboratdir. Lotin tilida “samara” – harakatlik, ishlab 
chiqaruvchilar zaruriy natijani beruvchi ma’nolarini anglatadi. U inson faoliyatining barcha sohalarida: fanda, texnikada
siyosatda va mafkurada foydalaniladi. “Ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligi” tushunchasida “ ishlab chiqarish 
samaradorligi” tushunchasini aniqlab olish lozim. Ishlab chiqarish samaradorligining oxirgi natijani foydalanilgan xajmi yoki 
harajat resurslariga (ishlab chiqarish natijasi (samara) va harajatlar o’rtasidagi farq) munosabati deb tushuniladi. Bu 
tushuncha ishlab chiqarishni rivojlanish jarayoni harakatiga baho beradi va uning sifat o’zgarishlarini yoritadi.Boshqaruv 
samaradorligining shunday ko’p qirraliligi, uni ifodalash uchun ko’p shaklli tushunchalarni namoyon qiladi. Quyida 
hohlagan darajadagi boshqaruv tizimi asosiga kirgan samaradorlikning muhim tushunchalari keltirildi: 
boshqaruv xodimlari mehneti samaradorligi; 
boshqaruv apparatining boshqaruv faoliyati yoki uning alohida bo’limlari va tarmoqlari samaradorligi
boshqaruv jarayonining samaradorligi (aniq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalgam oshirish);boshqaruv 
tizimlarining samaradorligi boshqaruv mehanizmining samaradorligiBir tushunchadan boshqasiga o’tishda har bir 
tushunchaning mazmundorligi, aloqadorligi olib boradi. 
Samaradorlikning o’z mazmuni va mohiyatiga iqtisodiy hamda ijtimoiy tavsifga ega holat sifatida urg’u beriladi. 
Samaradorlik turlari har xil maqsadlarni (o’zaro aloqador) va samaraning o’ziga xos shaklini (ijtimoiy v aiqtisodiy) 
ifodalaydi. 


Variant -18 
I . Tashkiliy usulning shakllari-farmoyishli, 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling