1-modul. Logistika tizimida transport ta’minoti 1-mavzu. Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi


Download 229 Kb.
bet2/10
Sana09.04.2023
Hajmi229 Kb.
#1345024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 ma\'ruza Logistika tizimining transport tashkil etuvchisi

Logistikaning tadqiqot ob’ekti – bu material va uni ta’minlovchi boshqa oqimlardir.
2. Transportning umumiy logistika tizimidagi o‘rni. Transport jarayonlarini tashkil etishda logistik yondashuv va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Logistik tizim logistikaning asosiy (negiz) tushunchalaridan biri hisoblanadi. Iktisodiy mexanizmlar faoliyatini ta’minlovchi turli xil tizimlar mavjud. Ushbu ko’plikdan aynan logistik tizimlarni, ularni tahlil qilish va yanada takomillashtirish maqsadida ajratish lozim.
Logistik tizim tushunchasiga umumiy tizim tushunchasiga nisbatan xususiy hisoblanadi. Logistik tizim haqida so’z yuritishdan oldin, «tizim» tushunchasiga ta’rif berib o’tamiz.
Entsiklopedik lug’atda «tizim» tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Tizim» (yunonchadan olingan bo’lib, qismlardan tashkil topgan bir butun; birlashma ma’nosini anglatadi) – muayyan bir butunlikni paydo qiluvchi hamda bir-biri bilan aloqa va munosabatlarda bo’luvchi elementlar ko’pligidir.
Yuqoridagi ta’rif bizning tizim haqidagi tasavvurimizni yaqqol namoyon etadi, ammo logistik tizimlarni tahlil va sintez qilish maqsadlarimizni qondirmaydi. «Tizim» tushunchasi ta’rifini yanada aniqlashtirish uchun uning xususiyatlarini sanab o’tamiz. Agar biror ob’ekt ushbu xususiyatlarga egaligi aniqlansa, demak, u tizim hisoblanadi.
Kuyidagi 4 ta xususiyatga ega bo’lgan ob’ektni bemalol «tizim» deb atashimiz mumkin:
Birinchi xususiyat (butunlik va alohidalik). Tizim bir-biri bilan aloqador bo’lgan elementlar yig’indisining butunligidir. SHuni e’tiborga olish kerakki, elementlar faqatgina tizim ichida mavjud bo’lishi mumkin. Tizim tashqarisida esa ular tizimni tashkil qiluvchi potentsial qobiliyatlarga ega ob’ektlardir xolos. Tizim elementlari turli sifatga egaligi bilan birga bir-biriga mos bo’lishi mumkin.
Ikkinchi xususiyat (aloqalar). Logistik tizim elementlari orasida muhim aloqalar mavdud. Ular biror-bir qonuniy zaruriyat bilan intergrativ jihatlarini ham belgilaydilar. Aloqalar moddiy, axborot, to’g’ri, teskari va h.k. bo’lishi mumkin. Elementlar orasida aloqa tizimi alohida elementlarning tashqi muhit bilan aloqasiga nisbatan kuchliroq bo’lishi kerak.
Uchinchi xususiyat (tashkil etish). Logistik tizim elementlari orasidagi aloqalar ma’lum tarzda tartiblashtirilgan bo’ladi, bu esa logistik tizim tashkil etilganidan dalolat beradi.
To’rtinchi xususiyat (integrativ xususiyatlar). Logistik tizim, uning biror-bir elementlari alohida ravishda ega bo’lmagan jihatlariga ham (xususiyatlariga) ega.
Tizimlarga ko’plab misollar keltirish mumkin. Oddiy ruchkani olamiz va u tizimning to’rtta xususiyatiga ega ekanini ko’rib chiqamiz. Birinchidan, ruchka alohida elementlardan tashkil topgan – korpus, qopqoq, sterjen, prujina va h. k. Ikkinchidan, elementlar orasida aloqalar mavjud – ruchka bo’linib ketmaydi, u bir butundir. Uchinchidan, aloqalar qaysidir jihatdan tartibga solingan. Ruchkani bo’laklarga ajratib, uning bo’laklarini ip bilan bog’lab qo’yish mumkin, lekin bu aloqalar tartibsiz va ruchkaning kerakli sifatlariga ega bo’lmaydi. To’rtinchidan, ruchka uning bo’laklari ega bo’lmagan integrativ (jamlanma) xususiyatlarga ega – ruchkadan qulay foydalanish mumkin, ya’ni yozish, o’zi bilan olib yurish.
Xuddi shu tarzda avtomobilь, talabalar guruhi, ulgurji ombor kabi boshqa bizni o’rab turgan ob’ektlar ham tizim ekanligini isbotlash mumkin.
Moddiy oqimlar harakati malakali xodimlar tomonidan, turli xil texnik vositalar – transport ortish - tushirish uskunalari va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. SHuningdek, logistik jarayonga turli bino va inshootlar ham jalb etilgan bo’ladi. Jarayonning kechishi esa harakatlanayotgan va yig’ilayotgan yuklarning, ushbu jarayonga tayyorgarlik darajasiga ham bog’liq. Yuklar o’tishini ta’minlovchi ishlab chiqarish kuchlarining yig’indisi, yaxshimi yomonmi, ammo tashkil etilgan. Umuman olganda, biror-bir moddiy oqimlar mavjud bo’lsa, kandaydir tovar o’tkazuvchi tizim ham mavjud bo’ladi. Odatda, bunday tizimlar maxsus loyihalanmasdan, ayrim elementlarning (turli korxonalar yoki ularning bo’linmalari) faoliyati natijasida yuzaga keladi.
Logistika bir-biri bilan kelishilgan material o’tkazuvchi (logistik) tizimlarni loyihalashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi. Ushbu tizimlardan chiquvchi moddiy oqimlar parametrlari oldindan berilgan bo’ladi. Bu tizimlar, ularga kiruvchi ishlab chiqarish kuchlarining yuqori darajada kelishilganligi bilan, boshqalardan farqlanadi.
Yuqorida aytib o’tilgan tizimning 4 ta xususiyatini logistik tizimga nisbatan ko’rib chiqamiz:
Birinchi xususiyat (butunlik va alohidalik). Tizim bu bir-biri bilan aloqador bo’lgan elementlar yig’indisining butunligidir. Logistik tizimni elementlarga ajratishni turlicha amalga oshirish mumkin. Makrodarajada moddiy oqim bir korxonadan ikkinchisiga o’tadi va element sifatida ushbu korxonalar hamda ularni bog’lovchi vosita sifatida qaralishi mumkin.
Mikrodarajadagi logistik tizimni esa quyidagi tizimchalar shaklida tasvirlash mumkin (mukammal qaralganda, ushbu tizimchalarning har biri murakkab bir tizim ekanligi ayon bo’ldi).

Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling