1. Menejment fani nimani o’rganadi va o’rgatadi? Mazkur fanni o’rgatish vazifasi quydagilar


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/45
Sana24.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1050248
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
Bog'liq
TO\'LIQ MENEJMENT JAVOBLARI

Variant -l2 
1. Amir Temur davlatni boshqarishda qanday tamoyillarni asos qilib olgan?
asrning II yarmi - XV asrning boshlarida Amir Temur o'zining buyuk imperiyasiga asos soldi.Movarounnahrda uzoq vaqt 
hukm surgan feodal tarqoqlikka chek qo'yilib, nisbatan markazlashgan kuchli davlat tashkil etildi.Yakka hokimlik shaklida 
idora etiluvchi mazkur davlatning tepasida monarx - yakka hokim - amir turar edi.Davlat boshlig'i - amir hokimiyati 
cheklanmagan.U qonunlar chiqargan, o'zi ularni bekor qilgan.Davlatdagi hamma mansablar amir tomonidan ta'sis 
etilgan.Amir barcha mansabdor shaxslarni tayinlagan va bo'shatgan.Amir mamlakat harbiy qo'shinlarining yagona 
qo'mondoni hisoblangan.«Temur tuzuklari»ning «Saltanatni o'z erkimda saqlash uchun amal qilgan tuzugim» deb nomlangan 
maxsus bobida quyidagi ko'rsatmalar mavjud:«raiyat podshosining aytgan so'zini,qilgan ishini o'zi aytadi,o'zi qiladi,hech kim 
bunga aralasha olmaydi...,boshqalar saltanat ishlarida podshohga sherik,yoxud ustun bo'lmasliklari shartUning aql-zakovati 
va donishmandligi mahsuli bo'lgan «Tuzuklar»da buyuk davlatni boshqarishning barcha asosiy tamoyillari,yo'1-yo'riqlari har 
jihatdan asoslab berilgan edi.Taniqli xorijlik olim D. Logafetning yozishicha,«Yevropada konstitutsiya haqida oddiy 
tushunchaga ham ega bo'lishmagan davrlarda uning davlatida konstitutsiyaviy qonunlar majmuasi - «Tuzuk» mavjud 
bo'lgan».«Temur tuzuklari»da davlat tuzilishining asosiy bo'g'inlari,ularning vazifa,funksiyalari,vazirlarning faoliyatlari,turli 
xil ijtimoiy guruhlar,tabaqalarga munosabat,qo'shin tuzilishi,davlatning moliya va soliq siyosati,mulkiy munosabatlar hamda 
shu singari dolzarb masalalar,ularni hal etish yo'llari aniq-ravshan ifodalangan.Shuningdek,«Tuzuklar»da har bir masalani 
hal etishda,voqea,hodisalarni tahlil etganda,xolis ko'z bilan yondashish,fuqaro ahliga jabr qilmaslik,yurtga xiyonat 
etmaslik,dinu diyonatga,qonun ustuvorligiga qat'iy amal qilish,adolat va haqiqat mezonlari bilan faoliyat yuritish lozimligi 
qayta-qayta ta'kidlab o'tilgan. Amir Temurning Nizomulmulk tomonidan yaratilgan «Siyosatnoma» asaridan davlat ishlarida 
keng qo'llanma sifatida foydalanishi,«Temur tuzuklari»da «Siyosatnoma»dan fikrlar keltirishi bunga yorqin misoldir.Amir 
Temur o'ziga qadar mavjud bo'lgan davlatchilikning sakkizta asosiga amal qildi: davlat siyosiy jihatdan mustaqil bo'lishi; 
- davlat va jamiyatning siyosiy yaxlitligi buzilmasligi
- davlat va jamiyat muayyan qonunlar,tartiblar,mafkura asosida boshqarilmog'i; 
- boshqaruv tizimini muvofiqlashtirib turuvchi qoidalar shakl-langan bo'lishi; 
- jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ahvoli davlat e'tiborida bo'lishi; 
- fan va madaniyat ravnaqi to'g'risida doimiy qayg'urish; 
Amir Temur davlatchilikning bu asoslariga to'qqizinchisini,jamiyat rivoji va barcha ijtimoiy tabaqalar,manfaatlarini 
ta'minlashni qo'shdi.Temur muhim davlat ishlarini jamiyatning yuqori qatlami vakillaridan iborat majlis (kengash)da ko'rib 
hal qilgan.Majlisda kimlar ishtirok etishi va ularning taxtga nisbatan joylashish tartibi Temur tuzuklarining «Saltanat 
saroyida o'tirish va o'rin olish tuzugi» degan bobida batafsil ko'rsatib berilgan.Unda aytilishicha,sayyidlar,qozilar,ulamo, 
fuzalo,shaxslar ,ulug'lar va ashrof(sharaf va e'tiqodli kishilar),oliy tabaqaga mansub kishilar taxtning o'ng tomonida,amir ul-
umaro,beklarbegi, amirlar, no'yonlar, ulus, tumanlar va qo'shinlarning sardorlari va amirlari, mingboshilar, yuzboshilar, 
o'nboshilar chap tomonda o'tirishlari lozim bo'lgan.Devonbegi va vazirlar taxtning qarshisida, turli mamlakatlar, el-
uluslarning kalontarlari (shahar boshliqlari) va kadxudolari (qishloq, jamoa oqsoqollari) vazirlar orqasida, bahodirlar
o'g'lonlar taxtning orqasidan o'ng tomonda, qorovulbegilar (qo'shinning oldida boruvchi xabarchi qism boshliqlari) esa 
taxtning orqasidan chap tomonda o'tirishlari kerak edi.Xirovul (qo'shinning ilg'or qismi ketidan boruvchi bo'linma) amir taxti 
ro'parasidan o'rin olgan, ichki (kichik lavozimdagi saroy xizmatchisi), xususiy yasovul esa katta chodir eshigi oldida, 
dodxohlar (arz-dod bilan kelganlarning arizasini qabul qilib olib, podshoga yetkazuvchi mansabdorlar) o'ng va chap tomonda 
tik turganlar. Qolgan sipohiylar va xizmatkorlar o'z martabalariga qarab saf tortib tik turganlar. Majlis tantanali, bayramona 
o'tgan.Podsho yig'ilganlarga shohona ziyofat bergan. Biroq majlis maslahatchi organ bo'lgan.Majlisda hal qiluvchi ovoz 
amir-podshoning o'ziga tegishli bo'lgan.Bundan tashqari,Temur tor doiradagi kishilar bilan ham kengash o'tkazib turgan.Bu 
davlat kengashida asosan shahzodalar va harbiy boshliqlar (amirlar ishtirok etib, urush va tinchlik masalalarini, ayniqsa uzoq 
mamlakatlarga yurish bilan bog'liq masalalarni muhokama qilganlar.Davlat kengashi tinchlik vaqtida Samarqandda amir 
saroyida chaqirilgan.Unda amirning qarindosh-urug'lari, ruhoniylarning oliy vakillari, bosh amir, beklarbegi, amirlar, uluslar 
va tumanlarning boshliqlari, mingboshilar, yuzboshilar, vazirlar, devonbegi va boshqalar ishtirok etganlar. Amir Temurning 
tarixdagi xizmati shundan iboratki, u davlatchilikning boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosatining tartib-qoidalari, huquqiy 
asoslarini yangi tarixiy sharoitda takomillashtirdi. Tashqi va ichki favqulodda voqealardan voqif etib turuvchi ming nafar 
piyoda, ming nafar tuya mingan, raing nafar ot mingan choparlari bo'lgan. Butun saltanat bo'ylab bir kunlik yo'l oralig'ida 
yomxonalar tashkil etilgan. Har bir yomda 50-200 boshdan ot-ulov tutilgan.Sohibqiron mamlakatni boshqarishda o'z 
yaqinlariga suyandi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling