1-modul. Logistika tizimida transport ta’minoti 1-mavzu. Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi
Download 229 Kb.
|
1 ma\'ruza Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Logistik kanal
- Logistik tarmoq
Logistik zanjir (LZ) – bu material yoki xizmat oqimini bir logistik tizimdan ikkinchisiga yetkazish borasidagi logistik operatsiyalarni amalga oshiruvchi logistik tizim zvenolarining tartiblashtirilgan to’plamidir. Quyida keltirilgan 1.5- rasmda logistik zanjir sxemasi keltirilgan bo’lib, ularda paxta yetishtiruvchi xo’jaliklardan paxta tayyorlash maskanlarigacha, keyin esa tozalash zavodigacha paxta xom ashyosining harakatlanish oqimlari tasvirlangan. Mazkur rasmda paxta xom ashyosini yetishtirib sotuvchi xo’jalikdan paxta tozalash tizimidagi sotib oluvchilarga - tayyorlov maskanlariga yetkazib berish zanjiri tasvirlangan bo’lib, bu zanjir xom ashyo sotuvchi, tashuvchi va sotib oluvchi logistik tizimlarning o’zaro chiziqli bog’lanishida bo’lgan zvenolardan tashkil topadi. Bu yerda har bir zveno mazkur zanjirga oid u yoki bu operatsiyalarni bajaradi. Masalan, paxta xom ashyosini tayyorlash tarmog’ida LZ paxta yetishtiruvchi xo’jaliklarni tayyorlov punktlari bilan bog’laydi, paxta tozalash tarmog’ida esa zavodlar bilan xom ashyo tayyorlovchi maskanlar orasida logistik tarmoq zanjiri faoliyat ko’rsatadi. Keyingi bosqichda paxta zavodlari o’zlarining mahsulotlari orqali paxta tolasi iste’molchilari va yog’-moy kombinatlari bilan tegishli logistik zanjir ko’rinishida bog’lanadilar.
SHunday qilib paxta xom ashyosi va uni qayta ishlab olinadigan mahsulotlar oqimi tovar almashinuvi (oldi-sotdi) amalga oshiriladigan turli kanallardan o’tadi va bunda har-xil taqsimlash funktsiyalari bajariladi: xom ashyo tayyorlash, uni g’aramlashtirish, paxta tozalash zavodlariga yetkazib berish, omborlashtirish va zaxirani boshqarish va sh.k. Tovar, mahsulot, xom ashyoni taqsimlash jarayoni ma’lum agentlar yoki turli vositachilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin va ular bilan shakllangan xo’jalik aloqalari logistik kanallar ko’rinishida ro’yobga chiqadi. Logistik kanal – bu material oqimni jo’natuvchidan oxirgi iste’molchiga yetkazib beruvchi logistik zanjirlar yoki ular uchastkalarini qamrab oluvchi logistik tizim zvenolarining tartiblashtirilgan to’plamidir. Logistik zanjirlar va kanallar birgalikda logistik tarmoqni tashkil etadi. Logistik tarmoq logistik tizimning asosiy va boshqa yordamchi oqimlari bilan o’zaro bog’liq zvenolarining to’liq to’plamidan iboratdir. Integrallashgan logistikaning eng muhim tushunchalaridan biri- logistik tsikldir. Logistik tsikl davomida ma’lum logistik faollik amalga oshiriladi. Logistik tsikl asosiy faolliklar yoki ta’minlovchi faolliklar bo’yicha aniqlanishi mumkin. Odatda quyidagi logistik tsikllarni ko’rsatish mumkin: buyurtma tsikli, zaxirani shakllantirish yoki uni to’ldirish tsikli, iste’molchi buyurtmasini ishlab chiqish tsikli, sotib olish, buyurtmani joylashtirish tsikli, moddiy resurs yoki tayyor mahsulotni yetkazib kelish tsikli, ishlab chiqarish tsikli va sh.k. Oqim tarkibi va xususiyatlari uning zanjir bo’ylab harakati davomida o’zgarishi mumkin. Odatda ilk bosqichda xom ashyo manbai va birinchi qayta ishlash korxanasi orasida muntazam tarkibga ega ommaviy yuklar harakatlanadi. Zanjirning oxiriga borib esa moddiy oqim iste’molga tayyor bo’lgan turli tovarlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonining o’zida ham moddiy oqimlar aylanishi mumkin. Bunda tsexlar yoki tsexlararo turli detallar, yarim tayyor maxsulotlar aylanishi mumkin. Turli moddiy oqimlar chakana va ulgurji savdo tashkilotlari ichida ham aylanadi. Logistik jarayon davomida moddiy oqim korxonaga kirib keladi, so’ng ombor hamda ishlab chiqarishdan iborat bo’lgan zanjir bo’ylab uning ratsional harakati tashkillashtiriladi. Keyingi bosqichda tayyor mahsulot iste’molchilarga buyurtma asosida yetkaziladi. Savdo tashkilotlarida mehnat predmeti chuqur texnologik qayta ishlash jarayonidan o’tmaydi. SHunga qaramay, aynan savdo omborlarida ishlab chiqarish assortimenti savdo assortimentiga aylantiriladi, qayta qadoqlanadi, zaxiralar tashkil etiladi hamda mazkur kurs davomida biz logistik operatsiyalarga kiritadigan boshqa qator amallar bajariladi. “Logistika” deb nomlangan atamalar lug’atiga asosan logistika – xom ashyo hamda materiallarni ishlab chiqarish korxonasiga yetkazish, korxona ichidagi texnologik jarayonlarni ta’minlash, iste’molchiga ularning buyurtmasi asosida hamda talabiga mos ravishda tayyor mahsulotni yetkazib berish hamda, bu jarayonlar bilan bog’liq transport, omborxona va boshqa moddiy, nomoddiy operatsiyalarni rejalashtirish, nazorat qilish, boshqarish haqidagi ta’limot bo’lib, ana shu jarayonlarga tegishli bo’lgan axborotlarni uzatish, saqlash va qayta ishlash bilan ham shug’ullanadi. Keltirilgan ta’rifda logistika ilmiy yo’nalish sifatida yoritiladi. Xo’jalik faoliyati yo’nalishi sifatida esa logistika – xom ashyo, tashkil etuvchi qismlar hamda tayyor mahsulotni xo’jalik tovar aylanmasida ta’minot uchun pul o’tkazilgan daqiqadan boshlab to tayyor maxsulot yetkazilgani uchun pul olingungacha bo’lgan davrda harakati va saqlash jarayonini boshqarishni anglatadi. Boshqarishning asosiy ob’ekti sifatida moddiy oqimni ajratib ko’rsatish iqtisodiy jarayonlarni tushuntirishni soddalashtiradi, moddiy oqimlar harakatini monitoring qilish masalasini yechadi, logistik zanjirlarni loyihalashtirish, ularning xususiyatlari hamda xulq-atvorini o’rganish va bashorat qilish imkonini beradi. Qator talqinlarda logistik masalalarni yechishda ijodiy yondashuvning ahamiyatiga e’tibor beriladi. Download 229 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling