1. Menejment fani nimani o’rganadi va o’rgatadi? Mazkur fanni o’rgatish vazifasi quydagilar


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/45
Sana24.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1050248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
TO\'LIQ MENEJMENT JAVOBLARI

 
 


Variant №2 
1. Menejment ob’ekti va sub’ekti.
Menejment obyekti xaqida so‘z yuritganda, eng avvalo, ob’ekt so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo‘ladi. 
Shu ma’noda ob’ekt - bu: 
•bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan xolda mavjud bulgan borliq, voqelik, moddiy dunyo 
•kishi faoliyati, diqqat - e’tibori qaratilgan xodisa, predmet, shaxs; 
•xo‘jalik yoki mudofaa axamiyatiga ega bo‘lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va shu kabilar. 
Demak, ob’ekt tushunchasi mikro voqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, 
jamiyat) darajasigacha bo‘lgan ma’noni o‘z ichiga oladi. Masalan, “Xaydovchi o‘z mashinasini boshqara ololmaganligi 
sababli u yo‘ldan chiqib ketgan”. Bu erda boshqaruv obyekti bo‘lib mashina xisoblanadi. 
Yoki, “U kishi o‘zini juda yaxshi boshqara oladi”. Bu erda boqaruv obyekti bo‘lib kishi, shaxs xisoblanadi. Futbol 
komandasi yoki shaxar transporti xarakatini boshqarish. Tuman, viloyat, mamlakatni boshqarish va x.k. menejmentning 
yoki boshqarishning ob’ektlaridir.Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning raxbarlari menejmentning subyekti, 
ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar - bashqaruvchilar bo‘lib xisoblanadi.Shunday qilib xar qanday xodisa yoki 
jarayon negizi boshqariladigan ob’ekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi. 
Menejment obyekti va subyekti 
Makrodarajada 
Mamlakat (respublika): 
•qonun chiqaruvchi xokimiyat (Oliy majlis) 
•ijro etuvchi xokimiyat (O’zR VazirlarMaxkamasi) 
•sud xokimiyati 
2. Sotsiologik tatqiqotlar usullarini tashkil etish. 
So’rash usuli sotsiologiyada keng yoyilgan tadqiqot shakli hisoblanadi. Bu usulda guruh yoki ayrim kishilarga savollar 
bilan murojaat qilib, dastlabki, birlamchi ma'lumotlar to’plab olinadi. So’rash usulining yozma va og’zaki turlari mavjud. 
Bundan tashqari statsionar va sirtqi, ommaviy va ekspertlar uchun, saylanma va yalpi shakllarda namoyon bo’ladi. 
So’rash usullarining bugungi kunda keng tarqalganligi, aloxida e'tibor va obro’ga ekanligi ko’pgina sabablarga bog’liqdir. 
So’rash usullari orqali shunday ma'lumotlarga ega bo’lishi mumkinki, bunday ma'lumotlarni hamisha xam hujjatli 
manbalardan olish mumkin emas. Anketa usuli va uni qo’llanilishi. Anketa so’zi fransuzcha atama bo’lib, tadqiq etish, 
o’rganish, so’rash degan ma'nolarda qo’llaniladi. Anketa usuli ommaviy faktlar kelib chiqish sabablarini aniqlash, mazkur 
faktlarning turli qirralari, umumiy tendensiyalarini, jamoatchilik fikrining bu hodisalariga nisbatan munosabati 
masalalarini o’rganadi. Anketa o’tkazishdan maqsad sotsiologik tadqiqotlar nuqtai nazaridan dastlabki, aksariyat hollarda 
muayyan mo’ljal olinuvchi ma'lumotlar to’plashdan iboratdir. Anketa ba'zi xususiyatlariga ko’ra intervyu janriga yaqin 
turadi, ammo beriladigan savollar alohida olingan respondentga emas, balki ko’pgina kishilar gurhxiga qaratilgan bo’ladi. 
Anketa so’rovi shaklining asosiy komponentlari sotsiolog, respondent va anketadan iboratdir. 
Anketa savollari respondent tomonidan to’ldiriladi. Shu boisdan ham anketa bilan ishlash usulida savollar respondent 
uchun juda ravshan va aniq bo’lishi zarur. Anketa shunchaki tuzilmaydi, balki muayyan tadqiqot natijalariga erishish 
vositasi sifatidagina tuziladi va amalga oshiriladi.Demak, anketa vosita, muayyan maqsadga erishish omilidir. Anketaning 
kirish qismida sotsiolog tadqiqot o’tkazayotgan ilmiy tashkilot yoki tadqiqot guruhi manzilgoxi, tadkikotning nomi va 
maksadi, anketani tuzuvchining ismi- sharifi, ilmiy unvoni va darajasi, anketa tuzilgan vaqt va respondentga berilgan 
savollarga qay tarzda javob qilish usuli va nihoyat, to’ldirilgan anketani kimga va qaerga topshirish yo’llari qisqa va 
lo’nda bayon etiladi.
3. Menejment tamoyillari xaqida. 
Menejment tamoyillari 
•Tamoyil - mayl, moyillik, tendentsiya. 
• “Printsip” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, asos, dastlabki, ya‘ni xatti-xarakat yoki faoliyatning asosiy qoidasi, rahbar 
g’oya ma‘nolarini bildiradi. Printsiplarni menejment fani va amaliyotining poydevori deyish mumkin. 
•Qonun va tamoyillarda menejmentning obyekti va subyekti o’rtasidagi obyektiv, muxim, takrorlanadigan, nisbiy, 


turg’un, aniq muayyanlik va mohiyat bilan umumiy bog’lanish va aloqadorlik o’z ifodasini topadi. Bu umumiy 
bog’lanish va aloqadorliklar ma‘lum shart-sharoitlarda voqealar rivojining yo’nalishi va xususiyatini belgilab beradi. 
•Bundan ko’rinib turibdiki, menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari faqat xamma uchun majburiy bo’lgan 
norma, qoida, rasm-rusum, moyilliklar orqali ta‘riflanishi va ifodalanishi mumkin. 
Menejment tamoyillari: Yakkaxokimlik tamoyili; Ilmiylik 
tamoyili; Qayta aloqalar tamoyili; Javobgarlik tamoyili;
Rejalashtirish tamoyili; Ierarxiya (pog‟ona) tamoyili; Demokratiyalash 
tamoyili. 
Amir Temur hukmronligi davridagi davlat boshqaruvi tamoyillari:
Ilmiylik; Yakka xokimlik; Iyerarxiya (pog‟ona);
Bilimdonlik; Demokratiya. 



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling