1-modul. Logistika tizimida transport ta’minoti 1-mavzu. Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi
Download 229 Kb.
|
1 ma\'ruza Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi
Mikrologistika esa firma va korxonalarning lokal masalalarini hal etadi va bunda korxonaning turli funktsional bo’lim va xizmatlari orasidagi masalalar yechiladi.
Logistik tizim zvenosi (LTZ) - bu alohida ajratib olingan va qo’yilgan masala doirasida boshqa bo’laklarga bo’linmaydigan hamda o’zining lokal maqsadlariga erishish borasida ma’lum logistik faoliyat olib boradigan tashkiliy-iqtisodiy yoki funktsional ob’ektdir. Ma’lum bir logistik tizimning zvenolari logistik jarayonning yagona boshqaruvi orqali o’zaro birlashtirilgandir. LTZ sifatida xom ashyo jo’natuvchi, mahsulot ishlab chiqaruvchi, iste’molchi va o’rtada ish yurituvchi tashkilotlarni ko’rsatish mumkin. Logistik faoliyat natijasida material oqim parametrlarini o’zgartirishga (boshqarishga) oid ma’lum logistik operatsiyalar bajariladi. Logistik tizim tarkibida shunday zvenolar bo’ladiki, ularda material va boshqa tegishli oqimlar yig’ilishi, tarmoqlanishi yoki bo’linishi, o’z mazmun-mohiyatini, parametrlari va jadalligini o’zgartirishi mumkin. Masalan, paxta yetishtiruvchi xo’jaliklardan paxta xom ashyosi sotib olinadi va paxta tayyorlash manzillarida g’aramlashtiriladi, keyin esa bu manzillardan yil davomida paxta tozalash zavodlariga tashib yetkaziladi. Bu yerda paxta xom ashyosidan tola va chigit ajratib olinadi. CHigit tozalash zavodlaridan yog’-moy kombinatlariga jo’natiladi, paxta tolasi esa tekstilь kombinatlariga yoki chetga sotilayotganlari temir yo’l stantsiyalariga olib chiqiladi. SHunday qilib logistik tizim zvenolari uch turda bo’lishi mumkin [1.5-rasm]: - yetishtiruvchi – bu paxta xom ashyosini yetishtiruvchi qishloq xo’jaligi tarmog’ining turli bo’limlari bo’lib, ulardan paxta sotib olinadi va tayyorlov manzillarida g’aramlashtiriladi; - qayta ishlovchi – bu paxta tozalash zavodlari, yog’-moy yoki tekstilь kombinatlari bo’lib, ular xom ashyodan qayta ishlash asosida tola, chigit, yog’-moy mahsulotlari, turli matolar ishlab chiqaradi; - iste’molchi – bu savdo-sotiq tarmoqlari vositasida iste’mol uchun sotiluvchi mahsulotlar (tola, paxta yog’i, kunjara, sheluxa, matolar, ekiluvchi chigit) ning xaridorlaridir. G’arb adabiyotlarida “logistik tizim” tushunchasi bilan birgalikda “logistik zanjir”, “etkazib beruvchi zanjir” tushunchalari ham keng ishlatiladi. Download 229 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling