1-modul. Logistika tizimida transport ta’minoti 1-mavzu. Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi
Transport logistikasida oqimlar. Transport-logistika jarayonlari va uning tarkibiy tuzilishi
Download 229 Kb.
|
1 ma\'ruza Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Material oqim
3. Transport logistikasida oqimlar. Transport-logistika jarayonlari va uning tarkibiy tuzilishi.
Logistikada asosiy boshqaruv va tadqiqot ob’ekti – bu material oqimdir, bunda moliyaviy, axborot, servis va boshqa oqimlar yordamchi-bo’ysinuvchi oqimlar sifatida qaraladi. Material oqim - bu logistik operatsiya va funktsiyalar qo’llanilayotgan va harakat holatida bo’lgan moddiy resurslar, tugallanmagan ishlab chiqarish mahsulotlari (yarim fabrikatlar) va tayyor mahsulotlardir. Moddiy resurslarga – mehnat predmetlari kiradi. Ular xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim fabrikatlar, komplektlashtiruvchi buyumlar, yoqilg’i, yig’iluvchi birliklar, texnologik qurilmalar, asosiy fondlarni ta’mirlash uchun lozim bo’lgan ehtiyot qismlar shu kabilardan iboratdir. Material oqimlar quyidagi parametrlar bilan xarakterlanadi : • mahsulot, yarim fabrikat va xom ashyolarning nomlari, turlari, hajmi va miqdori; • ularning hajmiy kattaliklari –chiziqli o’lchovlari, yuzasi, hajmi; • og’irlik xarakteristikalari – umumiy massasi, brutto va faqat o’zining netto og’irliklari; • fizik-kimyoviy xossalari; • yuk tarasining xarakteristikasi; • omborxonada saqlash va transport vositalarida tashish sharoitlari; • bahosi, narx-navosi va shu kabi ko’rsatkichlari. Endi moddiy oqimlarni boshqarish jarayoni haqida so’z yuritamiz. Jismoniy ko’rinishga ega oqimni tasavvur qilish uchun jo’mrakdan oqayotgan suvni olishimiz mumkin. Ushbu oqimni boshqarish uchun turli amallar yordamida suvni isitish yo sovutish, ochish yoki yopish mumkin. SHuningdek, biror bir idishga suv olib qo’yish va quvurda suv bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’i nazar, zaxiradan istalgan vaqtda foydalanish mumkin. Iqtisodiy tizimda harakatlanuvchi oqimlar turli-tuman bo’lgani bilan, ularni boshqarishni suv oqimini boshqarishga qiyoslash mumkin: - “jo’mrak ochildi” – ishlab chiqaruvchidan iste’molchilarga tovar jo’natildi; - “jo’mrak ko’proq ochildi” – ta’minot hajmi oshdi; - “jo’mrak yopildi” – ta’minot to’xtatildi; - “zaxira tashkil etildi” – iste’mol yoki ta’minotdagi o’zgarishlardan qat’i nazar tovardan muntazam foydalanish imkoniyati yaratildi. Bunda iste’molchini o’zgartirish – oqimni boshqa yo’nalishdan yo’naltirish, mahsulotlar assortimentini almashtirish, oqim tarkibini o’zgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Moddiy oqimlarni boshqarish bo’yicha to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun muayyan bilimlarga ega bo’lish zarur. Ushbu ilmiy yo’nalish doirasida ishlab chiqilgan bilimlar majmui moddiy oqimlarni boshqarish sohasida to’g’ri qarorlar qabul qilish imkonyatini yaratadi. Bu qarorlarni ijro etish uchun esa, muayyan amallar zarur. SHuning uchun logistikaning yana bir yo’nalishi xo’jalik amaliyotiga tegishli bo’lib, moddiy oqimlarni ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqarishni anglatadi. Xo’jalik sohasi sifatida logistika quyidagi vazifalarni bajaradi: - yuklarni tashishni tashkillashtirish, - zaxiralarni boshqarish, - ombor xo’jaligini tashkillashtirish Bu yerdagi moddiy oqim harakatini ikki bo’limga bo’lish mumkin: - birinchi bo’limda harakatlanayotgan mahsulotlar ishlab chiqarish iste’molini qondirish uchun mo’ljallangan, - ikkinchi bosqich esa xalq iste’moli tovarlaridan iborat. Download 229 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling