1. Menejment fani nimani o’rganadi va o’rgatadi? Mazkur fanni o’rgatish vazifasi quydagilar


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/45
Sana24.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1050248
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
Bog'liq
TO\'LIQ MENEJMENT JAVOBLARI

Variant -11 
1. 
Xodimlarni boshqarish tamoyillari. 
“Xodim” iborasi o`zbek tilining izohli lug`atida “biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi ” ma`nosida 
talqin etiladi. 
Xodimlarni boshqarish ikki guruhdan iborat tamoyillarga asoslanadi. Har bir tamoyil xodimlarni 
boshqarishning u yoki bu jihatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Masalan, ilg‘orlik tamoyili korxona doirasidagi 
boshqaruv tizimining chet el yoki mahalliy ilg‘or korxonalar boshqaruv tizimiga mos keladimi, zamon talabiga javob 
beradimi yoki yo‘qmi degan savolga javob bersa, muvoziylik tamoyili esa xodimlar boshqaruvidagi tezkorlikni oshiradi va 
hokazo 
Korxonada band bo‘lgan barcha xodimlar ikki toifadan iborat: ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar va 
boshqaruvchilar (rahbarlar, mutaxassis-menejerlar). Xodimlarni, ya'ni inson omilini boshqarish quyidagi jihatlarni 
boshqarishni o‘z ichiga oladi (6-chizma). Ishlab chiqarishni boshqarish tizimida mehnat resurslarini boshqarish juda ham 
murakkabdir. Chunki ishlab chiqarish va boshqarish masalalarining markazida odamlar-ishchilar, mutaxassislar va rahbarlar 
turadi. Korxona maqsadiga erishish va rejalarning bajarilishi faqat shular ishtirokida bo‘ladi. Inson omilini hisobga olmaslik, 
insonga bee'tiborlik iqtisodda kamsamaralikka va ishlab chiqarish samaradorligini pasayishiga olib keladi 
2. Menejment qonun-qoidalari va tamoyillari.
Menejment jamiyat qonunlari tizimiga asoslanadi. Nazariy jihatdan tushunmay va asoslanmagan holda birorta yirik amaliy 
masala hal etilishi mumkin emas. Nazariya yangilanishning muhim usulidir. Fan esa voqeylik haqida ob’yektiv bilimlarni 
o’rganish va tartibga solishga qaratilgandir. Bilimlarni tartibga solinishi qonunlarda ifodalanadi. 
Qonun - falsafiy kategoriya bo’lib, borliq voqealarning barqaror, takrorlanuvchan aloqasi va munosabatini, xodisalar yuz 
berishining aniq tartibda bo’lishiga olib keluvchi tomonlarini aks ettiradi. Qonunlarni bilish rivojlanishning ob’yektiv 
yo’nalishlarini aniqlash, amaliy vazifalarni hal etish imkonini beradi. Shu sababli iqtisodiyotni boshqarish qonunlarni bilish, 
ularni amalda ustalik bilan qo’llay olishga asoslanishi kerak. 
Umumiy falsafiy qonunlar materiya, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat, sabab, oqibat, shakl, mazmun kabi kategoriyalar 
vositasida ifodalanadi. Iqtisodiy nazariya qonunlari iqtisodiy kategoriyalar vositasida (mulk, ishlab chiqarish, talab, taklif, 
taqsimot, ayirboshlash, qiymat, narx, foyda, tovar, pul, muvozanatlanish) foydalanadi. 
Iqtisodiyotni boshqarishda qonunlardan qanchalik to’liq va izchil foydalanilsa, mehnat sarfi shunchalik samarali bo’ladi. Va, 
aksincha, boshqarish jarayonida iqtisodiy qonunlarni hisobga olmaslik jamiyat uchun kutilmagan, salbiy oqibatlarga olib 
keladi. Shu sababli boshqaruv qonunlarini o’rganishda faqat amal qilishni emas, balki boshqaruv jarayonida ongli ravishda 
qo’llanilishni ham ko’zda tutish lozim. Boshqaruv qonunlaridan ongli ravishda foydalanishning ko’p jixatdan ularni 
o’rganish bilan bog’liq. Qonunlar qanchalik chuqur o’rganilsa, ulardan amalda to’g’ri foydalanish imkoniyatlari ortadi. 
Lekin boshqaruv qonunlarini bilish ularni aniq amaliyotda muvaffaqiyatli qo’llash uchun kafolat bo’lolmaydi. Qonunlarni 
bilishda nazariya amaliyotdan ajralib qolishi foydasizdir. Demak, qonunlardan foydalanish ularni bilish, tushunish, amalda 


o’z vaqtida va to’g’ri qo’llay olishga bog’liq ekan. Bu boshqaruv samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omildir.
• 
mavjud qonunlarni, ularning u yoki bu bosqichda namoyon bo’lish xususiyatlarini hisobga olgan holda chuqur va har 
tomonlama bilish; 
3. Menejmentda kommunikatsiya. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling