1. Menejment fani nimani o’rganadi va o’rgatadi? Mazkur fanni o’rgatish vazifasi quydagilar


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/45
Sana24.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1050248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
TO\'LIQ MENEJMENT JAVOBLARI

Variant №5 
1, Boshqarish ta'limotida to'rt yo'nalish. 
Ilmiy menejment maktabi 1340-1400 yillar Amir Temur - Mamlakatni idora qilish va saltanatni boshqarish uslubi
strategiyasi va taktikasini joriy qildi. 
-XIV-XV asrlar voqealari va ijtimoiy hayotni o’zida aks ettirgan qimmatli asar Temur tuzuklarini yaratdi. Mazkur asarda 
bayon etilgan boshqarish yo’l-yo’riqlari, qonun-qoidalari, pand-nasihatlari O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash 
yo’lida xizmat qilmoqda. 
-Kuchli davlatni barpo etish, davlat hokimiyatining qaysi ijtimoiy toifalariga tayanishi, mansabdor shaxslarni ularning 
sifatlariga ko’ra tanlash va vazifalarga tayinlash borasida amaliy jihatdan mukammal bo’lgagn ta'limotni yaratdi. 
-Buyuk davlat arbobi, dunyoviy bilimlarning sohibi bo’lgan Sohibqiron markazlashgan davlatni barpo etishi orqali o’rta 
asrlarda buyuk shaxslar etishib chiqishi uchun moddiy, g’oyaviy zaminni yaratdi. (1885-1920) yillar F. Teylor G. Emerson 
va boshqalar 
- Vazifani bajarishning maqbul usullarini topish maqsadida ilmiy tahlilni qo’llash. 
- Vazifani bajaruvchi eng maqbul xodimni tanlash va uning o’qitilishini ta'minlash. 
- Vazifani samarali bajarilishini ta'minlovchi xodimlarni zarur resurslar bilan ta'minlash. 
- Yuqori mehnat unumdorligini ta'minlash maqsadida xodimlarni muntazam rag’batlantirib turish. 
Mumtoz yoki ma'muriy menejment (1920-1950) A. Fayol, M. Veber va boshqalar 
- Boshqaruv printsiplarini rivojlantirish. 
- Boshqaruv funktsiyalarini bayon etish. 
- Tashkilotni yalpi boshqarishda sistemali yondoshuvni asoslash. 
"Inson munosabatlari" maktabi (1950 yildan hozirgacha) 
E. Meyo, R. Laykert va boshqalar 
- Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida o’zaro munosabatlardan qoniqish hosil qiluvchi usullarni qo’llash. 
- Kompaniyaning siyosati va istiqbolini xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etish. 
2. Boshqaruv usullari 
Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta'sir ko’rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob'ektini 
o’rganish jarayonida qo’llaniladigan usullar, ya'ni: 
• sistema (tizim)li yondoshuv; 
• kompleks yondoshuv; 
• tarkibiy yondoshuv; 
• integratsion yondoshuv; 
• modellashtirish; 
• iqtisodiy-matematik yondoshuv; 
• kuzatish; 
• eksperiment; 
• sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi. 
Ta'sir ko’rsatish nuqtai nazardan esa usul deganda boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob'ektiga 
ta'sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi: 
- funktsional tizimosti ob'ektlarini boshqarish usuli; 
- boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari; 
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari. 
Har xil yondashuvlar, yo’sinlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui - 
boshqaruvning aniq va o’ziga xos usullari deb yuritiladi. 
Boshqaruv usullari - bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta'sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar 
qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi. 
Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob'ektiv tarzda kelib 
chiqadi. 


3. 
Menejment fanining predmeti va metodlari 
Boshqaruv predmeti - bu tashkilotda sodir bo'ladigan va tashkilot maqsadlariga erishish uchun odamlarning o'zaro ta'siri 
bilan bog'liq bo'lgan o'rganiladigan jarayonlar. 
Menejment boshqa fanlardan o'zlashtirilgan turli xil o'rganish usullaridan foydalanadi. Boshqaruv usullariga tarixiy 
yondashuv, tizimli tahlil, tahlil, sintez, induksiya va deduksiya, eksperiment, psixoanaliz va boshqa bir qator usullar kiradi. 
Zero, menejment asosini analitika tashkil etadi, chunki har tomonlama tahlil asosida samarali qarorlar qabul qilinadi. 



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling