1. Menejment fani nimani o’rganadi va o’rgatadi? Mazkur fanni o’rgatish vazifasi quydagilar


Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/45
Sana24.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1050248
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Bog'liq
TO\'LIQ MENEJMENT JAVOBLARI

Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat:
- firma biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlyarini belgilab olish;
- firmaning tashqi muhitini tahlil qilish;
- undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;
- firma yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab chiqish;
- diversiyalangan firma portfelini tahlil qilish;
- uning tashkiliy tuzilmasini loyihalash;
- integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;
- «strategiya - tuzilma - nazorat» majmuasini boshqarish,
- firma faoliyatining ba’zi sohalardagi siesati va uning fe’l-atvor me’yorlarini belgilash; 


Variant -l3 
1. Ma'muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida davlatni boshqarishda qanday tamoyillar asos qilib olinadi? 
Byurokratlarcha markazlashuv boshqarish ob’ektiga nisbatan bo’lgan munosabat maksimal ravishda, qat’iy darajada 
buyruqlashgan. Bu tamoyil demokratiyaga o’ta yotdir.Nomenklatura lavozimlarga faqat yuqori tashkilotlar tomonidan qat’iy 
ravishda oldindan ro’yxatga kiritilgan kishilar tayinlanadi. Aynan shu tartib shaxsga sig’inishni vujudga keltiradi. 
O’z o’ziga xizmat qilish, shaxsiy manfaatni ustun qo’yish garchi sotsializm-bu inson manfaatini ximoya qiluvchi, uning 
farovonligini oshiruvchi tuzum degan shior bilan amal qilgan bo’lsa-da, aslida bu tuzumning qonun - qoidalari, tamoyillari 
amaldorlarning manfaatlari uchun xizmat qiladi.Demokratiyani tan olmaslik demokratiyani tan olish degan so’z ular uchun 
hokimiyatni yo’qotish bilan baravar edi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi uchun demokratiya bu “tabiiy dushman” 
Buyruqbozlik boshqaruv qarorlari kuch ishlatish, qo’pol ravishda majburlash orqali bo’ysunuvchilarni vazifalarini bajarishga 
undash. “Gilam usti”ga chaqirish, tezkor tashkiliy xulosalarni yasash, daxshatli qarorlar chiqarish kabilar buyruqbozlikning 
o’ta ayovsiz ko’rinishlaridir. Formalizm, rasmiyatchilik formalizm qog’ozbozlikning “ota”si, to’rachilik muhitini yaratuvchi 
dahshatli tamoyildir. Har qanday qo’llanmani pesh qilib, uning orqasida qonuniy narsalarni tan olmaslik, munosabatlarda 
rasmiyatchilik bilan yondoshish bu tamoyilning bosh maqsadi bo’lib xisoblanadi.Mahfiylik ma’muriy-buyruqbozlik tizimi 
o’zining sir- asrorlarini yashirishga, maxfiy tutishga xarakat qiladi. To’ralarni oshkoralik va demokratiyaning xujumidan 
aynan shu maxdudlik ximoya qiladi, maxfiy ma’lumotlarga etib borishga xalaqit beruvchi qalqon vazifasini bajaradi. 
Konservatizm Yangilikka nisbatan ayovsiz tamoyil. Garchi biror- bir yangilik u yoki bu faoliyatni yaxshilashga olib kelishini
bilsa-da 
2. Funktsional tizimosti ob'ektlarining boshqarish usuli deganda nimani tushunasiz? 
Funktsional tizim-osti ob'ektlarini boshqarish usuli boshqariladigan ob'ektning tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, uning tarkibidagi 
bo’limlarni boshqarishda qo’llaniladigan o’ziga xos usullarni o’z ichiga oladi. Ularni quyidagi tizimosti bo’limlar misolida 
ko’rish mumkin. 
Tizimosti bo’limlar: 
1. "Ishlab chiqarish" bo’limi 
• 
mahsulotning pishiq (ishonchli) ligini tahlil qilish; 
• 
mahsulot sifatini nazorat qilish; 
• 
omilli tahlil; 
• 
funktsional tahlil; 
• 
ishchi kuchi, uskuna va materiallardan foydalanishni nazorat qilish; 
• 
ishlab chiqarish operatsiyalarini o’rganish; 
• 
ishlab chiqarishni programmalashtirish, rejalashtirish va nazorat qilish; 
harajatlarni hisob-kitob qilish va boshqalar. 
2. "Marketing" bo’limi 
- tovarlar bozorida korxonaning mavqeini diagnostika qilish; 
- korxonaning bozorga chiqish imkoniyatlarini tahlil qilish; 
- yangi mahsulot va yangi bozorlarga chiqish bo’yicha talab va ehtiyojlarni aniqlash; 
- marketing kontseptsiyasini ishlab chiqish va h.k. 
3. "Xodim" bo’limi 
• 
ishchi kuchini rejalashtirish; 
• 
xodimlar mehnatini va ish xaqini tashkil qilish; 
• 
xodimlar va ularning martabalarini boshqarish; 
• 
xodimlarni boshqarish tizimini shakllantirish, tahlil qilish va boshqalar. 
Bu usullarni qo’llash yordamida boshqariladigan ob'ekt tarkibidagi bo’limlarning maqsadlari va ularning echimi bo’yicha 
zarur tadbirlar aniqlab olinadi. 
Bu usullar boshqarish funktsiyalarini, ya'ni: 
• 
rejalashtirish; 
• 
tashkil qilish; 
• 
nazorat qilish; muvofiqlashtirish; 
• 
motivatsiya (vajlar, isbotlar keltirish) kabilarni bajarish uchun qo’llaniladigan usullardir. 
Masalan, rejalashtirish funktsiyasini bajarishda mutaxassislar: 
• 
prognoz (oldindan aytish); 
• 
ekstrapolyatsiya; 


• 
regression tahlil; 
• 
modellashtirish; 
• 
hujum; 
• 
Delfa; 
• 
omilli tahlil; 
Maqsadlar shajarasi va uni echish kabi usullarni qo’llaydi.Boshqarishning nazorat funktsiyasini bajarishda qo’llaniladigan 
usullar tezkor, buxgalteriya hisobi va statistika holatiga bog’liq va shularga asoslanadi. Motivatsiya usullari xodimlarni 
mehnatga undaydigan barcha usullarni, ya'ni: 
• 
ish xaqi; 
• 
rag’batlantirish tizimi; 
• 
foyda taqsimotida qatnashish; 
• 
ma'naviy rag’batlar; 
• 
yuqori lavozimlarga tayinlash, malakani oshirish kabilarni o’z ichiga oladi. 
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish quyidagi uslublarga asoslangan holda amalga oshiriladi: 
1. 
muammoni qo’yish; 
2. 
muammoni hal qilish; 
3. 
qarorni tanlash; 
4. 
qilingan qarorlarning bajarilishini ta'minlash. 
Muammoni qo’yish bosqichida qo’llniladigan uslublar muammoni batafsil yoritishga, muammoga ta'sir qiluvchi ichki va 
tashqi omillarni aniqlashga, vaziyatni baxolashga va shu asosda muammoli vaziyatni ifodalashga imkon yaratadi. Bu usullar 
tarkibiga: 
- ma'lumotlarni yig’ish, saqlash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullari; 
- muhim voqealarni qayd qilish usullari; 
- qiyoslash usullari; 
- dekompozitsiya va modellashtirish usullariga muhim o’rin beriladi. 
Qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta'minlash bo’yicha tadbirlar qaror qabul qilinib, tasdiqlangandan so’ng tuziladi. Bu 
bosqichda qarorlar shajarasi tuzilib, unda maqsadga erishishning barcha yo’nalish va yo’llari ikir-chikirigacha aniqlab 
chiqiladi 
3. Menejmentda motivlashtirish dastaklari. 
Motivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U
xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag’batlantiruvchi kuchli vositadir. Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi,
qo’zg’atuvchi motivdir. Ehtiyoj qat'iyan tabaqalashgan bo’ladi. Ya'ni u kishilarning odati, didi va ruhiyatiga, yoshi va jinsiga, 
oilaviy ahvoli va millatiga, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog’liq. Eng muhimi xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun
xilma-xil faoliyat va uni muvofiqlashtiruvchi boshqaruv talab qilinadiMotivlashtirish - bu ruhiy omil bo’lib, shaxs
faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga 
rag’batlantiruvchi kuchli vositadir . Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo’llar bilan
maqsadga muvofiq yo’naltirishdir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog’liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo’ladi. 
Inson tirik jon sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o’z kuchini tiklash, o’zini issiq - sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega.
Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya'ni kiyim-kechak, oziq-ovqat, turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. Insonning moddiy
ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bo’larga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka,
mahoratga ega bo’lish va sog’lom hayot kechirib, uzoq umr ko’rish kiradi, aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega 
bo’lmagan har xil xizmatlar ko’rsatish orqali qondiriladi. 


Variant -l4 
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O'zbekistonda davlatni boshqarish uchun 
qanday tamoyillar asos qilib olinadi? 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‟zbekistonda davlatni boshqarish tamoyillari:
Milliy xavfsizlikni ta‘minlash tamoyili; Iqtisodiy munosabatlarni demokratiyalash tamoyili;
Demokratiya tamoyili; Yuksak ma‘naviyat tamoyili. 
2. Boshqarishda xujjatlar bilan ishlash 
2. Hujjat - bu boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo„lgan voqealar, hodisalar, jarayonlar,
faktlar to„g„risidagi axborotlarni maxsus materiallarda turli usullar bilan mustahkamlash vositasidir. Boshqacha
qilib aytganda hujjat - bu narsaning nimaligini, miqdori,sifati va shu kabilarni ko„rsatuvchi rasmiylashtirilgan ish
qog„ozi, yoki kimsaning kimligini, mashg„ulotini, biror tashkilotga a‟zoligini tasdiqlovchi ish qog„ozi (pasport,
guvohnoma, reyting daftarchasi va h.k.). Xujjatlashtirish deganda biror kimsa yoki narsa haqidagi fikrni yozib, hujjat holiga 
keltirish,rasmiylashtirish tushuniladi.Ish yuritish - bu korxonalarning o„z funktsiya va vazifalarini bajarish davomida 
hujjatlar ustida olib boradigan ish usullari va jarayonlari majmuasidir. Bu jarayon xujjatlashtirish, ular ustida ishlash 
usullarini o„z ichiga oladi.Hujjatlar muayyan oqimda harakat qiladi. Hujjatlar oqimi deyilganda hujjatlarning belgilangan 
izchillikda tayyorlangan paytdan boshlab korxonadan jo`natilgunga qadar yoki arxivga topshirilgunga qadar harakati 
tushuniladi. 
3. Davlat va nodavlat tashkilotlarda marketing xizmatini tashkil qilishni boshqarish. 
Korxona marketing xizmati va uning tashkil qilinishi.Marketingni tashkil qilish deganda uning vazifalarini bajaruvchi 
tarkibiy bo‘limlarning tuzilishi va ularning o‘zaro mas’uliyatlarini hamda bog‘liqliklarini ifodalovchi tizimni yaratish 
tushuniladi. Bunday tizim, oddiy firma (korxona) dan tortib bozorda ishtirok etayotgan barcha subyektlar, davlat yoki 
nodavlat, tijorat yoki notijorat, tuman, shahar, viloyat va respublika miqiyosida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlar va sport 
muassasalarida tuzilgan marketing xizmatlarini o‘z ichiga oladi.Marketingning tashkil etilishi quyidagi shakllarda bo‘lishi 
mumkin: 
- marketing xizmatining maxsus vazifalari - bozorni o‘rganish, tovar harakati, baho, talabning shakllanishi, sotishni 
rag‘batlantirish va boshqalarning bajarilishini uyushtirish shaklida; 
- marketing vazifalarini firma (korxona) tovarlari yoki guruhlari bo‘yicha bajarish tarzida; 
- marketing vazifalarini bozorlar (mahalliy, mintaqaviy, tashqi) bo‘yicha ijro etish shaklida. 
Kompaniyalar ushbu marketing xizmatlari shaklini bir-biriga qo‘shib yoki moslab tashkil etishlari mumkin. Ammo 
marketing tarkibini tanlash har bir firma (korxona, sport muassasalari) ning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga bog‘liq. 
Mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar marketingga har bir ma’lum bozor segmentlari bo‘yicha muayyan bir 
davrga belgilangan, eng yuksak iqtisodiy samaraga yo‘nalgan maqsadlarga erishish vositasi sifatida qaraydi. Bunday 
sharoitda marketing korxona ishlab chiqarish tijorat faoliyatini uzoq muddatli va operativ rejalashtirish uchun, ishlab 
chiqarishning eksport dasturini tuzish, korxona jamoasining ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsiya va ishlab chiqarish-
sotish ishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Marketingni boshqarish esa korxona boshqarish tizimining muhim 
elementi bo‘ladi. 
Marketingni tashkil etishda ikki jihat muhim: maqsadlar va marketing xizmati maqomi e’tiborga olinadi. Marketingi tashkil 
etishga kirishgan korxonaning maqsadlari qanday bo‘lishi kerak? Marketingning tan olingan peshqadamlari bo‘lmish 
yaponlar tajribasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, asosiy maqsadlar (afzalligi tartibiga qarab) quyidagilardan iborat: 
- sotish hajmi; 
- o‘sish sur’atlari (sotuv yoki foyda hajmi); 
- bozordagi hissasi; 
- rejalangan foyda, bu foydaning hajmi, foydaning sotuv hajmiga nisbati, barcha sarmoyadagi foyda me’yori, foydaning 
hissadorlar sarmoyasiga nisbati va boshqalarda aks etishi mumkin; 
- sarmoyaning tarkibi, ya’ni faollarning umumiy summasiga yordam shaklidagi sarmoyaning nisbati. 
Bu ro‘yxatni boshqa turlicha maqsadlar bilan ham to‘ldirish mumkin. Masalan, mahsulot sifatini oshirish, harajatlarni 
kamaytirish va shu kabilar. Maqsadlarni ishlab chiqishda ular korxona xodimlarining niyatlarini aks ettirishi zarurligiga 
alohida e’tibor berish kerak. Aks holda ishlovchilarning ishlab chiqarish jarayonidan «ichki uzilishi» ro‘y beradi. Shuni 
anglash muhimki, korxonada marketingning chinakamiga joriy qilinishi uchun unda tegishli xizmatni tuzishning o‘zi yetarli 
emas. Gap ana shu xizmatga qanday maqom berilganida. Marketing bo‘limi diqqat markaziga mahsulotning pirovard 
iste’molchilari bilan bog‘liq barcha muammolar tushadi, bu paytda boshqa bo‘linmalar o‘z e’tiborini turli juz’iy vazifalarga 
qaratgan bo‘ladi. Shuning uchun ham marketing bo‘limi butun faoliyatni muvofiqlashtirib turishini tan olish mutloqo 
tabiiydir. U ishlab chiqarish jarayonida yetakchi bo‘lishi uchun uning maqomini boshqa bo‘linmalar ichida eng yuqori qilib 
belgilash lozim. Korxonaning aniq marketing mo‘ljalining garovi ham ana shunda!Marketingi boshqarish - uni tashkil 
qilishda firma (korxona, tashkilot, muassasalar) oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish, tahlil, rejalashtirish, hayotga tadbiq 
etish va nazorat qilish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Marketingi boshqarish jarayoni bir-biridan ajralmas uch qismdan iborat: 
a) tashkiliy - firma bo‘limlarini kerakli bozor axborotlari bilan ta’minlovchi; 
b) izlanishlar olib boruvchi - firma marketing faoliyatidagi - bozor, assortiment, baho, reklama doiralarida uslubiy va 
tadqiqot ishlarini bajarish; 
d) dasturiy - nazorat ishlarini maqsadli dasturlar, strategiya va taktikani shakllantirish va bozor faoliyatini joriy nazoratini 
olib boradi. Marketingni boshqarish funksiyasi uning maxsus xizmati orqali olib boriladi. Marketing xizmati har bir 
korxonada bajarilishi ko‘zda tutilgan o‘ziga xos aniq vazifalar, ishchilarning huquq va burchlari, korxonaning boshqa 
bo‘limlar bilan o‘zaro munosabati va boshqalar Nizom asosida tashkil etiladi. Marketing xizmati vazifalari uning o‘ziga xos 
tamoyillari asosida kelib chiqadi. Bunga quyidagilar kiradi: 


- korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va bozor haqidagi axborotlarni to‘plash va tahlil qilish; 
- korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, savdo va xo‘jalik faoliyati, reklama qilish, sport, moliyaviy va boshqa jihatlar 
bo‘yicha manfaatlariga mos qaror qabul qilish uchun zarur hisob-kitob ko‘rsatkichlarini tayyorlash; 
- talab shakllanishini faollashtirish va sotishni tezlashtirish. 
Xizmatlar marketingi xususiyatlari - marketing xizmat ko‘rsatish doirasida, o‘z ichiga tovarlar ijarasi, ularning ta’mirlash 
yoki o‘zgartirish va shaxsiy xizmatlarni oladi. Ba’zida tovarlar va xizmatlar farqlanishi qiyin bo‘ladi. Umuman, 
xizmatlarning to‘rt xil tavsifi bor: payqay olmaslik; saqlashga qobiliyatsizligi; xizmat ko‘rsatuvchidan ajratib bo‘lmasligi va 
sifati jihatidan o‘zgaruvchanligi. Xizmatlarni payqay olmasligimiz - ularni namoyish qilish, tashish, saqlash, o‘rash 
(qadoqlash) yoki sotib olingandan keyin o‘rganishning iloji yo‘qligini bildiradi. 
Marketing xizmati korxonada quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
- korxona mahsulotini sotish, savdo talab va konyunkturasi, raqobatchilar siyosati hamda bahoni, bozor taraqqiyotini 
oldindan o‘rganish va tadqiq qilish; 
- korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshliligi bahosi, uning assortimentini shakllantirishga oid 
takliflar berish, kelgusida ishlab chiqariladigan mahsulotlar haqidagi yangi g‘oyalarni topish; 
- bozorga chiqarilgan mahsulotlarni tez sotish yo‘llarini belgilash, sotish va saqlashni tashkil etish, turib qolganlik haqidagi 
shikoyatlarni o‘rganish; 
- reklama tadbirini yo‘lga qo‘yish orqali mahsulot sotilishini mahsulot sotilishini tezlashtirish va aholi talabini shakllantirish. 
Tashkilotlarda marketing xizmatini yo‘lga qo‘yish. Marketing xizmati korxonalarda iqtisodiy ahvol (foyda, baho va 
konyunktura) o‘zgarib borayotganda bozordagi iste’molchilarning talabi bilan korxona ishlab chiqarishi, savdo va xo‘jalik 
faoliyati munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun tashkil qilinadi. 
Marketing xizmati - bu bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida korxona boshqaruvi uchun etishmay turgan shunday bir faoliyat 
turiki, u ishlab chiqarish, moliya, savdo-xo‘jalik, texnologik, kadrlar masalasi va boshqa sohalarda bozor zahiralarini 
qondirish va foyda olishga asoslangan yo‘nalishlar jarayonini yaratadi. Marketing xizmati rahbari korxonada marketing 
tadqiqotlari tashkil etish, reja va takliflarni ishlab chiqish, belgilangan maqsadga erishish uchun nazorat va rejalarning 
bajarilishi uchun mas’uldir. Barcha vazifa va majburiyatlar barcha bo‘lim xodimlari o‘rtasida qamrab olinishi kerak. 
Marketing xizmati bo‘limi guruhi tarkibiga bozor munosabatlarini o‘rganuvchi mahsulot turlarini shakllantiruvchi, baho 
beruvchi, savdo va reklama sohalarining mutaxassislari kiritilishi kerak. Shuning bilan birga tashkiliy tartib boshqaruvni 
yengillashtiradigan, yuqori natijalarga yetkazadigan qonun-qoidalar mavjud. Ular quyidagilardan iborat: 
- boshqaruvning tashkiliy shakli oxirigacha oddiy bo‘lishi kerak; 
- boshqaruv tashkiliy strukturasining tarxi oddiy, tushunarli bo‘lishi kerak; 
- har bir ishchiga yozma ish instruktsiyasi berilgan bo‘lishi kerak. Instruktsiyalar yangilanib turish maqsadida bir yilda ikki 
martadan tekshirib turilishi zarur; 
- aloqalar tizimi samarali bo‘lishini va aniq axborotlar almashinuvini ta’minlash; 


Variant -l5 
1. Bozor munosabatlariga o'tishning besh tamoyili. 
Bozor munosabatlariga 
o’tishning beshta tamoyili: 
Iqtisodiyo tning siyosatdan 
Davlat asosiy isloxatichi 
Qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi 
Kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish 
Bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, bosqichma- bosqich o’tib borish 
2. Boshqarish qarorlarini qabul qilishda qo'llaniladigan usullar. 
35 Boshqarish qarorlarini qabul qilishda qo‘llaniladigan usullar. 
Бошқарув қарорларини қабул қилишнинг самарали усуллари хакида гапирсак универсал, ягона ёндашув мавжуд емас. 
Мавжуд вазият, мавжуд ресурслар ва бошқа муҳим фикрларга асосланган усулни танлашимиз керак. Aнъанавий равишда 
барча усулларни икки тоифага бўлиш мумкин: експерт ва оммавий. Биринчи гуруҳга қуйидагилар киради: 
• 
Aқлий ҳужум. Бу муаммони ҳал қилиш учун ғоялар ва вариантларни жамоавий алмашишдан иборат; 
• 
Комиссия ташкил етиш. Муаммога дахлдор соҳа мутахассислари таклиф етилиб, муҳокамалар орқали фикрлар 
шакллантирилади; 
• 
Делпфи усули. Олдиндан тайёрланган анкеталар ёрдамида керакли маълумотларни тўплаш. Кўпинча бир неча 
турда ўтказилади; 
• 
Сценарийларни ёзиш. Ҳар бир мутахассис муаммо бўйича ўз қарашларини чизади ва вазиятнинг ривожланиши 
учун ўз сценарийсини таклиф қилади; 
• 
Суд усули. Ҳар бир қарорнинг ўз “айбловчилари” ва ўз “ҳимояси” бор. Шундай қилиб, қисқа вақт ичида барча 
ижобий ва салбий томонларини белгилаш мумкин. 
Оммавий ёндашувлар мутахассисларнинг иштирокини талаб қилмайди. Муҳокама мавзуси билан боғлиқ бўлганларни 
йиғиш кифоя. Энг кенг тарқалган усуллар қуйидагилардир: 
• 
Ўйин назарияси. Бу усул аниқ мақсад ва вазифаларнинг мавжудлигини англатмайди. Ҳаракатлар вазиятга қараб, 
муайян иш учун бир марта амалга оширилади; 
• 
Синов ва хатолар усули. У асосан қарорни имкон қадар тезроқ тасдиқлаш зарур бўлганда қўлланилади; 
• 
Парчалаш усули. Катта, қийин вазифалар учун яхши. Улар бир нечта кичикроқларга бўлинган ва аҳамиятига 
қараб тартибланган. 
Бу усулларнинг баъзилари иқтисодий омиллар билан асосланади ва илмийдир. Бошқалар еса интуитивроқ ва менежердан 
тажриба, етакчилик ва қатъиятли бўлишни талаб қилади. Бироқ, уларнинг барчаси ҳозирги ҳолат билан тўғри 
таққосланса, жуда самарали. 
3. Axborot tushunchasi. 
Axborot-bu ma’lumot va xabarlar to„plami bo„lib, mazmunan, yangilik unsurlariga ega bo’ladi va boshqaruv vazifalarini hal 
etish uchun o„ta zarurdir. Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oishirib bo’lmaydi. 
Boshqaruv tizimida axborotni uzatish, olish, qayta ishlash va berish jarayoni amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning borishi 
to’g’risidagi ichki axborot boshqaruvchi tizimga muttasil kelib tushadi 


Ish o’rinlariga homashyoning kelib tushishi; 
Stanok, uskunalarning ishlashi; 
Ishchilarning ishlab chiqarish normalarini bajarishi; 
Tayyorlangan buyumlar miqdori va ularning sifati; 
Mahsulotlarni sotishi haqidagi axborotlar. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling