1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 5.9 Mb.
bet19/47
Sana03.11.2023
Hajmi5.9 Mb.
#1742658
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


  1. Boshlang`ich sinflarda qo`l mehnatiga o`rgatishning tashkil qilish shakllari qaysilar? Misollar asosida tushuntiring.

  2. Qo`l mehnatiga o`rgatishda ish turlarining usullari aytib bering

  3. Mehnat samaradorligini oshirishda qo`llaniladigan usullarga misollar ayting.

  4. Mehnat samaradorligini oshirishda qo`llaniladigan o`qitish metodlari qaysilar?















6-SEMESTR

1-MAVZU. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA TA’LIMIDAN AMALIY ISHLAR

Reja:





    1. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida amaliy ish turlari.

    2. Ish qurollaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari.

  1. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish texnologiyasi.Texnologiya fani ish qurollari va ish materiallari bilan tanishtirish va ulardan foydalanish talablari.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Boshlang`ich sinf texnologiya darslari da amaliy ish turlari, mehnat ish qurollari, texnika xavfsizligi qoidalari, o`z-o`ziga xizmat, har xil turdagi materiallar, ulardan foydalanish qoidalari.

O’quvchilar ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatiga tayyorlashning ilk bosqichlarini texnologiya fani darslarida o’rganadilar. Ular birinchi sinf davridan boshlab nafaqat mehnat darsi mashg’ulotlarida turli materiallar bilan tanishadilar, balki boshqa darslarda ham mehnat turlariga oid materiallarga to’qnash keladilar va ular bilan bilan tanishib boradilar. Masalan, qog’oz va karton bilan ishlash, gazlamaga dastlabki ishlov berish, turli materiallar bilan ishlash, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish hamda uy-ro’zg’or mehnati va shu kabilar bilan tanishib boradilar. Boshlang`ich sinf texnologiya darslari da amaliy ishlarni bajarib bois jarayonida o’quvchilarda mehnatsevarlik, materiallarni tejamli sarflash, mehnatga ijodiy yondashish, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, mehnat madaniyatini tarbiyalash bilan bir qatorda, ularga ayrim kasblar haqida tushunchalar ham berib boriladi.


Boshlang’ich sinflarni qo’l mehnatiga o’rgatish quyidagi ish turlariga bo’linadi:


1.Qog’oz va karton bilan ishlash. 2.Turli materiallar bilan ishlash:

  1. Applikattsiya va mozayka ishlari;

  2. Loy va plastilin bilan ishlash;

v) Tabiiy materiallar bilan ishlash. 3.Qog’oz va karton bilan ishlash.

  1. Gazlama bilan ishlash.

  2. Loyihalash va modellash ishlari.

  3. Qishloq xo’jalik ishlari.

Dars boshida o’qituvchi biror mavzu bo’yicha suhbat olib boradi, bu buyum qanday maqsadlarda va qayerda ishlatilishini tushuntiradi. Shundan so’ngra o’quvchilar tayyorlanayotgan har bir buyumni amalda qo’llashga o’tadilar.
Buyumni tayyorlash usullarini o’qituvchi sinf doskasiga osib qo’yilgan yo’llanma xaritasidan yoki texnik vositalardan foydalanib ko’rsatadi. Ishni bajarish tartibi va usullariga tegishli savollarni berib, amaliy ish materialini takrorlaydi va buyumni o’quvchilar bilan birgalikda tayyorlashga o’tadi.
Texnologiya fanidan amaliy ishlar tuzilishi quyidagi tartibda olib boriladi:

  1. O’quvchilar oldiga mehnat topshirig’ining maqsadi va mavzusini qo’yish:

  1. darslarda bajarishga mo’ljallangan buyum yoki ishning o’quvchilar hayotining yoki bu tomoni ehtiyojlarini qoniqtirishdagi ahamiyati;

  2. belgilangan ishni yaxshi bajarish uchun qanday yangi bilim va ko’nikmalarni egallash lozimligini ko’rsatish.

  1. Ish o’rni, asbob-uskuna, material, namuna, doskadagi chizmalarning tayyorligini tekshirish, ishni yaxshi va uyushgan holda tashkil etishga yordam beruvchi qonun-qoidalarni eslatish.

  2. Bajariladigan mehnat vazifalarini oldindan rejalashtirish:

  1. namuna, qism va detallar miqdorini tahlil qilish, kerakli materillarni, berilgan o’lchovlarni tayyorlash;

  2. buyum tasviri va uning detallarini namunadan tanish, tushunish, barcha o’lchovlarni va ishchi chiziqlarini topish va o’qish, ya’ni ishni buyumni tayyorlash uchun qanday harakatlarni amalga oshirish, qanday asboblarni ishlatish, mehnat harakatlarini ketma-ket bajarish tartibini aniqlash.

  1. Materialni namuna, berilgan o’lchovlar bo’yicha belgilab chiqish. O’quvchilarni belgilash tartibini bilishlari va uni doskada belgilash bosqichlarini bajarayotgan yoki buyumni ko’rsatib tushuntirayotgan o’qituvchi bilan bir vaqtda bajarilishi lozim.

  2. Belgilash ishlarini bajarish. Detallarni tayyorlash, detallarni moslash va uning barcha detallarini yig’ish; detallardan buyumni yig’ish jarayonida; buyum va uning detallariga ishlov berish jarayonida zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni egallash.

  3. Harakatlanayotganda tekshirish, xato va kamchiliklarni tuzatish, ishni baholash.

  4. Darsga yakun yasash, yangi vazifalar qo’yish.

Texnologiya fanida amaliy ish mashg’ulotlari tashkil qilishning bu tartibidan o’qituvchi mazkur dars uchun belgilangan aniq buyum yoki ishning xususiyatlarini nazarda tutib foydalanadi.
Amaliy ishlar jarayonida o’quvchilarda mehnatga qiziqish va muhabbat singdirib boriladi. Mehnatga qiziqishning muhim talablaridan biri ishlanadigan buyumni to’g’ri tanlashdir. O’quvchilar tayyorlanadigan narsalarni nimaga kerakligi, qayerda ishlatilishini bilishlari kerak.
O’quvchilarni ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishlari, o’z ishlarini rejalashtira bilishlari, materiallni tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, o’qituvchi ko’rsatmasiga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozada saqlashlari, mashg’ulotdan so’ng sinfni tozalab qo’yishlariga odatlantirib boorish kerak.
Tovuqlarning shakli to‘rt qismdan: ikki yon tomoni (rasm-7, v), o‘rta qismi (rasm-7, g) va boshidan (rasm-7, d) iborat. Bu qismlarning hammasi fanerdan yasaladi; faner shakllar qo‘larra bilan qulay arralanadi. Har ikki yon qismlarni o‘rta qismga ikki tomondan yopishtiring. Keyin yon qismlarida bittadan teshik yasab, unga bosh o‘rnatiladi. Boshning bo‘yin qismida ikkita teshik teshish kerak. Kattaroq teshikdan mix o‘tkaziladi. Ikkinchisiga esa ip bog‘lanadi (rasm-7, e). Endi tovuq tayyor bo‘ldi. Tovuqni doiraning chetidagi teshikka o‘rnatib, ipni markazga yaqinroqdagi teshikdan pastga o‘tkazib yuborasiz. Pastga o‘tgan to‘rtala ip uchini birga qo‘shib tugib, unga bitta dumaloq yog‘och bog‘lab osiltirib qo‘ying (rasm-7, j). Agar siz doiraning bandidan ushlab aylantira boshlasangiz, doira tubida osilib turgan dumaloq yog‘och iplarni galma-galdan goh tortib, goh bo‘shatib turadi. Tovuqlar esa, navbatma-navbat taqillatib don cho‘qib turadilar.
Bu topshiriq o‘g‘il bolalarda parrandalarning shaklini tasavvur

qilish, ularni yasash, buyumlar orasidagi bog‘lanishni his qilish ko‘nikmasini tarkib toptiradi.


  1. Download 5.9 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling