1. Menejment fani nimani o’rganadi va o’rgatadi? Mazkur fanni o’rgatish vazifasi quydagilar
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'LIQ MENEJMENT JAVOBLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Variant -28
1)
sodda hujjatlar – muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi; 2) murakkab hujjatlar – ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi. Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim. Bu jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; nusxa; ikkinchi nusxa (dublikat); ko‘chirma. O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda eng avvalo o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur. Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi. Hujjatchilikda imlo va tinish belgilari masalasiga alohida e’tibor qilish kerak. Savodli yozilgan hujjatgina o‘z vazifasini mukammal bajarishi mumkin. Hujjatning nomini yozishda bizda har xillik mavjud, xususan, ba’zan kichik harf bilan, ba’zan bosh harf bilan yoziladi. Hujjatning nomi bo‘lganligi uchun uni bosh harf bilan yozgan ma’qul, shuningdek, bosma matnda boshqa usul bilan, masalan, mazkur nomni to‘lig‘icha bosh harflar bilan yozish orqali ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Variant -28 1. Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal etishga qaratilgan: 1. Kishilarning ijtimoiy-ruxiy xususiyatlari, chunonchi, qobiliyatlari, mijozlari, harakatlari va hokazolarni hisobga olgan holda mehnat jamoalarini tashkil toptirish. Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay shart- sharoitlar yaratiladi. 2. Ijtimoiy yurish-turish me'yorlarini o’rnatish va rivojlantirshga yaxshi va namunali an'analarni qo’llab-quvvatlash va milliy urf-odatlarni joriy etish hamda jamoa ongini o’stirishga yordam beradi. 3. Ijtimoiy rivojlantirishni va kishilarniig intilishini, tashabbusini rag’batlantirish, umumiy ta'lim darajasini oshirish, madaniy, ma'naviy va ma'rifiy o’sish, malaka oshirish, estetik ravnaq va mehnatga ijodiy munosabatni ta'minlaydi. 4. Kishilarning madaniy va ijtimoiy-maishiy ehgiyojlarini qondirish, chunonchi, uy-joylar, bolalar bog’chalari, klublar, profilaktoriylar, sport inshootlari va hokazolarni ko’rishga sharoit tug’diradi. 5. Mehnat jamoalarida talabchanlik, o’zaro yordam, intizomni buzuvchilarga murosasizlikdan iborat sog’lom ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirish va uni qo’llab-quvvatlashga sharoit tug’diradi. Odamlarning o’z mehnatidan, tanlagan mutaxassisligi va kasbidan qoniqishlari uchun, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun shart-sharoitlarini vujudga keltiradi 2. Chiziqli-shtabli strukturadan farqli o’laroq Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling