1. Menejment fani nimani o’rganadi va o’rgatadi? Mazkur fanni o’rgatish vazifasi quydagilar


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/45
Sana24.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1050248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
TO\'LIQ MENEJMENT JAVOBLARI

Variant №4 
1 . Menejment fanining boshqa fanlar bilan o'zaro aloqasi. 
Menejment-fani boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuasidir. U ijtimoiy iqtisodiy, sotsial, xuquqiy, kibernetika va 
boshqa fanlar bilan aloqadordir. 
Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bog‘liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga 
mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo‘llashga, xar bir xodimga va jamoaga ta’sir ko‘rsatishga 
asoslanadi. Bir qator iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mexnat 
iqtisodiyoti kabilar xam menejment fani bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Boshqarish fani bilan yuridik fanlari o‘rtasida muayyan munosabatlar mavjuddir. Yuridik fan boshqaruv faoliyati 
qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, xuquqiy normalarni qanday qo‘llash xamda xo‘jalik yuritish jarayonida 
boshqaruv organlari, raxbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy xujjatlardan, qonunlardan foydalanishini belgilab beradi. 
Sotsiologiya, psixologiya va mexnat fiziologiyasi boshqaruv muammolarini ishlab chiqishda juda katta rol o‘ynaydi. 
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog‘langandir. U 
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganadi. 
Kibernetika yutuqlari: 
•boshqaruvdagi axborot tizimini takomillashtirishga; 
•boshqarish jarayonini kompyuterlashtirishga; 
•avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratishga keng yo‘l ochib beradi. Qayd qilingan aloqador fanlarni mukammal 
o‘rganish boshqarishning sir- 
asrorlarini chuqur anglashga va uni samarali qo‘llashga imkon beradi 
2. Boshqaruv funktsiyasi deganda nimani tushuniladi? 
Boshqaruv funktsiyasi deganda nimani tushuniladi? Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tash-kil 
qilishdan kelib chikadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: loyihalash; konstruktorlik; rejalashtirish 
kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiya-lar paydo bo’ladi. Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tay-yorlash, 
ya’ni,mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish, mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash; asbob-
uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiyalar paydo bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonini 
boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun ishlab chiqarish vositalari, texnika, xom ashyo, energiya, transport kabi 
moddiy ta’minot vositalari zarur. Shundan keyin, kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish, mehnatni tashkil qilish
ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish kabi bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi. Ko’rinib turibdiki, boshqaruv 
mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’layapti. Zero, funksiyalar faoliyat turlarini, sub’ektning 
boshqarish obyektiga aniq, ta’sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi. Aniq funksiyalar. Iqtisodiy funksiyalar. Qo’llanish va 
foydalanish miqyosiga qarab sotsial funksiyalar boshqarish faoliyati turlariga qarab ma’naviy-ma’rifiy funksiyalar. 
Tashkiliy funksiyalar boshqaruv funksiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o’zi ham bo’lishi mumkin emas. 
Funksiyalar tarkibini, ularning ko’lamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv 
apparatining tashkiliy tarkibini loyhalash uchun muhim asos bo’lib hisoblanadi. 
Boshqarish funksiyalari — ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar bo’yicha turkumlarga ajratib 
o’rganish zaruriyati tug’iladi. Boshqarish funksiyalarining tasnifi. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasnifi va 
mazmunini o’rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. 
G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning quyidagi 
asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik beradi: rejalashtirish; tashkil qilish; tartibga solish va muvofiklashtirish; 
nazorat; rag’batlantirish (motivlashtirish). Bu funksiyalar boshqaruvning barcha bo’g’inlarida va hamma bosqichlarida 
quyidagi izchillikda amalga oshiriladi: 
• 
Rejalashtirish; 
• 
Marketingni boshqarish
• 
Moliyaviy boshqarish; 
• 
Sifatni boshqarish; 
• 
Mehnatni boshqarish; 
• 
Xodimlarni boshqarish; 


• 
Innovatsiyani boshqarish va hokazo. 
Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va sohalari alohida ajralib turadi. 
Boshqarishning yuqorida sanab o’tilgan asosiy funksiya-lari ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida muhim o’rin 
tutishi zarur bo’lganligi tufayli ularni mufassal ko’rib chiqamiz. 
Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni rag’batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat 
bilan tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funk-siyalar jarayonida o’z aksini topadi. Bu funksiyalar 
boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarga ega bo’lib, boshqaruv apparatining barcha 
rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo’ladi. Ular-ni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini 
qamragan funk-siyalar deyish ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bo’yiga (vertikaliga), ham eniga 
(gorizontaliga) qamrab oladi. Boshqarish funksiyasini tasniflashning ikkinchi yondashuvida boshqarish ishini aniq 
ijrochilar bo’yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funksiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, 
zamonaviy g’arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20—25 tadan kam bo’lmagan funksiyalar ajratiladi. Bular 
quyidagilardir: asosiy ishlab chiqarishni boshqarish; qo’shimcha ishlab chiqarishni boshqarish; ishlab chiqarishga xizmat 
qiluvchi ishlab chiqarishni boshqa-rish
Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funksiyalar quyidagicha bo’ladi: boshqarishning iqtisodiy funksiyalari, ya’ni, 
mablag’larning doiraviy aylanishni amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, marketing 
xizmatini uyushtirish, foyda olishni ta’minlash va h.k.; boshqarishning sotsial funksiyalari, ya’ni: mehnat sharoitini 
yaxshilash, xodimlarning uy-joyga ehtiyojini, sotsial madaniy-ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, moddiy rag’batlantirishni 
ta’minlash, ijtimoiy himoyani ta’minlash va h.k.; boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyalari, ya’ni, xodimlarni 
insoniylik, yaxshilik, mehr-shafqatli va o’zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo’lish ruhida tarbiyalash, xodimlarni Vatanga 
muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiya-lash, halolikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga 
xizmat qilish va h.k. Boshqarishning tashkiliy funksiyalari ya’ni, ishlab chiqarishni tashkil qilish, o’zaro aloqalarni 
o’rnatish va muvofiqlashtirish, barcha bo’g’in va bo’limlar o’rtasida vazifalar taqsimoti, vakolat va boshqarish apparati 
xodimlari o’rtasida ma’suliyatlarni belgilash, boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi 
izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k. Qayd qilingan funksiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma’lum darajada 
tartibga solingan ko’p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham boshqarish 
jarayonida ularning birortasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. 
3. Boshqarishdan maqsad nima? 
Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu. 
Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o’z orzularini ushalishiga yo’naltiradi 
ish joylarini va ularning yig'ilishlari rejalarini ishlab chiqish; rejalarni amalga oshirish bo'yicha ishlarni 
tashkil etish; vazifalarning bajarilishini nazorat qilish; amalga oshirish jarayonida maqsadlar va ularga 
erishish yo'llarini moslashtirish 



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling