Variant -8
1. 1850-1860 yillarda fan-texnika omilining kuchayishi mexnatni tashkil qilish va uni boshqarishda qo‘llanilayotgan
texnokratik usulning xam takomillashtirilishini taqoza etdi. Fan-texnika taraqqiyoti yangi texnologiyalarni
kirib kelishini jadallashtiradi. Endi ishchi kuchiga bo‘lgan munosabat tubdan
o‘zgaradi. Shunday bir sharoitda ilmiy va mumtoz menejmentlarga muqobil xarakat sifatida A¡Shda 1820-1830 yillari
“teylorizm”ga qandaydir darajada qarshi
turuvchi yangi nazariya -
“insoniy munosabatlar” maktabi paydo bo‘ldi. Bu
maktabga amerikalik jamiyatshunos va ruxshunos E.Meyo (1880-1949) asos soldi.
Bu maktab nuqtai nazaridan:
•
ishchi - bu fikrsiz robot emas, balki obro‘-e’tiborda, o‘z-o‘zini xurmat
qilishga, o‘z qadr - qimmatini xis etishga;
•
boshqa kishilar tomonidan ma’qullanishga, shaxsiy maqsadlar va
manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy extiyojlarga ega
bo‘lgan individdir.
Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib,
insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvining:
* tashabbuskorlikdan;
*ishchilar bilan xamkorlikdan;
* kompaniyada “birdamlik ruxi” va “mushtaraklik tuyg‘usi”ni shakllantirishdan foydalanish xamda ularni rag‘batlantirishga
asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqdi. Amerikalik olim D.Mak-Gregor (1906-1964) “inson munosabatlari”
maktabining atoqli namoyandalaridan xisoblanadi. U inson xulq-atvorining ikki
modeli, xodimning o‘z mexnatiga ikki xil munosabatda bo‘lishi mumkinligini
inobatga olib X (iks) va U (igrik) nazariyasini yaratadi.
“Insoniy munosabatlar “ maktabi namoyondasi D.Mak-Gregorning (iks) va (igrik) nazariyasi. X (iks) nazariyasiga
ko‘ra, namunaviy yollanma xodim - tabiatan yolqov bo‘lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo‘yin tovlashga
urinadi, unda izzat talablik, mas’uliyat sezish, faxm - farosat etishmaydi. Bunday xolatda xodimni doimo majburlash, nazorat
qilish, jazolash va jarima solish bilan qo‘rqitib turish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |