boshqaruvning funktsional strukturasi rahbarlar va struktura bo’g’inlarining
boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo’g’iniga muayyan funktsiyalar biriktirib
qo’yiladi. Masalan, biri marketingni, ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa moliyani boshqarish bilan shug’ullanadi.
Boshqarish apparatini funktsional ixtisoslashtirish uning samaradorligini ancha oshiradi.
Boshqarishning barcha funktsiyalarini bajarishi lozim bo’lgan universal rahbarlar o’rniga o’z sohasini
puxta biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan, o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan
mutaxassislar apparati paydo bo’ladi.
Albatta, funktsional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari:
•
o’z sohasini
chuqur va puxta biladigan;
•
jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo’lgan;
•
o’z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan;
•
chiziqli struktura rahbarlarini shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligiga
ishontira oladigan kishilar bo’lishi kerak.
Funktsional bo’linmalar bevosita barcha quyi struktura bo’linmalarining faoliyatini boshqaradi.
Funktsional boshqarish u yoki bu funktsiya vakolatiga taalluqli tor doiradagi masalalar bo’yicha quyi
bosqich organlari va bo’linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta'minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo’limi
tsexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi.
Bunda ham funktsional bo’limlar rahbarlarining vertikal bo’yicha ierarxiyasi va bo’ysunishi
mavjud. Ammo chiziqli strukturadan farqli o’laroq bunday bo’ysinish ma'muriy emas, balki sof uslubiy
maslahatli bo’ysinishdir. Funktsionalstruktura ham o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.
Salbiy tomonlari: bunda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv
samaradorligining, kasb mahorati darajasining o’sishini ta'minlaydi, funktsional sohada muvofiqlashtirish
ishini yaxshilashga erishiladi. Xizmatchilar bunga yaxshi va tez ko’nikma hosil qiladilar, moddiy
harajatlarni kamaytiradi va boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo’yadi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |