1. Menejment fani nimani o’rganadi va o’rgatadi? Mazkur fanni o’rgatish vazifasi quydagilar


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/45
Sana24.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1050248
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Bog'liq
TO\'LIQ MENEJMENT JAVOBLARI

Kommunikatsiya 
Kishilar o‟rtasidagi o‟zaro axborot almashinuvidir. Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali 
almashinishini talab qiladi. Yaxshi yo‟lga qo‟yilgan kommunikatsiya ish muvofaqiyatini taminlaydi. So„rovlar shuni 
ko„rsatadiki, 73 foiz amerikalik, 85 foiz yapon, 63 foiz angliyalik rahbarlar kommunikatsiya qo„yilgan maqsadga erishish 
uchun bosh to„siq deb hisoblaydilar. 
KOMMUNIKATSIYA SAMARADORLIGI 
•KISHILAR BILAN YAKKAMA-YAKKA SUHBAT OLIB BORISH QOBILIYATI. 
•TELEFONDA SO‟ZLASHUV QOBILIYATI 
•RASMIY HUJJATLARNI TUZISH VA O‟QIY OLISH QOBILIYATI 
•MAJLISLARDA QATNASHISH MADANIYATI 
Tashqi kommunikatsiya - bu tashkilot bilan tashqi muhit o„rtasidagi axborot almashuvidir. Tashqaridan keladigan 
axborotlar, jumladan yuqori boshqaruv organlari, hokimiyat, vazirlik, qo„mitalar, Vazirlar Mahkamasi, Prezident devoni 
axborotlari bunga misol bo„ladi. 
Ichki kommunikatsiya - deganda korxona ichidagi bo„limlar o„rtasidagi, korxona ichki faoliyatini yurgizish uchun zarur 
bo„lgan axborot almashuvi tushuniladi. Bu erda boshqaruv bo„g„inlari (vertikal kommunikatsiya) va bo„limlararo 
(gorizontal kommunikatsiya) axborot almashuvi amalga oshiriladi. 
Rahbar va bo„ysinuvchi o„rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotda eng ko„p uchraydigan axborot almashuvidir. 
Masalan, tsex boshlig„i ¸ki masterning jamoa va ayrim xodimlar bilan jonli aloqasi juda yuksak baholanadi. Jonli aloqada 
rahbar faqat o„z qarorini bildiribgina qolmay, bo„ysunuvchilarga ta‟sir ko„rsatish, ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun 
tashabbus va hohish uyg„otish mumkin. qo„pollik bilan baqirishga, “so„kishga” va hokazolarga aslo yo„l qo„yilmaslik 
kerak. Rahbarning shaxsiy obro„si ko„p jihatdan u o„z fikrini qay tarzda bildirishga, qanday so„zlashishga bog„liq. 
Noformal kommunikatsiya - bu rahbar atrofidagi shov-shuvlar, rahbarning xizmatga doir bo„lmagan shaxsiy aloqalari, 
norasmiy kanallar bilan axborot almashuvlari kiradi. Bunday axborot almashuvi ham bo„lishi kerak, ammo chegara 
doirasida. 



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling