1-modul. Logistika tizimida transport ta’minoti 1-mavzu. Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi


Xarid - ushbu tizimcha logistik tizimga moddiy oqim kirishini ta’minlaydi. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarish


Download 229 Kb.
bet3/10
Sana09.04.2023
Hajmi229 Kb.
#1345024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 ma\'ruza Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi

Xarid - ushbu tizimcha logistik tizimga moddiy oqim kirishini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarish - bu tizimcha esa xarid tizimchasidan moddiy oqim kabul qilib oladi va turli texnologik operatsiyalarni bajarish jarayonida uni boshqarib turadi. Aynan ushbu texnologik operatsiyalar mehnat predmetini mehnat mahsulotiga aylantiradi.
Sotish – bu tizimcha moddiy oqimning logistik tizimdan chiqib ketishini ta’minlaydi. (1.3-rasm).
Ko’rib turganimizdek, logistik tizim elementlari turli sifatga ega bo’lishi bilan birga bir-biriga mos. Bundan tashqari, logistik tizim elementlari turlicha va maqsad yagonaligi bilan ta’minlanadi hamda ushbu maqsadga logistik tizimning har bir elementi xizmat qiladi.
Ikkinchi xususiyat (aloqalar). Logistik tizim elementlari orasida muhim aloqalar mavdud. Ular biror - bir konuniy zaruriyat bilan intergrativ jihatlarini ham belgilaydi. Makrologistik tizimlarda, elementlar orasidagi aloqa asosini shartnoma tashkil etadi. Mikrologistik tizimlarda esa elementlar ichki ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’langan bo’ladi.



Ishlab chiqarishni boshqarish


xarid

sotish



Moddiy oqim




SHartli belgilar:


- logistik tizim elementi




- elementlar orasidagi bog’liqlik

1.3-Rasm. Mikrologistik tizim sxemasi.




Uchinchi xususiyat (tashkil etish). Logistik tizim elementlari orasidagi aloqalar ma’lum tarzda tartiblashtirilgan bo’ladi, bu esa logistik tizim tashkil etilganidan dalolat beradi.
To’rtinchi xususiyat (integrativ xususiyatlar). Logistik tizim, uning biror-bir elementlari ham alohida ravishda ega bo’lmagan jihatlarga (xususiyatlarga) ega. Bu zarur bo’lmagan tovarlarni zarur vaktda, zarur joyga, lozim bo’lgan sifatda va minimal xarajatlar bilan yetkazish qobiliyati xamda tashqi muhitning o’zgaruvchan sharoitlariga ( talabning o’zgarishi, texnik vositalarining ishdan chiqishi va h. k.) moslashish qobiliyatidir.
Logistik tizimning integrativ xususiyatlari, unga materiallarni xarid qilish, uni o’z ishlab chiqarish kuvvatlaridan o’tkazish hamda tashqi muhitga chiqarish imkonini beradi va shu bilan birga oldindan belgilangan mahsulotlarga ham erishiladi.
Paydo bo’lgan talabga, mahsulotni tezda yetkazib berish bilan javob beradigan logistik tizimni tirik organizmga qiyoslash mumkin. Bu organizmning mushaklari - transport texnikasi, markaziy nerv tizimi- logistik jarayon ishtirokchilari ish o’rinlaridagi yagona axborot tizimida tashkil etilgan kompьyuter tarmog’i. Ko’lami bo’yicha mazkur organizm zavod yoki ulgurji savdo korxonasi hududidan to mamlakat hududigacha va undan ham katta miqyosda bo’lishi mumkin. U tashqi muhit o’zgarishiga moslashib, ko’nikib, ularga tezda javob qaytarishi mumkin.
Logistik tizimga berilgan umumiy ta’rif kuyidagicha: logistik tizim - u yoki bu logistik funktsiyalarni bajaruvchi, teskari aloqaga ega bo’lgan, tashqi muhit sharoitlariga yaxshi moslashuvchan tizimdir. U odatda bir nechta tizimchalardan tashkil topgan va tashqi muhit bilan mustahkam aloqaga ega bo’ladi. Logistik tizim sifatida sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo korxonalari, hududiy ishlab chiqarish majmuasi va boshqalar ko’rilishi mumkin. Logistik tizimning maqsadi - ushbu jarayonlarning ma’lum chegarasida, tovar va buyumlarni belgilangan, zarur bo’lgan miqdorda va assortimentda hamda mumkin bo’lgan maksimal darajada ishlab chiqarish va shaxsiy iste’molga tayyorlangan holda yetkazib berishdir.
Logistik tizim chegaralari ishlab chiqarish vositalarining aylanish tsikli bilan belgilanadi (1.3-rasm).Avval ishlab chiqarish vositalari xarid qilinadi. Ular moddiy oqim ko’rinishida logistik tizimga kelib tushadi, omborga qo’yiladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va keyinchalik logistik tizimga kelib tushgan moliyaviy mablag’lar evaziga, logistik tizimdan iste’molga chiqib ketadi.
Logistik tizim chegaralarini ishlab chiqarish vositalarining aylanish tsikli asosida belgilash «pul to’lash-pul olish» tamoyili nomini olgan (1.4-rasm).



SHartli belgilar:
- moddiy oqim
- moliyaviy vositalar oqimi

1.3-rasm. Logistik tizim chegaralarini ishlab chiqarish vositalarining aylanish tsikli asosida belgilash



F2 – istemolchi tomonidan logistik tizimdan moddiy oqim olish uchun to’lanadigan moliyaviy mablag’lar

MO2 – logistik tizimdan chiqib ketuvchi moddiy oqim (chiqib ketuvchi oqim)


F1- logistik tizim tomonidan kirib keluvchi moddiy oqim uchun to’lanadigan moliyaviy mablag’lar



MO1- logistik tizimga kirib keluvchi moddiy oqim (kirib keluvchi oqim)

F2 > F1 sifat ko’rsatkichlari


MP2 MP1 sifat ko’rsatkichlaridan yaxshiroq

1.4-rasm. Logistik tizimning tashqi muhit bilan aloqasi.


«Pul to’lash - pul olish» tamoyili.



Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling