1. Menejment fani nimani o’rganadi va o’rgatadi? Mazkur fanni o’rgatish vazifasi quydagilar
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'LIQ MENEJMENT JAVOBLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Ringi" usulini qo’llash bosqichlari
Variant -23
l. Boshqaruv bo'g'ini va bosqichi to'g'risida. Boshqarish bo’g’ini - bu boshqarishning ayrim yoki qator funktsiyalarini bajaruvchi mustaqil strukturasi bo’limlaridir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar gorizontal harakterga ega: Vazirlik, birlashma, korxona, tsex, uchastka. Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo’g’inining ikkinchisiga, odatda,quyi bo’g’inning yuqori bo’g’inga izchillik bilan bo’ysinishini ko’rsatadi. Bu vertikal bo’yicha bo’linishdir. 2. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda RINGI usuli. "Ringi" usuli yapon biznesida keng qo’llaniladigan usuldir. Bu usulga ko’ra majlislarda emas, balki so’rab chiqish yo’li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi "Ringi" usulini qo’llash bosqichlari T/r Bosqichlar Izoh 1. Birinchi bosqich - Bu bosqichda firma rahbariyati qanday muammo yuzasidan qaror qabul qilinishi lozim bo’lsa, shu muammo (masalan, yangi mahsulot turini ishlab chiqarishga) doir umumiy mulohazalarni jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda o’rtaga tashlaydi. 2. Ikkinchi bosqich - Muammo "pastga", ya'ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan pog’onaga uzatiladi. 3. Uchinchi bosqich - Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlari bo’yicha ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu ixtiloflarni, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni bartaraf etish bosqichidir. 4. To’rtinchi bosqich - Muammoni hal qilish uchun maxsus kengash va konferentsiyalar o’tkaziladi. 5. Beshinchi bosqich - Bu bosqichda hujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim o’z muhrini bosadi va hujjat firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Yaponiyada "Ringi" usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas'uliyatini oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko’rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo’lgani uchun yapon matbuotida uning sha'niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo’lsa-da, uni qo’llashdan voz kechish to’g’risida hech narsa deyilmaydi 3. Motivlashtirish modellari. Motivlashtirish nazariyasiga asoslanib uning turli modellari ishlab chiqilgan va amaliyotda qo’llanib kelinmoqda. Ularning asosiylari quyidagilardir: • oqilona (ratsional) model; • insoniy munosabatlarni motivlashtirish; • kompleks motivlashtirish modeli. Oqilona (ratsional) model quyidagi chizmaga ega Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling