1. Menejment fanining mohiyati, obyekti va subyekti. Menejment fanining umum falsafiy usullari. Menelment fanining usullari


Menejment – muvaffaqiyatli faoliyatni ta’minlashga qodir boshqaruv uslubi


Download 69.91 Kb.
bet5/10
Sana16.03.2023
Hajmi69.91 Kb.
#1273015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-MAVZU. MENEJMENT

Menejment – muvaffaqiyatli faoliyatni ta’minlashga qodir boshqaruv uslubi
Ayrim korxonalar o’z faoliyat maqsadiga erishgach, tugatiladi. Biroq, ko’pchilik tashkilotlar imkon qadar uzoq vaqt davomida faoliyat yuritishni ko’zlaydi. Buning uchun vaziyat taqozosiga ko’ra, faoliyat maqsadlarini va yo’nalishlarini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Biznes bilan shug’ullanishni ko’zlovchi barcha korxonalar vaqti-vaqti bilan yangi mahsulot yoki xizmat turini taklif etishga urinadi.
Tashkiliy va iqtisodiy samaradorlik.
Tashkilot uzoq vaqt mobaynida muvaffaqiyatli ish yuritishi uchun o’z faoliyatining ham tashkiliy, ham iqtisodiy jihatdan samarali bo’lishiga erishmog’i lozim. P.Drukerning e’tiroficha, tashkiliy samaradorlik muayyan xatti-harakatlar o’rinli va to’g’ri bajarilayotganligidan dalolat bersa, iqtisodiy samaradorlik ushbu xatti-harakatlarning pirovard natijasi hisoblanadi.
Tashkiliy samaradorlikni aniqlash va hisoblab chiqish juda mushkul, zero ko’pchilik hollarda bu xil faoliyat ko’z ilg’amas darajada kechadi. Biroq, iqtisodiy samaradorlikni miqdoriy jihatdan ifodalab, hisoblab chiqsa bo’ladi. Chunki mahsulotni ishlab chiqarish davomida ishlatilgan resurslarga va yakuniy mahsulotga sarflangan xarajatlarni aniqlash mumkin.
Samaradorlik keng ma’noda ishning natijaliligini tavsiflovchi tushuncha hisoblanadi, boshqacha qilib aytganda, u ishlab chiqarish xarajatlari bilan taqqoslanganda qo’yilgan maqsadga erishish demakdir. «Samara» universal tushunchadir. U inson faoliyatining barcha sohalarida – iqtisodiyotda, fan va texnikani rivojlantirishda, siyosat va ma’naviyatda qo’llaniladi.
Iqtisodiyotda mazkur tushunchani anglash va uni to’g’ri qo’llash uchun avvalo «ishlab chiqarish samaradorligi» tushunchasi bilan «ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligi» tushunchalarini farqlay olish kerak.
Ishlab chiqarish samaradorligi deganda, korxonaning ishlab chiqarish natijasi (samarasi) bilan uning xarajatlari o’rtasidagi farq tushuniladi. Bu tushunchadan ishlab chiqarishni rivojlantirish jarayoniga baho berish vaqtida foydalaniladi. Bu tushuncha korxona faoliyatidagi sifat o’zgarishlarini aks ettiradi.
Iqtisodiyot fanining nazariyotchi va amaliyotchilari ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining o’ziga xos xarakterini belgilab, uning jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan o’zaro bog’liqligini ko’rsatib berganlar.
Menejmentda ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligi deganda, boshqarish jarayonining, boshqarish faoliyatining natijaliligi tushuniladi.
Boshqarish jarayonining samaradorligi – murakkab, ko’p qirrali ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. U boshqarishning barcha jabhalarini qamrab oladi va bu jarayonda yuzaga chiqadigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, marketing, texnologik va boshqa munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.
Boshqarish samaradorligining ko’p qirraliligi uni aks ettiruvchi tushunchalar xilma-xilligini yuzaga keltiradi. Ulardan boshqarish tizimining asosini tashkil etuvchi eng muhimlarini ajratib olish mumkin:
- boshqarish xodimlari mehnatining samaradorligi;
- boshqaruv apparatining boshqaruv faoliyati yoki uning alohida olingan organlari va bo’linmalari faoliyatining samaradorligi;
boshqaruv jarayonining samaradorligi (boshqaruvchilik qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish);
boshqaruv tizimining samaradorligi (boshqaruv pillapoyasi iyerarxiyasini hisobga olgan holda);
boshqaruv mexanizmi samaradorligi (boshqaruv usullari, vositalari, dastaklari, manfaatdorliklari va shakllari).
Ijtimoiy samaradorligining ko’rsatkichlari va turlari.
«Ko’rsatkich» tushunchasi baholanayotgan ob’ekt, predmetning biron-bir xususiyatini, uning muhim tomonlarini tavsiflaydi. Boshqarish samaradorligining dastlabki ko’rsatkichlarini uchta guruhga ajratish mumkin:
Texnik ko’rsatkichlar. Ular ekspluatatsion sifatni, boshqarishdagi texnik vositalarning taqqoslama parametrlarini va ulardan foydalanish darajasini belgilaydi.
Tashkiliy ko’rsatkichlar. Ular boshqarish jarayonining tuzilishini, tashkiliy tuzilmani, axborotlar va hujjatlar bilan ishlashini belgilaydi.

Download 69.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling