1. Menejment fani nimani o’rganadi va o’rgatadi? Mazkur fanni o’rgatish vazifasi quydagilar


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/45
Sana24.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1050248
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
Bog'liq
TO\'LIQ MENEJMENT JAVOBLARI

1) 
sodda hujjatlar – muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi;
2) 
murakkab hujjatlar – ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi. 
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim. Bu jihatiga 
ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; nusxa; ikkinchi 
nusxa (dublikat); ko‘chirma.
 
 O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va 
takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va 
uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda eng avvalo o‘zbek 
tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish 
zarur. 
Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir.
Hujjat matni 
aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga ham javob berishi 
kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, 
bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin 
pasaytiradi. 
Hujjatchilikda imlo va tinish belgilari masalasiga alohida e’tibor qilish kerak. 
Savodli yozilgan hujjatgina o‘z vazifasini mukammal bajarishi mumkin. 
Hujjatning nomini yozishda bizda har xillik mavjud, xususan, ba’zan kichik harf 
bilan, ba’zan bosh harf bilan yoziladi. Hujjatning nomi bo‘lganligi uchun uni bosh 


harf bilan yozgan ma’qul, shuningdek, bosma matnda boshqa usul bilan, masalan, 
mazkur nomni to‘lig‘icha bosh harflar bilan yozish orqali ham ajratib ko‘rsatish 
mumkin.


Variant -28 
1. Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal etishga qaratilgan: 
1. 
Kishilarning ijtimoiy-ruxiy xususiyatlari, chunonchi, qobiliyatlari, mijozlari, harakatlari va 
hokazolarni hisobga olgan holda mehnat jamoalarini tashkil toptirish. Buning natijasida jamoani 
rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay 
shart- sharoitlar yaratiladi. 
2. 
Ijtimoiy yurish-turish me'yorlarini o’rnatish va rivojlantirshga yaxshi va namunali an'analarni 
qo’llab-quvvatlash va milliy urf-odatlarni joriy etish hamda jamoa ongini o’stirishga yordam beradi. 
3. 
Ijtimoiy rivojlantirishni va kishilarniig intilishini, tashabbusini rag’batlantirish, umumiy 
ta'lim darajasini oshirish, madaniy, ma'naviy va ma'rifiy o’sish, malaka oshirish, estetik ravnaq va 
mehnatga ijodiy munosabatni ta'minlaydi. 
4. 
Kishilarning madaniy va ijtimoiy-maishiy ehgiyojlarini qondirish, chunonchi, uy-joylar, 
bolalar bog’chalari, klublar, profilaktoriylar, sport inshootlari va hokazolarni ko’rishga sharoit tug’diradi. 
5. 
Mehnat jamoalarida talabchanlik, o’zaro yordam, intizomni buzuvchilarga murosasizlikdan 
iborat sog’lom ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirish va uni qo’llab-quvvatlashga sharoit 
tug’diradi. 
Odamlarning o’z mehnatidan, tanlagan mutaxassisligi va kasbidan qoniqishlari uchun, ishlab chiqarish samaradorligi va ish 
sifatini oshirish uchun shart-sharoitlarini vujudga keltiradi 
2. Chiziqli-shtabli strukturadan farqli o’laroq 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling