Boshqaruvning klassik yoki ma'muriy maktabi (1920-1950).
Uni rivojlantirishiga fransuz olimi A.Fayol va nemets sotsiologi M.Veber eng katta ulush qo'shganlar. Bu maktabning vakillari tashkilotlarning umumiy ta'riflari va qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga daxldor bo'lgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat bo'lgan. Birinchisi-tashkilotni boshqarishning rasional tizimini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni bo'linmalarga bo'lishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. Ular moliya, ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblanganlar. Ikkinchi jihat - tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish. YAkkaboshchilik tamoyili bunga misol bo'lib xizmat qilgan, unga ko'ra odam faqat bitta boshliqdan bo'yruqlar olishi va fakat bitta unga bo'ysunishi kerak.
Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950). M.Follett (Angliya), E.Meyo va A.Maslou (AQSh) uning eng yirik obro'li vakillaridir. Bu maktab vakillari, agar rahbarlik o'z xodimlari haqidagi g'amxo'rlikni oshirsa, unda xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikni ko'payishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishga kengroq imkoniyatlarni berishni o'z ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar.
Ahloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko'zga ko'ringan vakillari - F.Gersberg, R.Laykert, D. Mak Gregor. Ushbu maktab insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga ko'ra xodimga tashkilotlarni boshqarishga nisbatan ahloqiy fanlar konsepsiyalarini qo'llash asosida o'zining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga ko'proq darajada yordam ko'rsatish kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot faoliyati samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini oshirish yo'li bilan oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: ahloq haqidagi fanni to'g'ri qo'llash hamma vaqt, ham alohida xodimning, ham umuman tashkilotning samaradorligini oshishiga yordam berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |