1. Menejment fani nimani o’rganadi va o’rgatadi? Mazkur fanni o’rgatish vazifasi quydagilar


Javoblar:  1.Boshqarish strukrurasi


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/45
Sana24.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1050248
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45
Bog'liq
TO\'LIQ MENEJMENT JAVOBLARI

Javoblar: 
1.Boshqarish strukrurasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va 
funksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va 
bo’g’inlarining majmuasi tushuniladi. 
Chiziqli-shtabli struktura har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar, 
maslahatchilar kengashi, ya'ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Bu struktura 
quyidagi ko’rinishga ega:
Maslahatchilar, referentlar, yuridik xizmat bo’limi va 
boshqaruvchi.Marketing tadqiqoti bo’yicha marketologlar guruhi, mehnatni 
muhofaza qilish xizmati, audit guruhi va boshqaruv. 
Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarga qaror qabul 
qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo’lishiga 
asosiy sabab - bu tashkilotlardagi funktsiyalarning murakkablashuvidir. Bu erda 
mehnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Chiziqli 
rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo’lidagi birlamchi vazifalarning 
bajarilishiga javobgar bo’lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe bo’lgan 
ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslahat berish 
funktsiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy 
va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofig’ini aniqlash va uni uzil-kesil 
qabul qilishdan iborat.Bu strukturaning afzalligi shundan iboratki, chiziqli 
rahbarlar o’z diqqatlarini ilmiy-tadqiqot ishlarga emas, balki asosan, korxonaning 
joriy faoliyatiga qaratadilar. Kamchiligi esa boshqaruv tizimida ortiqcha 
bo’g’inlarning paydo bo’lishi, boshqarish tezkorligining susayishi, boshqarish 
harajatlarining o’sishidadir. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yurtimizda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda 
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida 2006 yilning 29 avgustida qabul qilingan 
“Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini 
joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mavjud.
Ushbu qarorga muvofiq korxonalar, asosan ishlab chiqarishi eksportga 
yo‘naltirilgan korxonalarda sifat menejmenti tizimini majburiy tarzda joriy etish 
ko‘zda tutilgan. 


Tizimning maqsadi - samarali boshqaruv tizimini qanday tashkil etish
hujjatlashtirish va saqlashni boshqarish va kompaniyalar o'rtasida ishonch muhitini 
yaratish; Jarayonlarni boshqarish orqali mahsulot xizmat sifatini ta'minlash, 
saqlash va yaxshilash, xaridorga mahsulot va xizmatlarning izchilligiga ishonch 
berish. 
Sifat tizimlarini joriy etish ichki bozorni kengaytirish va eksport imkoniyatlarini 
oshirish orqali biznesda uzoq muddatli maqsadlarga erishish imkonini beradi. 
Bundan tashqari korxona menejmenti samaradorligi oshadi, xodimlarning ijro 
intizomi kuchayadi. Raqobatbardoshlik, ishbilarmonlik mavqei ko‘tariladi. 
Mahsulotni rad etish va qaytarish xavfi kamayadi. Investisiya va bank kreditlarini 
olish osonlashadi. Eng asosiysi, iqtisodiy ko‘rsatkichlar yaxshilanadi.
ISO 9000 
sifat standartlarining eng katta foydasi bu tashkilotlarning xarajatlarini kamaytirish
resurslardan samarali foydalanishni ta'minlash va shu bilan daromadlarni 
ko'paytirishdir. 
3.Hujjatlar xizmat va shaxsiy hujjatlarga bo’linadi: Xizmat hujjatlari muassasa, 
tashkilot, korxona yoki ularning vakolatiga ega bo’lgan mansabdor shaxslari 
nomidan bo’ladi. Bayonnoma, tavsifnoma, dalolatnoma shular jumlasidandir. 
Alohida fuqarolar nomidan yozilgan hujjatlar – tarjimayi hol, ariza, ishonchnoma 
va shu kabi shaxsiy hujjatlardir. Hujjatlar tarixiy manba, dalillash yoki guvohlik 
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling